O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
A.M. Boboyevni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi a’zosi etib saylash to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2026-yil 25-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi 1462-sonli qaroriga asosan Adiz Muzafarovich Boboyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi a’zosi etib saylansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2026-yil 27-fevral,
KQ-316-V-son