LexUZ sharhi
1. Mazkur shartlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-martdagi 119-sonli Qaroriga asosan ishlab chiqilgan va davlat qisqa muddatli obligatsiyalarining (bundan buyon matnda Obligatsiyalar deb yuritiladi) chiqarilishi va muomalada bo‘lishini tartibga soladi. Obligatsiyalarning emitenti O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisoblanadi. Obligatsiyalarning joylashtirilishi va to‘lovlarining amalga oshirilishi Markaziy bank tomonidan Moliya vazirligi nomidan va hisobidan amalga oshiriladi.
11. Ushbu Asosiy shartlarning 10-bandida ko‘rsatilgan obligatsiyalarning keyingi chiqarilishiga doir ma’lumotlar ularni joylashtirish boshlanishidan kamida 7 kundan kam bo‘lmagan muddatda e’lon qilinadi. Chiqarishga mo‘ljallangan obligatsiyalar miqdorining kamida 20 foizi sotilgan taqdirda chiqarilish amalga oshgan hisoblanadi.