XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHRI KENGASHINING
Qarori
Toshkent shahridagi mavjud va yangi barpo etiladigan gastronomik va turizm koʻchalarida mulk egalariga tegishli bino va inshootlarga tutash hududlardan hamda umumiy foydalanishdagi yer uchastkalaridan tijorat maqsadlarida foydalanish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga tutash hududlardan mavsumiy foydalanishni tashkil etishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 31-iyuldagi 478-son qaroriga asosan mavjud va yangi barpo etiladigan gastronomik va turizm koʻchalarida mulk egalariga tegishli bino va inshootlarga tutash hududlardan hamda umumiy foydalanishdagi yer uchastkalaridan tijorat maqsadlarida foydalanishni tashkil etish maqsadida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-iyuldagi 478-son qarorida mavjud va yangi barpo etiladigan gastronomik va turizm koʻchalarida mulk egalariga tegishli bino va inshootlarga tutash hududlardan (keyingi oʻrinlarda – tutash hudud)hamda umumiy foydalanishdagi yer uchastkalaridan tijorat maqsadlarida foydalanish tartibixalq deputatlari Toshkent shahriKengashi qarori bilan tasdiqlanishibelgilanganligi;
bunda:
yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun bozor tamoyillari asosida narx belgilash va yillik ijara haqini har oyda teng ulushlarda toʻlab borish talabini nazarda tutish;
hududlarning namunali saqlanishini taʼminlash maqsadida ijara toʻlovlarining taqsimoti belgilanishi;
gastronomik va turizm koʻchalarida mavsumiy talablarni hisobga olgan holda obodonlashtirish hamda sanitariya jihatdan tozalash ishlarini (supurish, suv sepish, chang va qordan tozalash va boshqalar) tashkil etish uchun ekspluatatsiya toʻlovlarini belgilash hamda zarur hollarda uni ijara toʻlovlariga qoʻshgan holda undirish;
gastronomik va turizm koʻchalarida har xil turdagi koʻngilochar tadbirlarni oʻtkazish uchun bir martalik toʻlov miqdorini va ularni oʻtkazish tartibini belgilash inobatga olinishi belgilanganligi;
b) Toshkent shahar tumanlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga oid qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq Toshkent shahrida gastronomik va turizm koʻchalari tashkil etilishi belgilanganligi maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Toshkent shahridagi mavjud va yangi barpo etiladigan gastronomik va turizm koʻchalarida mulk egalariga tegishli bino va inshootlarga tutash hududlarda hamda umumiy foydalanishdagi hududlarda savdo, xizmat koʻrsatish va umumiy ovqatlanish nuqtalarini joylashtirish boʻyichatartib ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Gastronomik va turizm koʻchalarida yil davomida oʻtkaziladigan madaniy tadbirlar va koʻngilochar dasturlarni har yili dekabr oyi yakuniga qadar keyingi kalendar yil uchun Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi bilan kelishgan holda Toshkent shahar hokimi tomonidan tasdiqlanishi belgilansin.
4. Gastronomik va turizm koʻchalardagi tutash hududlar va umumiy foydalanish hududida savdo va xizmat koʻrsatish nuqtalarini joylashtirishning boshlangʻich qiymati hamda mavsumiy tadbirlar tashkil etilishi munosabati bilan mazkur koʻchalarda koʻchma qurilmalarni (bir martalik) joylashtirishning qiymati Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan quyidagilarni inobatga olgan holda belgilanadi:
hududdan foydalanish (huquqi) uchun ijara toʻlovi boʻyicha mustaqil baholovchi tashkilotning hisobotidagi narx;
hududni obodonlashtirish hamda sanitariya jihatdan tozalash xarajatlari;
hududni xavfsizligi taʼminlash va qoʻriqlash xarajatlari.
Bunda, mazkur narx bir kalendar yili uchun amal qiladi.
5. Gastronomik va turizm koʻchalardagi tutash hududlar va umumiy foydalanishdagi hududida savdo va xizmat koʻrsatish nuqtalarini joylashtirish hamda mavsumiy tadbirlar tashkil etilishi munosabati bilan mazkur koʻchalarda koʻchma qurilmalarni (bir martalik) joylashtirishdan tushgan tushum “Mirzo Ulugʻbek Business City” tadbirkorlik markazini qurish va ekspluatatsiya qilish direksiyasi” DUK (keyingi oʻrinlarda – Direksiya)ning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
6. Gastronomik va turizm koʻchalardagi hududlardan samarali foydalanishga oid ishlarni tashkil etish, obodonlashtirish va sanitariya jihatdan tozalash hamda xavfsizligini taʼminlashda Direksiya bilan hamkorlikda faoliyat yuritish boʻyicha tuman hokimlariga shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
7. Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati (G.Kasimova)ga mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishi va www.tashkent.uz rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiya va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi M.Taxirov va Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari B.Xaydarov zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi KALANOV RUSTAM ABDUXAKIMOVICH
Toshkent sh.,
2025-yil 24-oktabr,
VII-16-172-14-0-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.