04.09.2026 yildagi PQ-314-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyatiga yangicha ishlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda aholi tinchligi va osoyishtaligini samarali taʼminlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolarning huquq va erkinlarini ishonchli himoya qilish uchun ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyatiga yangicha ishlash tizimini joriy etish orqali uni yanada takomillashtirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Asosiy maqsadlar va ustuvor yoʻnalishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar ushbu qarorning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining (keyingi oʻrinlarda — profilaktika inspektorlari) mahallalarda jinoyatchilikni jilovlashdagi rolini oshirgan holda, aholining davlat tomonidan jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga nisbatan ishonchiga erishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish, jamoat tartibini saqlash, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash hamda probatsiya faoliyatini yangicha uzviy hamkorlik mexanizmlari asosida takomillashtirish orqali jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini transformatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) jamoat joylari, mahallalar va xonadonlarda xavfsiz muhitni yaratish hamda ulardagi har qanday huquqbuzarlik va noqonuniy holatlarga tezkorlik bilan munosabat bildirish boʻyicha yangicha ishlash mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻlinmalarining faoliyati quyidagi ustuvor ishlash mexanizmlari asosida yaxlit tizim sifatida tashkil etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) xizmat yoʻnalishi va xizmat oʻtash hududidan qatʼiy nazar fuqarolarning murojaatlari va xabarlariga tezkorlik bilan munosabat bildirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) aholi bilan bevosita yaqindan va ochiq muloqotga kirishish hamda ularning huquqbuzarlikka sabab boʻlishi mumkin boʻlgan muammolarini hal etishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) bevosita joylarning oʻzida huquqbuzarliklarni sodir etish sabab va omillarini barvaqt aniqlash va bartaraf qilish, xavf guruhiga kiruvchi shaxslar bilan kunlik asosda manzilli profilaktik ishlarni yoʻlga qoʻyish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Profilaktika inspektorlarining huquqiy mavqeyini va xizmat masʼuliyatini oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura va Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) profilaktika inspektorining maqomi, huquqlari, majburiyatlari, javobgarligi, xizmatni oʻtashni tashkil etish, faoliyatini boshqarish va baholash tartiblarini, shuningdek, asosiy kafolatlarini belgilaydigan Oʻzbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorining maqomi toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) profilaktika inspektorining xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) profilaktika inspektorlariga quyidagi qoʻshimcha vakolatlarni berish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) koʻrib chiqish vakolati doirasidagi birinchi marotaba sodir etilayotgan 17 turdagi kam ahamiyatli maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha maʼmuriy ogohlantirish jazosini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash borasida mahalla koʻchalari va yoʻlaklarida yoʻl harakati qoidalari buzilishi bilan bogʻliq 4 turdagi maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha maʼmuriy jazo qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) tuman (shahar) ichki ishlar organi boshligʻi yoki uning oʻrinbosarlarining vakolatidagi 9 turdagi maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo qoʻllash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va aholi bilan yaqindan ishlash boʻyicha huquqbuzarliklar profilaktikasini manzilli tashkil etishda shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) profilaktika inspektori kasbiy faoliyatining ustuvor maqsadi unga nisbatan aholi ishonchining yuqori darajasiga erishish hamda xizmat joyida jinoyatchilikni jilovlash etib belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) profilaktika inspektorlariga ularning kasbiy faoliyatiga doir vazifalardan tashqari qoʻshimcha vazifalar belgilanishi, shuningdek, bevosita yoki toʻgʻridan-toʻgʻri boshliq boʻlmagan boshqa rahbarlar tomonidan topshiriq va koʻrsatmalar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) aholi tomonidan ovoz berish tartibida profilaktika inspektorining kasbiy faoliyatiga nisbatan “ishonchsizlik tashabbusi”ni bildirish tizimi joriy etiladi hamda natijada unga nisbatan ichki ishlar organlari xizmatidan boʻshatishgacha boʻlgan jazo chorasi qoʻllanilishiga asoslar yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) sudlar tomonidan profilaktika inspektorlarining elektron shaklda yuritilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlari boʻyicha zaruratsiz qoʻshimcha ravishda qogʻoz shaklidagi hujjatlarni talab etishga oid amaliyot bekor qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) tegishlicha surishtiruv yoki tergov organlari zimmasiga toʻliq masʼuliyat yuklatilishi taʼminlangan holda, profilaktika inspektorlari tomonidan jinoyat alomatlari yaqqol koʻrinib turgan hodisalarga oid ariza, xabarlar va boshqa maʼlumotlarning koʻrib chiqilishi hamda tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilishi taqiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida koʻp yillik amaliy tajribaga ega boʻlib, pensiyaga chiqqan profilaktika inspektorlarini, ularning roziligi bilan, oʻzi yashayotgan mahallasi hududidagi profilaktika inspektorlariga murabbiylik qilish hamda kasbiy faoliyatiga koʻmaklashishga jalb etishga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) mahalla, taʼlim muassasalari, bozorlar, savdo komplekslari va boshqa belgilangan obyektlarda jamoat xavfsizligini taʼminlashga qoʻshimcha jalb etilayotgan huquq-tartibot organlari xodimlarining mazkur yoʻnalishdagi harakatlari ushbu xizmat joyidagi profilaktika inspektori tomonidan muvofiqlashtiriladi, bundan qonunchilik hujjatlarida belgilangan alohida holatlar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, profilaktika inspektorining xizmat joyidagi kasbiy faoliyati natijadorligini baholash quyidagi ustuvor mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) aholining profilaktika inspektoriga ishonchi darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) xavf guruhiga kiruvchi shaxslar tomonidan (aholining huquqbuzarliklar sodir etishga moyil toifasi) yoki ularga nisbatan (huquqbuzarlikdan jabrlanish xavfi boʻlgan toifasi) jinoyat sodir etilishi darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) shaxslar tomonidan maʼmuriy huquqbuzarliklarni qayta sodir etish darajasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Profilaktika inspektori faoliyatini raqamlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2027-yil 1-avgustga qadar profilaktika inspektorlarining faoliyatiga ishlashning raqamli mexanizmlarini keng tatbiq qilish maqsadida quyidagilarni joriy etish choralarini koʻrsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) profilaktika inspektorlarining oʻz kasbiy faoliyatini samarali amalga oshirishga hamda elektron makonda oʻzaro hamkorligini taʼminlashga moʻljallangan yagona axborot tizimini yaratish hamda undan barcha profilaktika inspektorlari tomonidan kunlik asosda foydalanishni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) profilaktika inspektorlari tomonidan xizmat joyidagi xavf guruhiga kiruvchi shaxslar roʻyxatini yuritish hamda ular bilan yakka tartibdagi profilaktik tadbirlarni oʻtkazish faoliyatini yagona axborot tizimi orqali qayd etib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) aholiga “Mening inspektorim” mobil ilovasi orqali profilaktika inspektoriga real vaqt rejimida onlayn ariza, shikoyat va xabar yuborish hamda uning faoliyatini baholash imkoniyatini yaratish. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) profilaktika inspektoriga mobil ilova orqali real vaqt rejimida yuborilgan ariza, shikoyat va xabarlar belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) mobil ilova orqali yuborilgan ariza, shikoyat va xabarlarga zudlik bilan munosabat bildirilmagan taqdirda, ular avtomatik ravishda “112” tizimiga oʻtkaziladi va koʻrib chiqilishi majburiy hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) profilaktika inspektorlarining ichki ishlar organlaridagi xizmatini kunlik tashkil etish boʻyicha yigʻilish va yoʻriqnomalarni, qoida tariqasida, masofaviy tartibda oʻtkazish tizimini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Bosh prokuratura va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda sodir etilgan huquqbuzarliklar boʻyicha axborot tizimi orqali elektron shaklda sud-tibbiy ekspertizasini tayinlash va ekspertiza xulosasini olish imkoniyatini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) mustaqil taʼlim shaklida masofaviy oʻqitish usullari orqali profilaktika inspektorlarining kasbiy bilim darajasini oshirib borish tartibini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyatini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki, jamoat tartibini saqlash faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida 2026-yil 1-noyabrdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) patrullik yoʻnalishida boʻlgan ichki ishlar organlari patrul-post va qoʻriqlash xizmatlari naryadlari tomonidan “112” tizimi orqali kelib tushgan, nafaqat jamoat joylarida, balki aholi yashash xonadonlarida sodir etilgan jinoyat va hodisalar toʻgʻrisidagi xabarlar boʻyicha ham tezkorlik bilan yetib borish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) jamoat tartibini saqlashga jalb etiladigan kuch va vositalardan kompleks foydalanish va boshqarish rejasi asosida patrullik yoʻnalishlari mahallalardagi ichki koʻchalarni ham qamrab oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 24/7 rejimdagi gastronomik koʻchalarda jamoat tartibini saqlash ichki ishlar organlari va hududiy hokimliklar oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida patrul-post xizmati boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) ommaviy tadbirlarda jamoat tartibini buzgan shaxslarga nisbatan kelgusi ommaviy tadbirlarga kirishiga vaqtincha cheklov qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Har xil vazifalar — yagona vakolat” tamoyili asosida shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga doir quyidagi ayrim funksiya va vakolatlar ichki ishlar organlarining patrul-post hamda qoʻriqlash xizmatlariga ham beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) yoʻnalishdagi chorrahalar, bozorlar, yirik savdo majmualari, taʼlim muassasalari atroflari hamda markaziy koʻchalarida yuzaga keladigan tirbandliklarni bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) yoʻllarda sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyatlarga darhol munosabat bildirish, ularning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, jabrlanuvchilarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) jamoat tartibini saqlashga doir quyidagi ayrim funksiya va vakolatlar ichki ishlar organlarining yoʻl-patrul xizmatiga ham beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) koʻcha va jamoat joylarida sodir etiladigan jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklarga chek qoʻyish, ularni sodir etayotgan shaxslarni taʼqib qilish, ushlash hamda ichki ishlar organlariga olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek, suyuq maishiy chiqindilarni toʻkish hamda jamoat joyida alkogol mahsulotini isteʼmol qilish bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo qoʻllash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash faoliyatida raqamli texnologiyalar qamrovini yanada kengaytirish maqsadida 2026-yil yakuniga qadar geoaxborot texnologiyalaridan foydalangan holda avariya va qoidabuzarliklar oʻchoqlari hamda xavfli yoʻl qismlari haqidagi maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va vizual koʻrish imkoniyatini beruvchi “yagona elektron xarita” yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yoshlar oʻrtasidagi huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ichki ishlar organlari xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor, voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixolog va oliy taʼlim tashkilotlaridagi profilaktika inspektori lavozimlari tegishincha xotin-qizlar masalalari boʻyicha profilaktika inspektori, voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha profilaktika inspektori va yoshlar masalalari boʻyicha profilaktika inspektori etib qayta tashkil qilinsin hamda ular zimmasiga mazkur toifadagi xavf guruhiga kiruvchi shaxslar tomonidan yoki ularga nisbatan huquqbuzarliklar sodir etilishining barvaqt oldini olish boʻyicha joylarda profilaktik choralarni koʻrish vazifasi yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlariga joylashtirilgan 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar Yoshlar ishlari agentligi reyestriga kiritilgan taqdirda ularga “Yoshlar daftari” tizimida mavjud ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilishi taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. 2027-yil 1-martga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilan manzilli ishlash va xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan “Xavfsiz dargoh — xavfsiz talaba” axborot tizimini ishlab chiqsin va sinov tariqasida poytaxtdagi yirik oliy taʼlim muassasalarida joriy etish choralarini koʻrsin. Bunda, ushbu axborot tizimi faoliyatini tashkil etish Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ichki ishlar vazirligi (T. Ismailov, D. Sattarov, Z. Kurbanov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil yakuniga qadar ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻlinmalari xodimlari faoliyati samaradorligini baholash (KPI) mezonlarini “Aholiga xizmat koʻrsatuvchi tizim” tamoyili asosida qayta koʻrib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) uch oy muddatda ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻlinmalari xizmat faoliyatini “Har xil vazifalar — yagona vakolat” tizimi asosida bosqichma-bosqich tashkil etish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 2026-yil 1-dekabrga qadar xizmatni oʻtash xususiyatlaridan kelib chiqib, jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻlinmalari uchun yoshi, antropometrik koʻrsatkichlari, jismoniy va jangovar tayyorgarligi boʻyicha alohida mezonlarni, shuningdek, lavozimlarni jamlash va kadrlar zaxirasini yaratishda kasb standartlari, shu jumladan psixologik bardoshlilik, sogʻligʻi va kasbiy bilimlarga nisbatan namunaviy talablarni ishlab chiqsin hamda qoʻllanishini 2027-yil 1-sentabrga qadar Toshkent shahar, Samarqand, Fargʻona va Toshkent viloyatlarida sinovdan oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2027-yil 1-avgustga qadar profilaktika inspektorlarining axborot tizimini yaratsin, unga tegishli davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini integratsiya qilsin hamda amaliyotga toʻlaqonli joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) 2027-yil 1-avgustga qadar boshqa hududlarda sodir etilgan jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi maʼmuriy huquqbuzarliklar yuzasidan huquqbuzarning yashash joyida uning oila aʼzolari va “mahalla yettiligi”ni xabardor qilish tizimini ishga tushirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) uch oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda amaldagi qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament boshligʻi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 4-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-314-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2026-y., 07/26/314/0888-son)