“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq, oliy ta’lim muassasalariga tegishli ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslarni tanlab olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom, “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq, oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni (professor-o‘qituvchilar tarkibini) tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Chuqur kasbiy bilimlarga va ilmiy yutuqlarga, ijodiy, ilmiy salohiyatga, yuksak intellektual qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari darajasida mutaxassislar tayyorlash bilan shug‘ullanishga munosib bo‘lgan eng malakali pedagog kadrlarni tanlash uchun raqobat muhitini yaratish va ta’minlash tanlovning maqsadi hisoblanadi.
2. Pedagog xodimlar (professor-pedagoglar tarkibi) toifasiga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent) lavozimini egallab turgan shaxslar kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oliy ta’lim muassasasining kafedra mudiri, professori, dotsenti, katta o‘qituvchisi, o‘qituvchisi (assistenti) lavozimi besh yil muddatga tanlov bo‘yicha egallanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Besh yillik muddat tamom bo‘lgandan keyin ko‘rsatib o‘tilgan lavozimlar mazkur Nizomga muvofiq tanlov asosida egallanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Kafedra mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda fan doktori, fan nomzodi ilmiy darajasiga, shuningdek professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxslar qatnashishi mumkin.
Bir muddat tamom bo‘lgandan keyin kafedra mudiri lavozimini egallab turgan va fan doktori ilmiy darajasini olmagan dotsent (fan nomzodi) oliy ta’lim muassasasi rektorining taqdimnomasiga ko‘ra va bo‘ysunishiga ko‘ra tegishli vazirlik yoki idoraning ruxsati bilan kafedra mudiri lavozimini egallashga faqat favqulodda hollarda tanlovda yana qatnashishi mumkin.
Fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan aynan bir shaxsning kafedra mudiri lavozimiga tanlovda ketma-ket uchinchi muddatga qatnashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tillar, jismoniy tarbiya va sport, grafika va chizmachilik, madaniyat va san’at yo‘nalishlari kafedra mudirlari lavozimini egallash uchun tanlovda dotsent ilmiy unvoniga (fan nomzodi ilmiy darajasiga) ega bo‘lmagan, biroq kamida 5 yillik metodik, ilmiy-pedagogik, ijodiy va tashkiliy faoliyat tajribasiga ega bo‘lgan shaxs qatnashishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Professor lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga ko‘ra, professor ilmiy unvoniga yoki fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan shaxs qatnashishi mumkin.
Professor lavozimini egallash uchun tanlovda, shuningdek kamida 5 yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan, mazkur kafedraning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari muallifi bo‘lgan fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxs bir muddatga qatnashishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Dotsent lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga ko‘ra, tegishli mutaxassislik bo‘yicha dotsent, katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga yoki fan doktori (nomzodi) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan shaxs qatnashishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Bir muddatga dotsent lavozimini egallash uchun tanlovda, shuningdek tegishli ilmiy unvonga va ilmiy darajaga ega bo‘lmagan, biroq ushbu mutaxassislik bo‘yicha kamida 3 yillik amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan, mazkur kafedraning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari muallifi bo‘lgan yuqori malakali mutaxassis ham qatnashishi mumkin.
7. Katta o‘qituvchi lavozimini egallash uchun tanlovda oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs (magistr, diplomli mutaxassis), shuningdek ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega bo‘lgan hamda bunday daraja va unvonga ega bo‘lmagan, biroq o‘qituvchilik, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish ishlari tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar ham qatnashishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. O‘qituvchi (assistent) lavozimini egallash uchun tanlovda tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs (magistr, diplomli mutaxassis) qatnashishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Homilador ayollar, shuningdek uch yoshgacha bolalari bo‘lgan ayollar egallab turgan lavozimlarga tanlov e’lon qilinmaydi.
10. Oliy ta’lim muassasalariga o‘qituvchi lavozimiga soatbay haq to‘lash shartlarida ishga kirayotgan shaxslar tanlovsiz, rektor buyrug‘i bilan, belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Aspiranturani bitiruvchi tugatish yilida, shuningdek oliy ta’lim muassasasini bitirgan mutaxassis taqsimot bo‘yicha o‘qituvchi lavozimiga tanlovdan tashqari, 3 yil muddatga tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Oliy ta’lim muassasasi saylanish muddati mazkur o‘quv yilida tugaydigan kafedra mudirlari, professorlar, dotsentlar, katta o‘qituvchilar, o‘qituvchilar va assistentlar lavozimlarini egallash uchun, shuningdek bo‘sh lavozimlarga tanlov e’lon qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Tanlov bo‘yicha saylov oliy ta’lim muassasalarining ilmiy kengashlarida yoki fakultetlarning ilmiy kengashlarida o‘tkaziladi. Oliy ta’lim muassasasining ilmiy kengashida yoki fakultetning ilmiy kengashida saylanadigan lavozimlarni belgilash huquqi oliy ta’lim muassasasining rektoriga tegishli bo‘ladi.
Kafedra mudirlari va professorlar oliy ta’lim muassasalarining ilmiy kengashlarida tanlov bo‘yicha o‘tadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Tanlovlar vaqtli matbuotda yoki boshqa ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan oliy ta’lim muassasasining ko‘p nusxali gazetasida e’lon qilinadi. Tanlovda qatnashish uchun arizalar e’lon chiqqan kundan boshlab bir oydan kechikmay berilishi kerak.
15. Tanlovda qatnashishni xohlovchilar oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza beradilar, arizaga kadrlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa va oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomlar nusxasi ilova qilinadi.
Qatnashuvchilarda ilmiy daraja, ilmiy unvon, shuningdek ilmiy ishlar va ixtirolar mavjud bo‘lgan taqdirda ular tegishli diplomlar, attestatlar nusxalarini va ilmiy ishlar ro‘yxatini, malaka oshirish to‘g‘risidagi guvohnomalarni taqdim etishlari kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Tanlovga tushgan barcha hujjatlar oldindan kafedra majlisida ko‘rib chiqiladi. Ilgari kafedrada ishlamagan shaxslarning hujjatlarini ko‘rib chiqishdan oldin ular tomonidan sinov leksiyalari (mazkur oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchilari uchun — ochiq mashg‘ulotlar) o‘tkaziladi. Sinov leksiyalari va ochiq mashg‘ulotlar mavzulari kafedra predmetlari bo‘yicha o‘quv dasturi talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. Tanlov qatnashchilarini test sinovlaridan o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi. Kafedra mudiri lavozimiga nomzodlarni muhokama qilish bo‘yicha majlisni fakultet dekani (oliy ta’lim muassasalari umumiy kafedralarida – prorektor o‘tkazadi).
Ilgari o‘zi egallab kelgan lavozim uchun tanlovda qatnashuvchi shaxslar kafedra majlisida tanlovdan oldingi davrdagi ilmiy-pedagogik, metodik, tarbiyaviy va boshqa ishlari to‘g‘risida hisobot beradi.
Kafedra ilgari egallab kelgan lavozimi uchun tanlovda qatnashuvchi har qaysi nomzod bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, ochiq yoki yashirin ovoz bergan holda, kafedraning shtatdagi o‘qituvchilarining (shu jumladan o‘rindoshlik tartibida ishlayotgan o‘qituvchilarining) va ilmiy xodimlarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan tavsiyanoma qabul qiladi va uni o‘qituvchining hisoboti bilan birga oliy ta’lim muassasasi (fakultet) ilmiy kengashiga jo‘natadi.
Fakultetning kafedra a’zosi hisoblanmaydigan dekani (prorektor) kafedra mudiri lavozimiga nomzodlar bo‘yicha tavsiyanomalar qabul qilishda ovoz berishda qatnashmaydi. Egallash uchun tanlov e’lon qilingan lavozimni egallab turgan shaxs materiallarni ko‘rib chiqish chog‘ida ovoz berishda qatnashmaydi.
17. Har qaysi nomzod bo‘yicha ilmiy kengash majlisida yashirin ovoz berishni o‘tkazishdan oldin kafedraning tavsiyanomasi o‘qib eshittiriladi.
18. Mazkur lavozim uchun tanlovda qatnashuvchi barcha shaxslarning familiyasi yashirin ovoz berish uchun bitta byulletenga kiritiladi.
Ovoz berish byulletenda ovoz berilayotgan nomzodning familiyasi ro‘parasiga tegishli belgi qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Faqat bitta nomzod uchun ovoz berishga yo‘l qo‘yiladi.
Agar byulletenda ovoz berish uchun birorta ham belgi qo‘yilmagan bo‘lsa yoxud belgi ikki yoki undan ko‘p familiyalar ro‘parasiga qo‘yilgan bo‘lsa, u holda bunday byulleten buzilgan hisoblanadi va ovozlarni hisoblashda hisobga olinmaydi.
19. Ovozlarni hisoblash uchun ilmiy kengash ovoz berish boshlanishidan oldin tarkibida ilmiy kengashning kamida uch nafar a’zosi bo‘lgan sanoq komissiyasini saylaydi. Sanoq komissiyasi har qaysi nomzod bo‘yicha ovoz berish natijalarini e’lon qiladi.
Sanoq komissiyasi protokoli ilmiy kengash tomonidan tasdiqlanadi va tanlov materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.
20. Tanlovni o‘tkazishda ilmiy kengash qarori, agar ovoz berishda ilmiy kengashning tasdiqlangan (ro‘yxatdagi) tarkibidagi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan bo‘lsa vakolatli hisoblanadi. Ilmiy kengashning ovoz berishda qatnashgan a’zolarining ko‘pchilik ovozini, biroq kamida 50 foiz ovozini olgan nomzod tanlovdan o‘tgan hisoblanadi.
Birortasi ham talab qilingan miqdorda ovoz ololmagan ikki nafardan ko‘p nomzodlar qatnashgan taqdirda ilmiy kengashning aynan shu majlisida dastlabki ikki talabgor o‘rtasida takroriy ovoz berish o‘tkaziladi. Agar ikki nomzod qatnashgan tanlovni o‘tkazishda ovozlar soni teng bo‘lib qolsa raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Ilmiy kengash qarori oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Tanlovda qatnashish uchun arizalar mavjud bo‘lmagan taqdirda, shuningdek muayyan lavozim uchun faqat bitta nomzoddan ariza tushganda tanlov o‘tkazilmagan hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Lavozimlarni egallash uchun o‘qituvchilarni tanlash bo‘yicha kafedra va ilmiy kengash majlislari ochiq tartibda o‘tadi. Tanlovda qatnashuvchilarga ularning nomzodlari muhokama qilinadigan kafedra va ilmiy kengash majlislarida qatnashish yoki ularning xohishiga ko‘ra kafedra yoki ilmiy kengash qarori bilan tanishish huquqi beriladi.
22. Ilmiy kengash kotibi tanlov natijalari to‘g‘risida o‘n kun muddatda unda qatnashgan shaxslarni yozma ravishda xabardor qiladi.
23. Oliy ta’lim muassasasi (fakultet) ilmiy kengashining qarori, agar u ushbu Nizom talablariga rioya etilgan holda qabul qilingan bo‘lsa, uzil-kesil hisoblanadi.
24. Ushbu oliy ta’lim muassasasida ishlamaydigan va professor-o‘qituvchilar tarkibidagi lavozimga tanlovdan o‘tgan shaxslar bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomalari tuziladi, mehnat shartnomalari asosida ularni 5 yil muddatga ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mehnat shartnomalarida ish beruvchi tomonidan har 5 yilda xodim egallab kelgan lavozim uchun tanlov o‘tkazilishi belgilab qo‘yiladi, xodim esa tanlovda qatnashishga haqlidir.
Xodim mehnat shartnomasi tuzilgandan keyin ishga kirishishi shart bo‘lgan muddat tomonlarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi, biroq ushbu muddat uch oydan oshishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Mazkur oliy ta’lim muassasasida ishlaydigan va tanlov bo‘yicha saylangan shaxslarning mehnat shartnomalariga quyidagilar yozib qo‘yiladi:
a) ular ilgari egallab kelgan lavozim uchun — mehnat munosabatlarini yangi muddatga uzaytirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoziladi va tegishli buyruq chiqariladi;
b) boshqa lavozimlar uchun — tanlovdan o‘tganlik to‘g‘risida ilmiy kengash protokoli qayd etilgan holda tegishli o‘zgartirishlar yoziladi va boshqa lavozimga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq chiqariladi.
Davlat boshqaruvi organi qaroriga ko‘ra professor-o‘qituvchilar tarkibi attestatsiyadan o‘tkazilgan taqdirda attestatsiya yakunlariga ko‘ra ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi mehnat munosabatlari masalalari, shaxsning tanlov bo‘yicha egallanadigan lavozimda bo‘lish muddatidan qat’i nazar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Ilgari egallab kelgan lavozimi uchun tanlovdan o‘tmagan, shuningdek tanlovda qatnashish uchun ariza bermagan shaxslar bilan mehnat shartnomasi yangi muddatga tanlovdan o‘tmaganligi yoxud tanlovda qatnashishni rad etganligi sababli o‘quv yili tugagandan keyin mehnat qonunchiligiga muvofiq to‘xtatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Kafedralar birlashtirilganda yoki kafedra bo‘linganda professor-o‘qituvchilar tarkibi bo‘yicha muddatidan oldin tanlovlar o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Kafedralar birlashtirilgan taqdirda yangidan tashkil etilgan kafedra mudiri lavozimini egallash to‘g‘risidagi masalani oliy ta’lim muassasasining ilmiy kengashi oldindan tanlov e’lon qilmasdan, yashirin ovoz berish yo‘li bilan hal qiladi.
Kafedra bo‘lingan taqdirda uning mudiri saylangan muddati o‘tgungacha, rektor buyrug‘i bilan yangidan tashkil etilgan kafedralardan birining mudiri lavozimiga tayinlanadi. Boshqa kafedraning mudiri lavozimiga tanlov bo‘yicha mudir tayinlanadi.
28. Oliy ta’lim muassasasi rektoriga tanlov o‘tkazilgungacha kafedraning yetakchi o‘qituvchilaridan bittasiga yoki dekanga bo‘sh kafedra mudiri lavozimi bo‘yicha vazifalarni bajarishni yuklashga ruxsat etiladi.
Vakillik organlarida saylab qo‘yiladigan lavozimga saylanishi natijasida uning bilan mehnat shartnomasi to‘xtatilgan o‘qituvchi uning saylov bo‘yicha vakolatlari tugagandan keyin tanlov natijalariga ko‘ra saylangan muddati tugagungacha mazkur oliy ta’lim muassasasining ilgari egallab kelgan yoki unga teng bo‘lgan professor-o‘qituvchilar tarkibidagi lavozimga tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Oliy ta’lim muassasasi rektoriga oliy ta’lim muassasasi (fakultet) ilmiy kengashida ko‘rib chiqish uchun pedagog xodimlarning egallab turgan lavozimlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani kiritish huquqi beriladi.
Oliy ta’lim muassasasi (fakultet) ilmiy kengashida pedagog xodimning egallab turgan lavozimiga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishdan oldin uning ishlari rektor tasdiqlaydigan komissiya tomonidan tekshirilishi kerak. Ilmiy kengash qarori asosida pedagog xodimni egallab turgan lavozimiga nomuvofiqligi bo‘yicha vazifasidan ozod qilishga uning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli ilmiy-metodik va tarbiyaviy ishlar, shuningdek leksiyalar va seminar mashg‘ulotlari o‘tkazish darajasi past bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar ilmiy kengash qaroriga ko‘ra kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent) egallab turgan lavozimiga nomuvofiq deb e’tirof etilsa, u holda uning bilan tuzilgan mehnat shartnomasi belgilangan tartibda to‘xtatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Kafedra mudiri bilan tuzilgan mehnat shartnomasi, shuningdek kafedraga rahbarlik qilish bo‘yicha o‘z funksional vazifalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi sababli ilmiy kengash qaroriga binoan to‘xtatilishi mumkin.
30. Oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibidagi shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini to‘xtatish masalalariga doir mehnat nizolari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.