O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
o‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasining
o‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasining
Qarori
YuRIDIK ShAXS TAShKIL ETMAGAN HOLDA TADBIRKORLIK FAOLIYATI BILAN ShUG‘ULLANAYOTGAN JISMONIY ShAXSLARNING DAROMADIDAN QAT’IY BELGILANGAN HAJMLARDA OLINADIGAN SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 4-avgustda 1230-2-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2003-yil 26-fevraldagi 37-son va 2003-33-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shuQullanayotgan jismoniy shaxslarning daromadidan qat’iy belgilangan hajmlarda olinadigan soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning (2003-yil 3-aprel, ro‘yxat raqami 1230 — Me’yoriy hujjatlarining axborotnomasi, 2003-y., 7-8-son, O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 4-son, 50-modda) 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Qat’iy belgilangan hajmlarda olinadigan soliqni to‘lovchilar mazkur toifadagi jismoniy shaxslar uchun belgilangan boshqa soliqlar, yig‘imlar va to‘lovlarni O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq to‘laydilar.”.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 22-iyul,
96-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 22-iyul,
2004-51-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 31-son, 259-modda)