22.09.2026 yildagi VII-32-118-3-49-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashinning qarori, 22.09.2026 yildagi VII-32-118-3-49-K/26-son
Kuchga kirish sanasi
22.09.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XALQ DEPUTATLARI ZARBDOR TUMANI KENGASHINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarbdor tumanidagi dafn etish joylarini saqlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-98-sonli Farmoni 2-boʻlimi 3-bandi (b) kichik bandida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi “Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 101-sonli qaroriga 1-ilova, “Dafn etish joylarini saqlash, ulardan foydalanish va qabr usti yodgorliklarini oʻrnatish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomining 2-boʻlim 6-bandi 3-xatboshida “Dafn etish joylarini saqlash qoidalari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi” deb belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-98-sonli Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi “Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 101-sonli qarori ijrosini taʻminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida” gi Qonunining 6 va 24-moddasiga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Zarbdor tumanidagi dafn etish joylarini saqlash qoidalari (keyingi oʻrinlarda — qoidalar) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Zarbdor tumani Qurilish va uy-joy kommunal boʻlimi (v.v.b. A. Esirgapov), Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi (N. Gairov), Ekologiya va iqlim oʻzgarishi boʻlimi (J. Abduholiqov), Obodonlashtirish boshqarmasi (O. Xolmonov)larga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoidalarning barcha qabristonlarda bir xilda ijro etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoidalarda belgilangan normalar mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollar) bilan birgalikda doimiy targʻib qilib borilishi taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kadastr agentligi tuman boʻlimi (R. Kushbakov) tuman hududida mavjud, shuningdek, yangi tashkil qilinadigan qabristonlarning kadastr hujjatlari qonunchilikda belgilangan talablar asosida yuritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tuman hokimligi axborot xizmati (Oʻ. Sulaymanov)ga mazkur qarorni ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tavsiya etilsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qarorning ijrosini taʼminlash tuman hokimining oʻrinbosari A. Erjigitov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (S. Xadjikulov) zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash raisi A. ARALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax viloyati, Zarbdor tumani,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 22-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII-32-118-3-49-K/26-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.