XALQ DEPUTATLARI ZARAFSHON SHAHAR KENGASHINING
qarori
2026-yil Zarafshon shahri boʻyicha alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini oshirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-son Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-son qarori ijrosini taʼminlash va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi” 387-son qarori II bob 2-band “v” kichik bandida xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi uchun hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini 20 foizgacha oshirish vakolati berilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Zarafshon shahrida 2026-yil uchun tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlar stavkalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari (A. Shoxmirzayev), shahar soliq inspeksiyasi (R. Baxronov) bilan birgalikda mazkur qaror oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish shahar hokimining birinchi oʻrinbosari А. Shoxmirzayev hamda xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi R. Nurnazarov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kirishi inobatga olinsin.
(5-band Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashining 2026-yil 17-apreldagi VII-26-57-5-78-K/26-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Kengash raisi H. ERNAFASOV
Navoiy viloyati, Zarafshon shahri,
2026-yil 24-fevral,
VII-23-31-5-78-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.