Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.06.2021 14.07.1998 yildagi 298-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.06.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING SOLIQ KOLLEJINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-iyundagi 377-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institut va soliq texnikumlari faoliyatini tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq ishi mutaxassislarini ixtisosli tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmatini malakali kadrlar bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Soliq kolledji tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kollej oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasasi hisoblanadi;
(1-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-maydagi 229-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2003-y., 9-10-son, 77-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kollejda oʻqish davlat grantlari asosida kunduzgi shaklda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kollejda oʻqish muddati 3 yil va 1 yil soliq xizmati organlarida amaliy ishda sinov. 11 yillik umumiy oʻrta taʼlimga ega boʻlgan abituriyentlar uchun (toʻqqiz yillik umumiy oʻrta taʼlim davlat taʼlim standartlari joriy etilguncha) oʻqish muddati tegishlicha — 2 va 1 yil;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-maydagi 229-sonli qarori bilan chiqarib tashlangan— OʻR QHT, 2003-y., 9-10-son, 77-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq kollejining maʼmuriy va oʻqituvchilar tarkibiga Davlat soliq qoʻmitasi xodimlari tegishli toifalari uchun xizmatni oʻtash shartlari tatbiq etiladi.
(1-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-maydagi 229-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 9-10-son, 77-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Soliq kollejining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmatining malakali oʻrta boʻgʻin kadrlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim oluvchilarning kasb-hunar malaka va koʻnikmalarini chuqur rivojlantirish, ular tomonidan iqtisodiy va huquqiy bilimlar, soliq haqidagi qonunlar, soliq xizmati organlarining nazorat funksiyalarini amalga oshirish uslubiyati chuqur oʻzlashtirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat taʼlim standartlari doirasida taʼlim oluvchilarning intellektual rivojlanishini, amaliy faoliyat koʻnikmalari va ijodiy qobiliyatlari shakllanishini taʼminlovchi umumtaʼlim va kasb-hunar dasturlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston soliq xizmatining anʼanalarini mustahkamlash va rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va tarbiyalashda xorijiy ijobiy tajribani oʻrganish va oʻzlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
abituriyentlarning sifatli kontingentini shakllantirish maqsadida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bilan doimiy aloqani taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika soliq xizmati xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish, davlat soliq xizmati organlari uchun kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Soliq kolleji maʼmuriy va oʻqituvchilar tarkibining shtatlar soni qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-maydagi 229-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 9-10-son, 77-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mudofaa vazirligi, Adliya vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda kollej toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 1-sentabrdan boshlab kollejda mashgʻulotlar boshlanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 1998-yil 1-sentabrgacha kollejga professor-oʻqituvchilar tarkibini tanlab olish va ularni tayyorlash tizimini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat test markazi bilan birgalikda test sinovlari natijalari boʻyicha abituriyentlarni belgilangan tartibda 1998/99 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqitish uchun belgilangan davlat grantlari doirasida xolisona, sifatli tanlab olsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 1998-yil 1-sentabrgacha Soliq kolleji oʻquv rejalari va dasturlari ishlab chiqilishi va joriy etilishini taʼminlasin, ularni 1998/99 oʻquv yilida tajriba tariqasida sinovdan oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, didaktik materiallar ishlab chiqish boʻyicha tanlov asosida mualliflar jamoalarini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat soliq qoʻmitasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda tajriba sinovi natijalari boʻyicha 1999-yil 1-avgustgacha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq ishi sohasida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat taʼlim standartini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsin, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchilarga malaka talablarini belgilashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyorlash sifatiga hamda taʼlim va kasb-hunar dasturlarni mazmuniga talablarni belgilashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv fanlarini, taʼlim dasturlarini va maxsus dasturlarni shakllantirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarni sifatli tayyorlash uchun zarur boʻlgan oʻquv soatlari hajmlarini belgilashni nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv rejalari va dasturlariga zarur tuzatishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1999-yildan boshlab Soliq kolleji xarajatlariga belgilangan tartibda zarur budjetdan ajratiladigan mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yilda kollejning joriy xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining ijtimoiy rivojlantirish va moddiy-texnika taʼminoti jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, kollej binolari va inshootlari qurilishi, ularni rekonstruksiya qilish va tuzatish koʻrsatib oʻtilgan jamgʻarma mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi 1998/99 oʻquv yili boshlanishiga qadar kollej binolari va inshootlari tuzatilishini, professor-oʻqituvchilar tarkibi butlanishini, kollej xodimlari va kursantlari uchun zarur moddiy va sanitariya-maishiy shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Soliq kollejini joylashtirish uchun “Oʻzbeksavdo” kompaniyasi “Oʻzbilimsavdo” masʼuliyati cheklangan jamiyatning Toshkent shahar, Akmal Ikromov tumani, Sobir Yusupov koʻchasi, 3-uydagi binosi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi balansiga berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, binoni mukammal tuzatish boʻyicha bajarilgan ishlar yuzasidan qarzdorlikni hisobga olgan holda, berilayotgan mol-mulk qiymatini “Oʻzbilimsavdo” jamiyatiga belgilangan tartibda toʻlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqib kiritiladigan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida takliflar tayyorlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 14-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
298-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-maydagi 229-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2003-y., 9-10-son, 77-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-maydagi 229-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2003-y., 9-10-son, 77-modda)