Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 15.09.2003 yildagi 400-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTIGA LINGAFON ASBOB-USKUNALARI YETKAZIB BERISH UCHUN YAPONIYA HUKUMATINING MADANIYAT SOHASIDAGI BEGʻARAZ YORDAMIDAN SAMARALI FOYDALANISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand davlat chet tillar institutiga lingafon asbob-uskunalari yetkazib berish uchun Yaponiya Hukumatining madaniyat sohasidagi 24,7 mln Yaponiya yeni miqdoridagi begʻaraz yordamidan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M.Gʻaniyev Ayirboshlash notalarini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga Yaponiya tomoni bilan kelishilgan muddatlarda begʻaraz yordamni olish uchun barcha tartib-qoidalarni rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga yuqorida koʻrsatilgan begʻaraz yordamga hisob-kitob yuzasidan xizmat koʻrsatish yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Begʻaraz yordam doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelinayotgan asbob-uskunalar barcha soliqlar va bojxona toʻlovlaridan ozod qilinsin, bojxonada rasmiylashtirganlik uchun yigʻimlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik yigʻimlari undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi Yaponiyalik mutaxassislarni davlat boji undirmasdan yashash joyida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazsin va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazishni uzaytirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 15-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
400-son