Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MUDDATI OʻTKAZIB YuBORILGAN DEBITORLIK VA KREDITORLIK QARZLARNI QISQARTIRISh VA BUDJETGA TOʻLOVLAR INTIZOMINI MUSTAHKAMLASh BOʻYIChA RESPUBLIKA KOMISSIYASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari kompaniyalari, uyushmalari va xoʻjalik birlashmalarini oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish borasida qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 182-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 4-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom III boʻlimining 8-bandiga ikkinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“istisno hollarda, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari xoʻjalik yurituvchi subyektlarining oʻzaro pullik majburiyatlari boʻyicha qarzlarini toʻlash muddatini kechiktirish va (yoki) ularni boʻlib-boʻlib toʻlash masalasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli komplekslari rahbarlari bilan kelishgan holda koʻrib chiqish”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 31-dekabr,
288-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 392-modda)