Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.10.1994 yildagi 524-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RESPUBLIKADA BREZENT ISHLAB CHIQARISH TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tozalash sanoatining brezentga boʻlgan ehtiyojini toʻlaroq qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, Toshkent “Kanop” jamoa korxonasi, “Texnolen a.o.” va “Mars LTD” chex firmalarning Toshkent shahrida “Kanop” brezent ishlab chiqaradigan qoʻshma korxona tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoʻshma korxonaning ustav fondi quyidagi tartibda — Oʻzbekiston tomoniniki 49 foiz, chex tomoniniki 51 foiz taqsimlanishiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chex tomoni mahsulot ishlab chiqarish boshlangan paytdan boshlab besh yil mobaynida qoʻshma korxona faoliyatidan olingan unga tegishli barcha foydani qoʻshma korxonani rivojlantirishga, kengaytirishga va texnika bilan qayta jihozlashga yoʻnaltiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi ikki yil mobaynida belgilangan tartibda “Texnolen a.o.” chex firmasidan har yili 1.5 mln kvadrat metr brezent sotib oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoʻshma korxona obyektlari qurilishi boʻyicha buyurtmachi funksiyasi Toshkent “Kanop” jamoa korxonasiga bosh pudratchi funksiyasi esa “Oʻzdehqonchilikqurilish” davlat-kooperativ birlashmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent “Kanop” jamoa korxonasiga 1995-yilda loyihalash ishlarini obyektlar qurilishi bilan bir vaqtda bajarishga va ularga ishchi hujjatlari hamda bajarilgan ishlar hajmi asosida haq toʻlashga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzsanoatqurilishbank” va 1995-yilda Toshkent “Kanop” jamoa korxonasiga qurilishi mablagʻ bilan taʼminlash va “Kanop” qoʻshma korxonasida brezent ishlab chiqarishni tashkil etish uchun uzoq muddatli tijorat krediti ajratish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Kanop” qoʻshma korxonasini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzistiqbostat” davlat qoʻmitasi 1995-yil balansida Toshkent “Kanop” jamoa korxonasiga uskunalar haqini toʻlash uchun 1000 tonna paxta tolasiga kvota ajratishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” Uyushmasi, Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda 1996-yildan boshlab kanop tolasi ishlab chiqarishni koʻpaytirish masalasini koʻrib chiqsin va hal qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasining buyurtmanomalariga koʻra shartnoma asosida Toshkent toʻqimachilik institutida kanopni dastlabki qayta ishlash mutaxassislarini tayyorlash masalalarini hal etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Dehqonchilik sanoati majmui boʻlimiga hamda Kapital qurilish, transport va aloqa boʻlimiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 28-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
524-son