14.10.2026 yildagi VII-37-123-5-78-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashining qarori, 14.10.2026 yildagi VII-37-123-5-78-K/26-son
Kuchga kirish sanasi
14.10.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XALQ DEPUTATLARI ZARAFSHON SHAHAR KENGASHINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bahor mahallasi hududidagi nomsiz koʻchani nomlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2026-yil 16-sentabrdagi 05/08-11332-sonli xati, Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2026-yil 9-sentabrdagi 05-19-10768-sonli ekspert xulosasi va yigʻilish bayoni, Navoiy viloyati hokimligining 2026-yil 18-sentabrdagi 16-16/880-sonli xati, Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha shahar komissiyasi raisining 2026-yil 23-sentabrdagi 01-14/1751-sonli xati, shahar hokimining maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi O. Xotamovaning bildirgisi, xalq deputatlari shahar Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining 2026-yil 10-oktabrdagi DKQ 03-03/101-26-sonli qarorini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 24-moddasiga asosan xalq deputatlari shahar Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Shahar hokimining maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchi O.Xotamovaning Zarafshon shahar Bahor mahallasi hududidagi geografik obyektni nomlash toʻgʻrisidagi hisoboti qoniqarli deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2026-yil 16-sentabrdagi 05-19-10768-sonli ekspert xulosasi va yigʻilish bayoni maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Zarafshon shahar Bahor mahallasi hududida foydalanishga topshirilgan nomsiz koʻcha “Shukrona” nomi bilan ilovaga muvofiq nomlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda koʻchani nomlash boʻyicha takliflar fuqarolar yigʻinida muhokama etilgandan soʻng shahar komissiyasida koʻrib chiqilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxslarning ismlari bilan, tarixiy voqealar sharafiga nomlash va qayta nomlash sohasida belgilangan cheklovlarga qatʼiy rioya etilganligi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shahar ichki ishlar boʻlimi (S. Latipov) nomlangan koʻchaga aholini roʻyxatga qoʻyish va tegishli yoʻl belgilariga oʻzgartirishlar kiritish bilan bogʻliq tashkiliy ishlarni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat kadastrlari palatasi shahar filiali (U. Ochilov) Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi shahar boʻlimi (R. Xudoyqulov), shahar hokimligi obodonlashtirish boshqarmasi (A. Babayev) bilan birgalikda nom berilayotgan koʻchaga belgilangan tartibda zamonaviy talablar asosida mahalla va koʻchaning nomi yozilgan peshtaxta va koʻrsatkich belgilarini oʻrnatishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat kadastrlari palatasi shahar filiali (U. Ochilov) shahar statistika boʻlimi (D. Sobirova) bilan birgalikda yangi nomlangan geografik obyektni shahar xaritasiga joylashtirish, shuningdek, tegishlicha statistika maʼlumotlariga oʻzgartirishlar kiritish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xalq deputatlari shahar Kengashining mazkur qarori va unga ilova qilingan maʼlumotlar qonunda belgilangan muddatda Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligiga Geografik obyekt nomlari davlat reyestriga kiritish uchun taqdim etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Shahar hokimligi axborot xizmati (J. Yorqulov), “Oltin vodiy” gazetasi tahririyati (Z. Ishkuvvatov)ga mazkur qarorni oʻrnatilgan tartibda ommaviy axborot vositalarida rasman eʼlon qilish hamda shahar hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash shahar hokimining maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi O. Xotamova, ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha boʻyicha doimiy komissiyasi D. Bahronova zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash raisi H. ERNAFASOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyati, Zarafshon sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 14-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII-37-123-5-78-K/26-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.