Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.11.2011 26.12.1994 yildagi 621-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.11.2011
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AHOLI BILAN PUL HISOB-KITOBLARNI AMALGA OShIRIShDA NAZORAT-KASSA MAShINALARINI MAJBURIY QOʻLLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-sonli “Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanishini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlar va xizmatlar haqi sifatida aholidan tushadigan naqd pul mablagʻlarini qabul qilish hamda hisobga olishni tartibga solish, pul muomalasini mustahkamlash, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1995-yilning 1-yanvaridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan nazorat-kassa mashinalarini majburiy qoʻllash joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, 1995-yilning 1-iyulgacha nazorat-kassa mashinalari oʻrnatmagan mulkchilikning barcha shakllaridagi savdo korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining faoliyatlari toʻxtatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga koʻra savdo korxonalari, tashkilotlari, muassasalarining ayrim toifalariga joriy etilmaydi. Bular oʻz faoliyatlari xususiyatiga qarab aholi bilan hisob-kitobni nazorat-kassa mashinalarisiz amalga oshirishlari mumkin.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, turgʻun savdo tarmoqlari orqali savdo qiluvchi jismoniy shaxslar nazorat-kassa apparatlaridan foydalanishga majburdir.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-dekabrdagi 575-sonli qaroriga muvofiq beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank, Adliya vazirligi oʻn kun muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda nazorat-kassa mashinalarini majburiy qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyati xususiyatiga koʻra aholi bilan hisob-kitoblarini nazorat-kassa mashinalarini qoʻllamasdan amalga oshirishi mumkin boʻlgan savdo korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining alohida toifalari roʻyxatini aniqlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki, 2010-yil 1-oktabrdan boshlab aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qoʻllanilayotgan nazorat-kassa mashinalari yagona texnik talablarga muvofiq boʻlishi kerak hamda “Oʻzstandart” agentligi va uning hududiy boʻlinmalarida belgilangan tartibda majburiy sertifikatlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikatga ega boʻlmagan yoki belgilangan yagona texnik talablarga javob bermaydigan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish, shuningdek bunday mashinalardan foydalangan holda chek berilishi aybdor shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 8-iyundagi 112-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 186-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining nazorat-kassa mashinalarining 1995-yildan boshlab “Foton” ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan bosqichma-bosqich ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki butlovchi, texnologiya va nazorat-sinash asbob-uskunalarini xorijiy firmalardan sotib olish uchun “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi tomonidan taqdim etilgan texnik-iqtisodiy asoslashlar boʻyicha belgilangan tartibda kredit ajratish imkoniyatini koʻrib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi, “Oʻzmaishiyxizmat” uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv nazorat-kassa mashinalariga texnika xizmati koʻrsatish boʻyicha mintaqaviy markazlar va shoxobchalar barpo etishni, ushbu shoxobchalarning tashkil qilinish va faoliyat koʻrsatishini tartibga soluvchi normativ hujjatlarni ishlab chiqish va chiqarishni 1995-yilning 1-fevraligacha boʻlgan muddatda taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda nazorat-kassa mashinalariga texnika xizmati koʻrsatuvchi mintaqaviy markazlar va punktlarni barpo etishda yordam koʻrsatsinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanishga ruxsat etilgan nazorat-kassa mashinalarining Davlat reyestriga kiritilmagan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish hollariga yoʻl qoʻyilmasligi ustidan qattiq nazorat oʻrnatilsin
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Buzuq nazorat-kassa mashinasi tuzatishda boʻlgan davrda savdo-sotiq faoliyatini turgʻun savdo shoxobchalari orqali amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar savdo-sotiqda va xizmatlar koʻrsatishda aholi bilan pul hisob-kitoblarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllar boʻyicha qatʼiy hisobot beriluvchi hujjat hisoblanuvchi kvitansiyalar yozish, talonlar, chiptalar yoki ularga tenglashtirilgan boshqa cheklar berish yoʻli bilan amalga oshirishga majburdirlar.
(8-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-apreldagi 195-son qarori 15 bandining uchinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B. S. Hamidov, Y. F. Paygin va M. Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
(8 va 9-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 19-maydagi 219-sonli qaroriga muvofiq 9 va 10-bandlarga oʻzgartirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 26-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
621-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)