OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq qaror qilaman:
1. 2025-yil 22-may kuni Lyublyana shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Sloveniya Respublikasi Hukumati oʻrtasida taʼlim, fan va madaniyat sohalarida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlansin.
2. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Madaniyat vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organlar etib belgilansin.
3. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organlar toʻgʻrisida Sloveniya tomoniga tegishli bildirishnoma yuborsin.
4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 16-yanvar,
PQ-10-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2026-y., 07/26/10/0049-son)