28.07.2026 yildagi 2403-V-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 28.07.2026 yildagi 2403-V-son
Kuchga kirish sanasi
28.07.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A. Tashkulovning «Fuqarolarning va tadbirkorlik subyektlarining intellektual mulk sohasidagi huquqlarini himoya qilish borasida 2025-yilda va 2026-yilning oʻtgan davrida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida»gi axboroti haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A. Tashkulovning «Fuqarolarning va tadbirkorlik subyektlarining intellektual mulk sohasidagi huquqlarini himoya qilish borasida 2025-yilda va 2026-yilning oʻtgan davrida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida»gi axborotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, keyingi yillarda mamlakatimizda intellektual faoliyatni rivojlantirish, ushbu faoliyat yutuqlarini sanoat va ishlab chiqarish tarmoqlariga joriy etish, yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, milliy brendlar sonini oshirish hamda intellektual mulkni huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, intellektual mulk huquqi boʻyicha umumeʼtirof etilgan xalqaro normalarni milliy qonunchilikka joriy etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi 19 ta xalqaro shartnomaga qoʻshildi. Mamlakatimizning milliy qonunchiligi Jahon savdo tashkilotining «Intellektual mulk huquqlarining savdo bilan bogʻliq jihatlari toʻgʻrisida»gi («TRIPS Trade-Related Aspects of Intellectual Property Rights») bitimi talablariga toʻliq uygʻunlashtirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Natijada Oʻzbekiston Respublikasi ilk bor intellektual mulk sohasidagi «kuzatuvdagi davlatlar» roʻyxatidan chiqarildi hamda Global innovatsion indeksda mamlakatimizning oʻrni 2020-yildagi 93-oʻrindan 2025-yilda 79-oʻringa koʻtarildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek tovar belgisidan, sanoat mulkidan va mualliflik huquqi obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalangan huquqbuzardan huquq egasining foydasiga tovon puli undirish tartibi joriy etildi, intellektual mulk egalarining mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzganlik uchun javobgarlik masalalari takomillashtirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga Patent vakillari assotsiatsiyasi tashkil etilib, patent vakillarining soni 151 nafarga yetkazildi hamda ularning sudlarda vakil sifatida ishtirok etish huquqi belgilandi. Patentga oid huquqbuzarliklarni sodir etishda foydalanilgan ashyolarni musodara qilish qoʻshimcha jazo chorasi sifatida joriy etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari adliya organlariga oʻz tashabbusi bilan kontrafakt mahsulotlarni aniqlashga qaratilgan nazorat xaridi tadbirlarini hamda kontrafakt mahsulotlarni yashirincha ishlab chiqarish hollarini aniqlash boʻyicha maxsus vakolatli organlar bilan hamkorlikda qoʻshma tadbirlar oʻtkazish vakolati berildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayni paytda olib borilgan tahlillar mazkur sohada hali oʻz yechimini kutayotgan bir qator muammolar mavjud ekanligini koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, jamiyatda intellektual mulkka boʻlgan hurmat hissini oshirish va aholi oʻrtasida kontrafakt mahsulotlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, huquq egalari va mualliflar bilan hamkorlikda intellektual mulk huquqini kuchaytirilgan tartibda himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan choralar yetarli samara bermayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Intellektual mulkni huquqiy jihatdan himoya qilish boʻyicha murojaatlar soni yildan-yilga oshib borib, 2024-yilda 1556 tani, 2025-yilda 2049 tani va 2026-yilning oʻtgan davrida 1330 tani tashkil etgan. 2025-yilda 37 ta huquqbuzarga nisbatan jami 1,8 mlrd. soʻm miqdordagi va 2026-yilning oʻtgan davrida 24 ta huquqbuzarga nisbatan jami 1,1 mlrd. soʻm miqdordagi moliyaviy jarimalar qoʻllanilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Intellektual mulk huquqini buzish bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishda yarashuv va xususiy ayblov institutlari joriy etilmasdan qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar belgilariga va ayrim boshqa sanoat mulki obyektlariga nisbatan yuridik shaxslarning javobgarligi moliyaviy jarima qoʻllash orqali taʼminlangan boʻlsa-da, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlariga nisbatan bunday huquqiy mexanizm nazarda tutilmagan. Natijada mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzgan yuridik shaxslarga nisbatan faqat maʼmuriy jarima qoʻllash bilan cheklanib qolinmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi murakkab huquqiy va texnik jarayon boʻlib, talabnomani qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirish, tovarlar va xizmatlarni Tovarlar va xizmatlarning xalqaro tasniflagichi (TXXT) boʻyicha tegishli sinflarga toʻgʻri kiritish, shuningdek tovar belgisi boshqa roʻyxatdan oʻtgan belgilar bilan aynan yoki adashtirib yuborish darajasida oʻxshashligini yoki oʻxshash emasligini oldindan tekshirish maxsus bilim va amaliy tajribani talab etadi. Shu sababli fuqarolar yoki tadbirkorlik subyektlari tomonidan mustaqil ravishda taqdim etilgan talabnomalar koʻpincha rasmiylashtirishdagi kamchiliklar tufayli qayta ishlash uchun qaytarilmoqda yoki roʻyxatdan oʻtkazish rad etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarilgan (realizatsiya qilingan) kontrafakt mahsulotlar miqdorini aniqlash va intellektual mulk huquqini muntazam ravishda buzgan shaxslarning davlat xaridlarida ishtirok etishini cheklash mexanizmlari mavjud emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek ixtirochilar va novatorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni ragʻbatlantirish hamda ilmiy ishlanmalarning fuqarolik muomalasidagi aylanmasini oshirish maqsadida intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqni kredit olish uchun garovga qoʻyish amaliyoti joriy etilmasdan qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, «Parlament nazorati toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A. Tashkulovning «Fuqarolarning va tadbirkorlik subyektlarining intellektual mulk sohasidagi huquqlarini himoya qilish borasida 2025-yilda va 2026-yilning oʻtgan davrida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida»gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eshituv davomida qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish borasida aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli texnologiyalardan va sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda intellektual mulk sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatish tartib-taomillarini soddalashtirish hamda ushbu sohadagi idoralararo hujjatlar almashinuvini toʻliq elektron shaklga oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intellektual mulk obyektlarining fuqarolik muomalasidagi aylanmasini oshirishning huquqiy mexanizmlarini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlariga boʻlgan huquqlarni buzgan yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy jarimalar qoʻllanilishini joriy etishning huquqiy asoslarini yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intellektual mulk huquqini buzish bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishda xususiy ayblov va yarashuv institutlarini joriy etish orqali nizolarni sudgacha hal etishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intellektual mulk huquqini muntazam ravishda buzgan shaxslarning davlat xaridlarida ishtirok etishini cheklash mexanizmini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida huquqni qoʻllash amaliyotini shuningdek mazkur sohada adliya organlarining samarali faoliyat yuritishini taʼminlashga qaratilgan qonunchilikni yanada takomillashtirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari fuqarolarning va tadbirkorlik subyektlarining intellektual mulk sohasidagi huquqlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. Xakimov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 28-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2403-V-son