Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.01.2008 31.03.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 684
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Tushuntirish xati, 31.03.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 684
Kuchga kirish sanasi
31.03.1999
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.01.2008
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“TASDIQLANGAN”
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
21.01.1999-y. 04-02-05/171-son
“TASDIQLANGAN”
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi
21.01.1999-y. 99-08-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999 YIL 1 YaNVAR HOLATIGA QOLDIQLAR HISOBLANUVChI MODDIY RESURSLAR BO‘YIChA QO‘ShILGAN QIYMAT SOLIG‘I SUMMASINI O‘ChIRISh TARTIBI to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUShUNTIRISh XATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 31-martda 684-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur tushuntirish xati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, shuningdek, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga muvofiq quyidagilarni tushuntiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yilning 1-yanvaridan boshlab budjetga to‘lanishi kerak bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i soliq solinadigan oborotlar bo‘yicha hisoblangan soliq summasi bilan hisobot davri mobaynida haqiqatda kelib tushgan, shu jumladan, nol stavkasi bo‘yicha oborotni qo‘shgan holda soliqqa tortiladigan oborot uchun foydalaniladigan import qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun olingan hisobvaraq-fakturalar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, 1999-yilning 1-yanvaridagi holati bo‘yicha qoldiqlarda hisobga olingan moddiy resurslar (tovarlar, xizmatlar) bo‘yicha QQS summasi budjet bilan hisob-kitoblarga kiritiladi va 68-“Budjet bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘ining debetida, ushbu moddiy resurslarning ishlab chiqarish yoki muomala xarajatlari yuzasidan hisobdan chiqarishning borishiga qarab, 1999-yilning 1-yanvariga qadar amal qilgan stavkalar bo‘yicha “Qo‘shilgan qiymat solig‘i” ilova hisobvarag‘ida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir o‘rinbosari E.F. Gadoyev
Raisning birinchi o‘rinbosari. B.A. Xo‘jayev
(O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 3-son)