Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar uchun masofali video-uchrashuvlar oʻtkazish imkoniyatini yaratishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 24-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 21-fevralda maʼqullangan
Senat tomonidan 2025-yil 21-fevralda maʼqullangan
Keyingi yillarda mamlakatimizda mahkumlarning huquqlari va erkinliklarini kafolatlash, ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarni saqlash shart-sharoitlarini yaxshilash boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali mahkumlarning huquqlarini yanada kengaytirish, jinoyat-ijroiya qonunchiligini xalqaro normalarga muvofiqlashtirish zarurati mavjud.
Ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan mahkumlarning masofali video-uchrashuvdan foydalanish huquqini belgilashni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Mazkur Qonun mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ularning yaqin qarindoshlari bilan masofadan turib video-uchrashuvlar oʻtkazishi uchun imkoniyat yaratishga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 3, 165-modda, № 5, 267-modda, № 8, 469-modda, № 9, 588, 592-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 6, 337-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda; 2023-yil, № 2, 104-modda, № 3, 187-modda, № 4, 269-modda; 2024-yil, № 2, 115-modda, № 8, 818, 823, 828-moddalar) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 54-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oʻz shaxsiy mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan, oʻn besh daqiqa davom etadigan bir marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashish huquqiga ega”;
2) 55-moddaning ikkinchi qismidagi “yoʻqlov va banderollar olish” degan soʻzlar “yoʻqlov va banderollar olish, masofali video-uchrashuv yoki” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 77-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“77-modda. Mahkumlarning masofali video-uchrashuvlari yoki telefon orqali soʻzlashuvlari
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlarga ularning ixtiyoriga koʻra masofali video-uchrashuvlar yoki telefon orqali soʻzlashuvlar huquqi beriladi.
Umumiy, qattiq, maxsus tartibli koloniyalarda, tarbiya koloniyalarida, turmalarda va mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalarda jazoni oʻtayotgan mahkumlarning masofali video-uchrashuvlari yoki telefon orqali soʻzlashuvlari muassasa maʼmuriyati nazorati ostida oʻtkaziladi hamda ularning haqi mahkumning shaxsiy hisobvaragʻidan toʻlanadi.
Masofali video-uchrashuvlar yoki telefon orqali soʻzlashuvlar miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi. Mahkumning iltimosiga koʻra, mahkum jazoni ijro etish muassasasiga yetib kelganidan keyin, shuningdek alohida hollarda unga qoʻshimcha ravishda masofali video-uchrashuvga yoki telefon orqali soʻzlashuvga ruxsat etilishi mumkin.
Intizomiy boʻlinmalarda saqlanayotgan mahkumlarga faqat alohida hollarda masofali video-uchrashuvga yoki telefon orqali soʻzlashuvga ruxsat etilishi mumkin.
Ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning masofali video-uchrashuvlari yoki telefon orqali oʻzaro soʻzlashuvlari taqiqlanadi.
Mahkumlarga masofali video-uchrashuvlarga yoki telefon orqali soʻzlashuvlarga ruxsat etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi”;
4) 87-moddaning toʻqqizinchi qismidagi “telefon orqali qoʻshimcha soʻzlashishga” degan soʻzlar “qoʻshimcha masofali video-uchrashuvga yoki telefon orqali soʻzlashuvga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 102-modda:
ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi “qoʻshimcha uchrashuv yoki” degan soʻzlardan keyin “masofali video-uchrashuv yoxud” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “bir marta telefon orqali soʻzlashuv” degan soʻzlar “bir marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “bir marta telefon orqali soʻzlashuv” degan soʻzlar “bir marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismi “uchrashuv” degan soʻzdan keyin “masofali video-uchrashuv” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
beshinchi qismi “uchrashuv” degan soʻzdan keyin “masofali video-uchrashuv” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
7) 114-moddaning ikkinchi qismidagi “yigirma toʻrt marta uzoq muddatli uchrashuvlar” degan soʻzlar “yigirma toʻrt marta uzoq muddatli uchrashuv va yigirma toʻrt marta masofali video-uchrashuv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 117-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oʻn ikki marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv”;
9) 119-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sakkiz marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv”;
10) 121-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“olti marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv”;
11) 123-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“toʻrt marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv”;
12) 125-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yigirma toʻrt marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv”;
13) 137-moddaning:
ikkinchi qismidagi “bir marta telefon orqali soʻzlashuv” degan soʻzlar “bir marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “ikki marta telefon orqali soʻzlashuv” degan soʻzlar “ikki marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “uch marta telefon orqali soʻzlashuv” degan soʻzlar “uch marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 139-moddaning birinchi qismi “uchrashish yoki” degan soʻzlardan keyin “masofali video-uchrashuv yoxud” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 15-yanvar,
OʻRQ-1112-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2026-y., 03/26/1112/0045-son)