O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining
Qarori
Aholi yashash punktlarining atmosfera havosidagi zararli va zaharli moddalar, produtsent mikroorganizmlar, bakterial preparatlar va aeroionlarning ruxsat etilgan gigiyenik me’yorlariga (0053-23-son SanQvaN) o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 25-iyunda hisobga olindi, hisob raqami 405]
O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Aholi yashash punktlarining atmosfera havosidagi zararli va zaharli moddalar, produtsent mikroorganizmlar, bakterial preparatlar va aeroionlarning ruxsat etilgan gigiyenik me’yorlarining (0053-23-son SanQvaN) (hisob raqami 205, 2023-yil 8-sentabr) 1-ilovasi 110 va 111-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ | ||||||
110. | Muallaq moddalar | 0,5 | 0,15 | 0,08 | rezorbtiv | 3 |
111. | Muallaq moddalar zarralari PM 10 | 0,35 | 0,075 | 0,04 | rezorbtiv | - |
”. |
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Rais B. YUSUPALIYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 10-iyun,
6-son
Kelishildi:
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari I. QUTBIDDINOV
2026-yil 8-iyun