12.05.2026 yildagi PQ-179-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.05.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chorvachilik tarmog‘i va yaylov xo‘jaligini zamonaviy boshqaruv tizimi va yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chorvachilik tarmog‘ida zamonaviy va samarali uslublarni joriy etish, investitsiya loyihalarini barcha bosqichlarda qo‘llab-quvvatlash va kompleks xizmatlar ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish, tarmoq korxonalariga har tomonlama yordam ko‘rsatish, ozuqa bazasini ko‘paytirish va naslchilikni yaxshilash, shu jumladan, sun’iy urug‘lantirishni yanada rivojlantirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar chorvachilik tarmog‘ini 2026 — 2028-yillarda rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) qoramollar bosh sonini 16,5 milliontaga, qo‘y va echkilar bosh sonini 30 milliontaga, parrandalar bosh sonini 141 milliontaga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) chorvachilik (go‘sht va sut) mahsulotlarini sanoat usulida qayta ishlash darajasini 50 foizga olib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) nasldor qoramollar ulushini 90 foizga yetkazish orqali chorva mollari mahsuldorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarida ozuqabop ekinlar maydonlarini 1,5 baravarga ko‘paytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Yangi boshqaruv tizimini joriy etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, fitosanitariya va veterinariya sohalarida yagona davlat boshqaruvi va nazorat tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-84-son Farmoni bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tashkil etilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Agentlik chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish, yaylovlardan oqilona va samarali foydalanish bo‘yicha strategik rejalashtirish, muvofiqlashtirish, hududlar kesimida yo‘nalishlarni belgilash va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirishda biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, metodologik ta’minlash hamda monitoring qilishga mas’ul etib belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Agentlik huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Chorvachilik tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi tashkiliy tuzilmasi hamda faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Chorvachilik tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini shakllantirish manbalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Chorvachilikda ozuqa bazasini kengaytirish va naslchilikni yaxshilash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur qarorga 4-ilovaga muvofiq chorvachilikka ixtisoslashtirilgan tumanlar doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarida ozuqabop ekinlar ekishga ustuvorlik beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2027-yil hosilidan boshlab yer ijara shartnomasiga asosan qishloq xo‘jaligi tashkilotlaridagi paxta va boshoqli don joylashtirilishi nazarda tutilgan yer maydonlarining 50 foiziga ozuqabop ekinlarni joylashtirishga ruxsat etiladi, qolgan yer maydonlarida paxta va boshoqli don yetishtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan paxta va g‘allani yetishtirishni moliyalashtirish uchun belgilangan mablag‘lar miqdori kamaytirilmagan holda ozuqabop ekinlar yetishtirishni moliyalashtirishga ham yo‘naltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Paxtachilik, g‘allachilik va (yoki) chorvachilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklarga ijaraga berilgan, jami maydoni 10 gektardan kam bo‘lmagan va yaxlit kontur maydoni 2 gektardan ko‘p bo‘lgan sug‘oriladigan yerlarning 20 sotixdan ko‘p bo‘lmagan qismidan ruxsat etilgan foydalanish turini ichki xo‘jalik yer tuzish loyihasiga asosan chorva mollari va chorva uchun ozuqani saqlash va ko‘paytirish turiga o‘zgartirishga ruxsat berilsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) “O‘zdaverloyiha” DILI tomonidan ishlab chiqilib, tuman hokimi tomonidan tasdiqlanadigan ichki xo‘jalik yer tuzish loyihasi ushbu yer uchastkasida kapital qurilish obyekti hisoblangan chorva mollari va chorva uchun ozuqani saqlash va ko‘paytirishga ixtisoslashgan bino va inshootlar (keyingi o‘rinlarda — chorvachilik obyekti)ni qurish uchun qurilishga ruxsat berishga doir hujjatlarni olish uchun murojaat qilish huquqini beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ichki xo‘jalik yer tuzish loyihasi tasdiqlangandan keyin bir oy davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari mazkur yer uchastkasining tegishli qismini sug‘oriladigan yerlar toifasidan chiqarish bo‘yicha Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Hukumat komissiyasiga taklif kiritadi, ushbu yerlar keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan sug‘oriladigan yerlar toifasidan chiqariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) ruxsat etilgan foydalanish turi o‘zgartiriladigan yer uchastkasiga qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash bo‘yicha to‘lovlar o‘n yil davomida har yili teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) ichki xo‘jalik yer tuzish loyihasini tasdiqlash bilan bir paytda yer uchastkasi ijarasi shartnomasiga qo‘shimcha kiritiladi, unda yer uchastkasidan oqilona foydalanish shartlaridan biri sifatida bir sotix yer maydonida kamida shartli 3 bosh qoramolni muntazam ravishda saqlash va parvarishlash majburiyati qat’iy belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) chorvachilik obyektidan yer uchastkasi ijara shartnomasining amal qilish muddatida foydalaniladi, ushbu muddat tugaganda va yer uchastkasi hokimlik zaxirasiga qaytarilganda yoki chorvachilik obyektidan belgilangan maqsadda foydalanilmaganda chorvachilik obyekti ular egasi tomonidan buzib tashlanadi va buning uchun kompensatsiya to‘lovlari to‘lanmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) yer uchastkasi ijara shartnomasi bekor qilinganda yer uchastkasida chorvachilik obyekti mavjudligi shartnoma muddatini uzaytirishga asos hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 2026-yil 1-iyuldan boshlab 2028-yil yakuniga qadar Toshkent davlat agrar universiteti, Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahridagi filiallari hamda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida Agentlik tomonidan sun’iy texnik-osemenatorlik bo‘yicha 10 kunlik o‘quv kurslari tashkil qilinsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) o‘quv kurslarini tashkil qilishga tajribali texnik-osemenatorlar jalb qilinadi hamda har yili kamida mingta talabgorlar o‘qitiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikat olgan texnik-osemenatorlarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Agentlik tomonidan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan mazkur qarorga 5-ilovaga muvofiq jihoz va uskunalar beg‘araz beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) o‘quv kurslariga sarflangan xarajatlar uchun, biroq 2 million so‘mdan oshmagan miqdorda Agrar sohada to‘lovlar agentligi hisobidan kompensatsiya taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 2026-yil 1-iyuldan boshlab 2030-yil 1-yanvarga qadar aholi xonadonlarida identifikatsiya qilingan sigirlardan quyidagilar orqali olingan har bir bosh nasldor buzoq (identifikatsiya qilingan) uchun Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan Davlat budjeti hisobidan subsidiya ajratish yo‘lga qo‘yilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) sun’iy urug‘lantirish orqali olinganda — 500 ming so‘mdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) embrionlarni ko‘chirib o‘tkazish (transplantatsiya) orqali olinganda — 700 ming so‘mdan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Chorvachilikni sanoatlashtirish uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari va imtiyozlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki, 2026-yil 1-iyuldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan har yili tijorat banklariga yillik 6 foiz stavkada 10 yil muddatga 1 trillion so‘m miqdorida mablag‘ joylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan AT “Xalq banki” hamda “Mikrokreditbank” ATBga ularning buyurtmanomalari asosida 10 yil muddatga, 4 yillik imtiyozli davr bilan yillik 6 foiz stavkada milliy valyutada 50 million AQSH dollariga teng ekvivalentda mablag‘lar ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlaridagi resurslar hisobidan quyidagi yo‘nalishlarda tijorat banklari orqali yillik 10 foiz stavkada (shundan 4 foiz bank marjasi) 4 yillik imtiyozli davr bilan 10 yilgacha muddatga kreditlar ajratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) chorvachilik majmualarini tashkil qilish hamda nasldor yirik va mayda shoxli qoramol xarid qilish loyihalarini moliyalashtirish uchun 5 milliard so‘mgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) chorvachilikda naslli buqalar urug‘ini yetishtiradigan korxonani tashkil qiladigan tadbirkorlik subyektlariga qurilish, asbob-uskunalar va naslli qoramollar sotib olish xarajatlarini moliyalashtirish uchun 20 milliard so‘mgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) chorvachilik yo‘nalishida davlat kafolati ostida jalb qilingan xalqaro moliya institutlarining kredit mablag‘lari tadbirkorlik subyektlariga yillik 10 foiz stavkada ajratiladi. Bunda mazkur kichik bandda nazarda tutilgan kreditlarni imtiyozli shartlarda ajratish bilan bog‘liq xarajatlar Davlat budjetidan qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Agentlik mazkur qarorning 9-bandida nazarda tutilgan resurslar o‘zlashtirilishiga qarab, qo‘shimcha mablag‘ ajratish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. 2026-yil 1-iyundan boshlab 2029-yil 1-yanvarga qadar xorijiy davlatlardan nasldor qoramol, qo‘y va echkilarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur qarorning 11-bandidan kelib chiqib, Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Moliyaviy resurslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Agentlik chorvachilik va yaylov xo‘jaligi yo‘nalishidagi xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining investitsiya, kredit hamda grant loyihalarini amalga oshirishga mas’ul hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar, loyihalarni amalga oshirish guruhlari loyiha doirasidagi huquq va majburiyatlar, shartnomalar, mol-mulklari bilan birgalikda Agentlikka o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi (Xodjayev) uch oy muddatda mazkur qarorning 13-bandi “b” kichik bandidagi loyihalar komponentlari va mablag‘lari Agentlik hamda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi o‘rtasida tegishliligi bo‘yicha taqsimlanishini ta’minlasin va loyihalar ijrosi tashkil etilishini doimiy ravishda nazorat qilib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2027-yil 1-fevralga qadar “Parrandasanoat” uyushmasiga 2033-yil avgust — dekabr oylarida teng ulushlarda qaytarish sharti bilan O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan 50 milliard so‘m miqdorida ssuda ajratsin. Bunda ushbu mablag‘lar “Parrandasanoat” uyushmasi tomonidan tijorat banklari depozitlariga joylashtiriladi hamda bundan kelib tushgan daromadlar ushbu uyushmaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sohaga ekspertlarni jalb etish, tashqi bozorlarni ochish hamda oylik ish haqi va saqlash xarajatlarini moliyalashtirish maqsadlariga sarflanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) mazkur qarorga muvofiq subsidiyalar bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun Qishloq xo‘jaligi vazirligining hisob-kitoblariga asosan joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining 2026-yil xarajatlaridan maqbullashtirish belgilangan mablag‘lar hisobidan bosqichma-bosqich 50 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratsin va kelgusi yillarda Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda tegishli mablag‘larni ko‘zda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) mazkur qarorning 9-bandi “v” kichik bandining “i” xatboshisida ko‘zda tutilgan resurslarni joylashtirish uchun Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga joriy yilda qo‘shimcha 1 trillion so‘mgacha mablag‘ ajratsin, ushbu jamg‘armaning kelgusi yillar daromadlari va xarajatlari balansini shakllantirishda zarur mablag‘lar inobatga olinishini ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. AT “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” ATB 2026-yil 1-sentabrdan boshlab chorvachilikni rivojlantirish yo‘nalishida kreditlarni elektron platforma orqali raqamlashtirgan holda ajratishni yo‘lga qo‘ysin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) kredit olish uchun arizalar barcha bosqichlarda onlayn tarzda ko‘rib chiqiladi, kredit ajratish bo‘yicha hujjatlar elektron ko‘rinishda shakllantiriladi, taqdim etiladi va masofadan imzolanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Agentlikka platformadagi ma’lumotlardan (davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar bundan mustasno) to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Qaror ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2026-yil yakuniga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mazkur qarorga 4-ilovaga muvofiq tumanlarda ichki xo‘jalik yer tuzish loyihalari tasdiqlanishi va obyektlar qurilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) har bir tumanda maydoni 1 gektardan kam bo‘lmagan sanoatlashgan chorvachilik majmualarini tashkil qilish uchun kamida 20 ta yer uchastkasi auksion savdolariga chiqarilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Bosh prokuraturaning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Tabiiy ko‘llarda baliqchilikni rivojlantirish va suv resurslaridan foydalanishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasini Chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi deb;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar prokuraturalaridagi tabiiy ko‘llarda baliqchilikni rivojlantirish va suv resurslaridan foydalanishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘yicha katta yordamchi lavozimini chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘yicha katta yordamchi deb qayta nomlash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Bosh prokuratura (To‘xtaboyev) chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirishga oid, shu jumladan, mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan chora-tadbirlar sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi ustidan ta’sirchan nazorat o‘rnatsin hamda har chorakda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Agentlik xodimlariga nisbatan Agrosanoatni rivojlantirish agentligi xodimlari uchun belgilangan moddiy rag‘batlantirish va mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Agentlik Toshkent shahri Kichik halqa yo‘li ko‘chasi 21a-uy manziliga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Agentlikning hududiy boshqarmalari tugatilgan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari binolarida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Agentlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) zaruratga ko‘ra hamkorlikda faoliyat yuritayotgan uyushmalarni o‘zi joylashgan binoda bepul ijara asosida joylashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi bilan birgalikda 2026-yil 1-sentabrga qadar Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan quyidagi imkoniyatlarga ega raqamli platformani ishga tushirsin hamda “Agroportal” elektron dasturiga integratsiya qilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) chorvachilik tarmog‘i subyektlari, chorva bosh soni, ularning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, naslchilik tadbirlarini raqamli hisobga olish, shuningdek, sohaga oid ishonchli ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) investitsiya loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, tarmoq korxonalariga hamrohlik qilish va ularga xizmatlarni kompleks ko‘rsatish imkoniyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) uch oy muddatda hududlarning ozuqa bazasi, suv ta’minoti, yer maydonlari, logistika va bozor talabidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan sig‘imi 250 tagacha chorvaga mo‘ljallangan chorvachilik majmualarining namunaviy loyihalarini tadbirkorlik subyektlariga taklif qilsin va doimiy ravishda ushbu ishlarni amalga oshirib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Kadastr agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda chorvachilik majmualarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqsin va e’lon qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 6-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Qishloq xo‘jaligi vazirligi ikki oy muddatda quyidagilarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi hamda Chorvachilik tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorga asosan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralarini ajratish tartiblarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va J.A. Xodjayev hamda qishloq xo‘jaligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining agrar rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 12-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-179-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PQ-179-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TASHKILIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish bo‘limlari

Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi

“Parrandasanoat” uyushmasi *

Hududiy yaylov xo‘jaliklari

“O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi *

Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha tumanlar (shaharlar)ga biriktirilgan mas’ullar

“Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” uyushmasi *

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Agentlik o‘z faoliyatini mazkur uyushmalar bilan hamkorlikda olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PQ-179-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Chorvachilikning barcha tarmoqlarini rivojlantirish, naslchilik-seleksiya ishlarini takomillashtirish, sun’iy urug‘lantirishni tashkil etish, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, chorva ozuqa bazasini mustahkamlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sohani rivojlantirish dasturlari va “yo‘l xaritalari”ni tayyorlash, hududlar kesimida ustuvor yo‘nalishlar va ixtisoslashuvni belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Chorvachilik tarmog‘i infratuzilmasini, jumladan, sun’iy urug‘lantirish punktlari, so‘yish maydonchalari, sut qabul qilish punktlari, laboratoriyalar, omborlar, chorvachilik majmualari, qayta ishlash korxonalari hamda logistikani rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Chorvachilik tarmog‘ida samarali biznes modellarni joriy qilish, tarmoqning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, qayta ishlash va qo‘shilgan qiymat zanjirlarini rivojlantirish, xorijiy investitsiyalar va grant mablag‘larini jalb qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Chorvachilik tarmog‘iga zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish, raqamli yechimlar, avtomatlashtirish tizimlari, shuningdek, hayvonlarni parvarishlash, oziqlantirish va ko‘paytirishning zamonaviy usullarini keng tatbiq qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Chorvachilikda sof genofondni saqlab qolish va rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan naslchilik-seleksiya dasturlarini amaliyotga tatbiq etish va muvofiqlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Chorvachilikda nasldorlik va mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida naslchilik resurslarini yaratish, saqlash, takror ko‘paytirish va ulardan oqilona foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Chorva mollari bosh soni, mahsuldorlik, ishlab chiqarish hajmi, narxlar, investitsiyalar va eksport ko‘rsatkichlari hamda tegishli yer uchastkalarida ozuqabop ekinlar yetishtirilishi bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va monitoring qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Yaylov yerlaridan samarali va maqsadli foydalanish, ularni muhofaza qilish, degradatsiyasining oldini olish, o‘simliklar tabiiy plantatsiyalarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yaylovlarda o‘simliklar urug‘chiligini rivojlantirish, yaylov yerlarini ijaraga berishni tashkil etish, shartnomaviy munosabatlarni monitoring qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qorako‘l zotining genofondini saqlash, takror ko‘paytirish, seleksiya-naslchilik ishlari rejalarini amaliyotga tatbiq etish hamda infratuzilmalarni yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PQ-179-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chorvachilik tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini shakllantirish manbalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat chegarasi va transportda davlat veterinariya nazorati boshqarmasining hamda Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalar sifati va muomalasi nazorati bo‘yicha Davlat ilmiy markazining xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘larining respublika budjeti hamda tegishli xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga yo‘naltiriladigan qismi chegirilgandan keyin qoladigan mablag‘larning 20 foizi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi huzuridagi Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasining qoldiq mablag‘laridan 20 mlrd so‘m qismi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining grantlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklarining depozitiga joylashtirish hisobidan tushadigan foizlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PQ-179-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chorvachilikka ixtisoslashtiriladigan tumanlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hudud nomi

Tuman nomi

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Taxtako‘pir tumani

2.

Andijon viloyati

Ulug‘nor tumani

3.

Buxoro viloyati

G‘ijduvon tumani

4.

Jizzax viloyati

Zarbdor tumani

5.

Qashqadaryo viloyati

G‘uzor tumani

6.

Navoiy viloyati

Qiziltepa tumani

7.

Namangan viloyati

Kosonsoy tumani

8.

Samarqand viloyati

Kattaqo‘rg‘on tumani

9.

Surxondaryo viloyati

Uzun tumani

10.

Sirdaryo viloyati

Guliston tumani

11.

Toshkent viloyati

Ohangaron tumani

12.

Farg‘ona viloyati

Bag‘dod tumani

13.

Xorazm viloyati

Tuproqqal’a tumani

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PQ-179-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada 2026-2028-yillarda sun’iy urug‘lantirish ishlari bilan shug‘ullanuvchi texnik-osemenatorlarga olib beriladigan jihoz va uskunalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar nomi

Sun’iy urug‘lantiruvchi texnik xodimlar soni

Dyuar idishlar

Texnik osemenatorlar sumkasi (to‘plam)

Velosiped

2026-yil

2027-yil

2028-yil

2026-yil

2027-yil

2028-yil

2026-yil

2027-yil

2028-yil

Jami

shundan

Talab etiladigan

(mln.so‘m)

Jami

shundan

Talab etiladigan

(mln.so‘m)

Jami

shundan

Talab etiladigan

(mln.so‘m)

soni

Talab etiladigan

(mln.so‘m)

soni

Talab etiladigan

(mln.so‘m)

soni

Talab etiladigan

(mln.so‘m)

soni

Talab etiladigan

(mln.so‘m)

soni

Talab etiladigan

(mln.so‘m)

soni

Talab etiladigan

(mln.so‘m)

6 litr

35 litr

6 litr

35 litr

6 litr

35 litr

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

210

94

70

24

564

94

70

24

620

94

70

24

682

70

315

70

329

70

344

70

140

70

140

70

140

2.

Andijon viloyati

240

108

80

28

648

108

80

28

713

108

80

28

784

80

360

80

376

80

393

80

160

80

160

80

160

3.

Buxoro viloyati

267

120

89

31

720

120

89

31

792

120

89

31

871

89

401

89

418

89

437

89

178

89

178

89

178

4.

Jizzax viloyati

162

73

54

19

438

73

54

19

482

73

54

19

530

54

243

54

254

54

265

54

108

54

108

54

108

5.

Qashqadaryo viloyati

348

157

116

41

942

157

116

41

1036

157

116

41

1140

116

522

116

545

116

569

116

232

116

232

116

232

6.

Navoiy viloyati

135

61

45

16

366

61

45

16

403

61

45

16

443

45

203

45

212

45

221

45

90

45

90

45

90

7.

Namangan viloyati

156

70

52

18

420

70

52

18

462

70

52

18

508

52

234

52

244

52

255

52

104

52

104

52

104

8.

Samarqand viloyati

441

198

147

51

1188

198

147

51

1307

198

147

51

1437

147

662

147

691

147

722

147

294

147

294

147

294

9.

Surxondaryo viloyati

234

105

78

27

630

105

78

27

693

105

78

27

762

78

351

78

367

78

383

78

156

78

156

78

156

10.

Sirdaryo viloyati

108

50

36

14

300

50

36

14

330

50

36

14

363

36

162

36

169

36

177

36

72

36

72

36

72

11.

Toshkent viloyati

246

110

82

28

660

110

82

28

726

110

82

28

799

82

369

82

385

82

403

82

164

82

164

82

164

12.

Farg‘ona viloyati

234

105

78

27

630

105

78

27

693

105

78

27

762

78

351

78

367

78

383

78

156

78

156

78

156

13.

Xorazm viloyati

219

99

73

26

594

99

73

26

653

99

73

26

719

73

329

73

343

73

358

73

146

73

146

73

146

Jami

3000

1350

1000

350

8100

1350

1000

350

8910

1350

1000

350

9800

1000

4500

1000

4700

1000

4910

1000

2000

1000

2000

1000

2000

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PQ-179-son qaroriga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi “Chorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4576-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 1-band hamda 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 12-banddagi “Respublika kengashi” so‘zlari “Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-avgustdagi “Chorvachilikda identifikatsiya qilish tizimi va naslchilik sohasini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-285-son qarorining 15-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“15. Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligiga Markazni joylashtirish uchun bino va inshootlarni qurish hamda ta’mirlash ishlarini taklif so‘rovi asosida amalga oshirishga ruxsat berilsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi “2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-12-son qarorining 5-bandi birinchi xatboshisidagi “korxonalari (kushxonalar) va muzlatkichli omborxonalar, mahsulotlar va chiqindilarni qayta ishlash, naslli jo‘jalar yetishtirish va parranda mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini o‘z ichiga olgan tayyor biznes loyihalarini” so‘zlari “(kushxonalar), ozuqa-yem va ozuqabop qo‘shimchalar ishlab chiqarish korxonalari, muzlatkichli omborxonalar, inkubatoriya, laboratoriya, naslli jo‘jalar yetishtirish va parranda mahsulotlari ishlab chiqarish hamda parranda mahsulotlari, qoldiqlari va chiqindilarini qayta ishlash quvvatlarini o‘z ichiga olgan yoki alohida ishlab chiqarish yo‘nalishlaridagi “tayyor biznes” loyihalarini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Chorvachilik va parrandachilikni qo‘llab-quvvatlash, sohada yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-34-son qarori 2-bandi “b” kichik bandining uchinchi xatboshisidagi “hamda” so‘zi “hamda respublikada parrandachilik sohasida tayyor biznes va” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 07/26/179/0521-son; 23.07.2026-y., 07/26/274/0771-son)