07.04.2026 yildagi PQ-134-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtash nufuzi va jozibadorligini oshirish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtash nufuzi va jozibadorligini oshirish, muddatli harbiy xizmatchilarning jamiyatda mustahkam oʻrin egallashiga har tomonlama koʻmaklashish hamda ularning kasb oʻrganish va taʼlim olishga boʻlgan qiziqish hamda intilishlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Muddatli harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatni oʻtagan yoshlarga beriladigan imtiyoz va kafolatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari (keyingi oʻrinlarda — Qurolli Kuchlar) safiga muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun chaqirilgan fuqarolar uchun quyidagi imtiyoz va kafolatlar beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlarga (keyingi oʻrinlarda — askarlar) xizmatni oʻtash davrida oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatining masofaviy taʼlim shakliga abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtish, kirish imtihonlarida ishtirok etish va natijasiga koʻra oʻqishga kirishga ruxsat beriladi. Bunda oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan askarlarga qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozli taʼlim krediti ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) muddatli harbiy xizmatni oʻtash davrida oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilingan askarlar oliy taʼlim tashkilotlarining harbiy tayyorgarlik oʻquv markazlarida oʻqigan talabalarga tenglashtiriladi va oʻqishni tamomlagandan soʻng ularga belgilangan tartibda “zaxiradagi leytenant” harbiy unvoni beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) muddatli harbiy xizmatni namunali oʻtagan, respublika va xalqaro sport musobaqalarida yoki fan olimpiadalarida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan askarlar orasidan 100 nafari tanlov asosida saralanib, oliy harbiy va oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga dastlabki saralash va maxsus kasbiy tanlov natijalariga koʻra test sinovlarisiz yoki yakka tartibdagi yakuniy suhbatsiz belgilangan yillik kvota doirasida toʻgʻridan-toʻgʻri oʻqishga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tanlov asosida saralab olinadigan 100 nafar askarlar tegishli vazirlik va idoralar oʻrtasida ular tarkibida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlarning umumiy soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi hamda oʻzlari muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan (oʻtagan) vazirlik va idoralar tarkibidagi hamda ular uchun ofitserlarni tayyorlovchi oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) muddatli harbiy xizmatni oʻtash davrida Olimpiya va Osiyo oʻyinlari dasturlariga kiritilgan sport turlari boʻyicha respublika hamda xalqaro musobaqalarda 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan askarlar Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga (mos yoʻnalishlarga) kirish sinovlarisiz davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) askarlarning qiziqishi va qobiliyatidan kelib chiqib, harbiy qismlar (muassasalar)da (keyingi oʻrinlarda — harbiy qism) kasbga oʻqitish boʻyicha guruhlar shakllantiriladi hamda askarlarni kamida bitta kasbga oʻqitish boʻyicha olti oygacha boʻlgan muddatda oʻquv kurslari tashkil etiladi. Bunda oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan askarlarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(vi) muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan hamda xizmatdan boʻshatilgan yilda oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqish istagini bildirgan yoshlarga xorijiy til va fan sertifikati xarajatlari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(vii) muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan va xususiy sektorda faoliyat yuritish istagini bildirgan yoshlarga kasb-hunarga oʻqish xarajatlari vaucher asosida belgilangan tartibda Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(viii) muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan hamda tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan yoshlarga kredit foizi xarajatlari qonunchilikda belgilangan tartibda qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2027-yil 1-apreldan boshlab muddatli harbiy xizmatni oʻtagan yoshlarga davlat organlari va tashkilotlariga ishga kirishda test sinovlari natijalariga koʻra oʻzlari toʻplagan ballning 10 foizi miqdorida qoʻshimcha ball shaklidagi imtiyoz beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil may oyidan boshlab askarlar oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazish orqali ularning orasidan kasb egallash va oliy taʼlim tashkilotiga oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodlar aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) askarlarni kasbga oʻqitishni samarali tashkil etish maqsadida harbiy qismlarga yaqin hududdagi texnikumlarga ushbu harbiy qismlar biriktiriladi. Bunda askarlarni kasbga oʻqitishga texnikumlarning pedagog kadrlari jalb qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 2026-yil 1-maydan boshlab askarlarni kasbga oʻqitishga jalb etilgan pedagoglarga mashgʻulotlarni oʻtkazganlik uchun soatbay asosida ish haqi toʻlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) askarlarga oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirish uchun test sinovlari umumiy tartibda, har yil Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi qarori asosida belgilanadigan muddatlarda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Tashkiliy mexanizmlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mudofaa vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi, Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) bir oy muddatda askarlar kasbga oʻqitish kurslarida oʻqitiladigan kasblar roʻyxatini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ikki oy muddatda belgilangan kasblarning oʻquv dasturlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 2026-yil 1-maydan boshlab askarlarni ular tanlagan kasblar boʻyicha oʻqitishni yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) askarlarga oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirishga tayyorgarlik koʻrish uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar buyurtmalari asosida kasbga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan askarlarga davlat namunasidagi sertifikat berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2026-yil 1-maydan boshlab muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan hamda xususiy sektorda faoliyat yuritmoqchi boʻlgan yoshlarni, shuningdek, askarlarni harbiy qismlarda kasbga oʻqitish xarajatlarini Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab berish amaliyotini yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yoshlar ishlari agentligi 2026-yil 1-iyuldan boshlab muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan hamda oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqish istagini bildirgan yoshlarga xorijiy til va fan sertifikati xarajatlarini “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan qoplab berish amaliyotini yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) bir oy muddatda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar buyurtmalari asosida harbiy qismlarni askarlarni kasbga oʻqitish boʻyicha zarur boʻlgan moddiy-texnik baza bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) askarlarni kasbga oʻqitish davrida talab qilinadigan jihozlar, xomashyo va materiallar yetkazib berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar askarlarning keyinchalik doimiy bandligini taʼminlash maqsadida muddatli harbiy xizmatni oʻtash davrida kasbga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarini yakunlab, davlat namunasidagi sertifikatga ega boʻlgan askarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni harbiy xizmat tugashidan kamida bir oy oldin Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Migratsiya agentligiga taqdim etib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi muddatli harbiy xizmatni tamomlagan hamda davlat namunasidagi sertifikatga ega boʻlgan yoshlarning doimiy bandligini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Migratsiya agentligi muddatli harbiy xizmatni tamomlagan hamda davlat namunasidagi sertifikatga ega boʻlgan yoshlarning bandligini taʼminlash maqsadida ularni xususiy bandlik agentliklari orqali xorijiy ish beruvchilarning boʻsh ish oʻrinlari boʻyicha tanlovlariga jalb qilish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil 1-sentabrdan boshlab muddatli harbiy xizmatni oʻtash davrida oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan askarlarga qonunchilikda belgilangan tartibda oʻqishning birinchi yili uchun Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan taʼlim krediti ajratilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) muddatli harbiy xizmatni tamomlagandan soʻng bir yil mobaynida tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan yoshlarga tadbirkorlikni boshlash uchun tijorat banklarining milliy valyutada Markaziy bank asosiy stavkasining ikki baravaridan oshmagan stavkada ajratiladigan kreditlarining 5 mlrd soʻmgacha qismi boʻyicha foiz xarajatlarining asosiy stavkadan 4 foiz punkt yuqori qismi, biroq 6 foizdan oshmagan miqdorda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu kompensatsiya kichik tadbirkorlik subyektlariga barqarorlik reytingi va hudud toifasidan qatʼi nazar, uch yil muddatga “2+1” tamoyili asosida dastlabki ikki yilga taqdim etiladi, tovar (ish, xizmat)larni realizatsiya qilishdan tushgan yillik tushum avvalgi yilning mos davriga nisbatan 15 foiz va undan ortiq miqdordan oshgan taqdirda, uchinchi yil davomida har oyda toʻlab boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mudofaa vazirligi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda mazkur qarorga muvofiq askarlarni harbiy qismlarda kasbga oʻqitish xarajatlarini Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasidan qoplab berish tartibini nazarda tutuvchi idoraviy normativ hujjat ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 7-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-134-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2026-y., 07/26/134/0325-son)