Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
PARVOZLARDA QATNAShUVChI UChUVChILAR VA TEXNIKA
XIZMAtChI KOʻRSATUVChI XODIMLAR SIRASIGA KIRUVChI
ShAXSLARNING DAVLAT MAJBURIY ShAXSIY SUGʻURTASI
BOʻYIChA SUGʻURTA PULI VA SUGʻURTA TARIFLARI
MIQDORLARI TOʻGʻRISIDA
XIZMAtChI KOʻRSATUVChI XODIMLAR SIRASIGA KIRUVChI
ShAXSLARNING DAVLAT MAJBURIY ShAXSIY SUGʻURTASI
BOʻYIChA SUGʻURTA PULI VA SUGʻURTA TARIFLARI
MIQDORLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Parvozlarda qatnashuvchi uchuvchilar va texnika xizmati koʻrsatuvchi xodimlar sirasiga kiruvchi shaxslarning korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mablagʻlari hisobidan majburiy shaxsiy sugʻurtasi 1994-yil 1-yanvardan boshlab joriy etilsin.
2. Parvozlarda qatnashuvchi uchuvchilar va texnika xizmati koʻrsatuvchi xodimlar sirasiga kiruvchi shaxslarning majburiy shaxsiy sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta pullari:
uchuvchilar sirasiga kiruvchi shaxslar uchun — eng kam ish haqining 80 baravari miqdorida;
texnika xizmati koʻrsatuvchi xodimlar sirasiga kiruvchi shaxslar uchun — eng kam ish haqining 40 baravari miqdorida belgilansin.
Toʻlovlar summasi uchuvchilar tarkibiga kiruvchi shaxslar uchun amaldagi eng kam ish haqi miqdorining 40 foizi, texnika xizmati koʻrsatuvchi xodimlar sirasiga kiruvchi shaxslar uchun — 20 foizi miqdorida bir yilda bir marta belgilanadi.
3. Uchuvchilar va texnika xizmati koʻrsatuvchi xodimlar sirasiga kiruvchi shaxslarning majburiy shaxsiy sugʻurtasini oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat sugʻurta bosh boshqarmasiga yuklatilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oʻn kun muddatda Uchuvchilar va texnika xizmati koʻrsatuvchi xodimlar sirasiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy shaxsiy sugʻurtasi qoidalarini tasdiqlasin hamda barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, kompaniyalar, konsernlar, korporatsiyalarga yetkazsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 29-dekabr,
612-son