SURXONDARYO VILOYATI QUMQOʻRGʻON TUMANI HOKIMINING
QARORI
Qumqoʻrgʻon tumanining 2026-yilgi mahalliy budjet parametrlariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Tuman mahalliy budjeti mablagʻlarini maqsadli sarflanishini tashkil etish, xarajatlarni sohalar boʻyicha toʻgʻri taqsimlash orqali mablagʻlarning iqtisod qilinishiga erishish, kreditor qarzdorliklarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 28 va 148-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimining 2026-yil 14-avgustdagi tuman mahalliy budjetining xarajatlari yoyilmasiga oʻzgartirish kiritishtoʻgʻrisidagi 155-sonli xati hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 2026-yil 14-avgustdagi 02-03/28-sonli xati inobatga olinsin.
2. Tuman mahalliy budjetdan mablagʻ oluvchi budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarining 2026-yilgi xarajatlari yoyilmasiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Kiritilgan oʻzgartirishlar tuman mahalliy budjetidan mablagʻ oluvchi budjet muassasalarining 2026-yil tasdiqlangan xarajatlar yoyilmasiga nisbatan 10 foizdan kam miqdorida ekanligi eʼtirof etilsin.
4. Tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (O.Abdimurodov) ga tuman mahalliy budjetidan mablagʻ oluvchi budjet tashkilotlarining 2026-yil xarajatlar yoyilmasiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritish vazifasi yuklatilsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Z.Eshqobilov zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi F. XOLIQOV
Surxondaryo viloyati, Qumqoʻrgʻon tumani,
2026-yil 7-sentabr,
443-8-114-Q/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.