09.02.2026 yildagi PQ-51-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ogʻir” mahallalarda kichik quyosh elektr stansiyalarini barpo etish orqali kambagʻal oilalarni qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish oʻrinlarini yaratish hamda kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-49-son qarori ijrosini taʼminlash, shu jumladan, mazkur qaror doirasida kambagʻallik darajasi yuqori boʻlgan 903 ta mahallada kichik quyosh elektr stansiyalarini barpo etish orqali kambagʻal oilalarni barqaror daromad bilan taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Energetika vazirligi Energiya samaradorligi milliy agentligi bilan birgalikda “ogʻir” mahallalarga daromad keltiradigan aktiv sifatida 300 — 500 kVt soat quvvatdagi kichik quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirishi hamda mazkur loyihani moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan 110 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlarning hisobi Energetika vazirligining alohida gʻazna hisobvaragʻida yuritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Energetika vazirligi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) kichik quyosh elektr stansiyalarini barpo etish ishlarini qonunchilikda belgilangan tartibda loyihalashtirish, davlat ekspertizasidan oʻtkazish, tender asosida pudrat tashkilotini aniqlash hamda qurilish-montaj ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) kichik quyosh elektr stansiyalarini foydalanishga qabul qilish hamda boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) kichik quyosh elektr stansiyalaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotishdan tushgan mablagʻlarni taqsimlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda kambagʻallik darajasi yuqori boʻlgan mahallalarda kichik quyosh elektr stansiyalarini qurish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalarini Energetika vazirligining talabnomasiga muvofiq doimiy foydalanish huquqi asosida Energetika vazirligiga belgilangan tartibda ajratsin. Bunda yer uchastkalarini ajratish bilan bogʻliq materiallarni ishlab chiqish va ekologik ekspertiza xulosalarini taqdim etish Kadastr agentligi va Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan bepul tarzda amalga oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Energetika vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2026-yil yakuniga qadar mahallalarda kichik quyosh elektr stansiyalarini barpo etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni qayta hisob-kitob qilib, talab etiladigan qoʻshimcha mablagʻlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 9-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-51-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/51/0123-son)