01.05.2026 yildagi VII-23-51-5-70-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMANI KENGASHINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konimex tumanida 2026-yilgi vegetatsiya mavsumida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning suv olish miqdor (limit)larini koʻrib chiqish va tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorning ijrosini taʼminlash, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali aholi ongiga shakllangan “suv — tekin” tushunchasidan voz kechish hamda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etishni tashkillashtirish maqsadida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiyatizimlari havza boshqarmalari hamda hududiy qishloq xoʻjaligi boshqarmalarihar yili 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1-oktyabrga qadar kuz-qishdavri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olishlimitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqishi hamdatasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritilishi belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2026-yil 5-fevraldagi PQ-47-sonli qarori bilan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangicha mexanizmi joriy qilindi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2027-yildan boshlab, har yili suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi va subsidiyalar sugʻoriladigan yer maydonlarining suv bilan taʼminlanganlik holatidan kelib chiqib belgilanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun suv manbalarining suvlilik darajasini tahlil qilgan holda suv bilan barqaror taʼminlangan hamda taʼminlanmagan hududda joylashgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari roʻyxatini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Xalq deputatlari tuman kengashlariga kiritishi belgilab berildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilarni inobatga olgan,holda, mavjud suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish hamda mazkur qaror bilan belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, suv bilan barqaror taʼminlangan hamda taʼminlanmagan hududda joylashgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari roʻyxatini xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining navbatdagi sessiyasida koʻrib chiqib, tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritilishi belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdim etilgan maʼlumotlarni xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishi muhokamasida bildirilgan takliflarni eʼtiborga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuninig 24-moddasiga hamda xalq deputatlari tuman Kengashining agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining 2026-yil 17-apreldagi DKQ-03-04/48-26-sonli qaroriga asosan, Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori, Konimex tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasining 2026-yil 26-martdagi 41-sonli xati hamda M.Sautboyevning bergan hisoboti maʼlumot va ijro qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va byudjet siyosatining 2024-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi 38-bandiga asosan, qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqlarni yetishtirish uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 1 kub metr suv uchun 100 soʻm etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Konimex tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan joriy yil vegetatsiya davri uchun tuman chegarasidan olinadigan 32.2 mln. m suv olish limitlarini, kanallardagi suv yoʻqotishlarni inobatga olib, 30 foizga kamaytirgan holatda 99 ta isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlari hududlar kesimida tasdiqlangan ilovalar maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tumandagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi suv isteʼmolchilariga isteʼmol qilingan suv miqdori hisobini yuritmagan (yuritishdan bosh tortgan) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun suv soligʻi bazasi xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlangan limitlarga nisbatan ikki barobar oshirilgan holda hisoblanishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tuman hokimligining axborot xizmati (A. Nematov), “Кенимех таны” gazetasi tahririyati bilan hamkorlikda, amalga oshirilgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash tuman hokimi oʻrinbosari (D. Axatov), qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (Ye. Janxoʼjayev) zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash raisi A. XUDAYBERDIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyati, Konimex tumani,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 1-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII-23-51-5-70-K/26-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.