Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.03.1998 10.02.1994 yildagi 64-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.03.1998
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI HUZURIDA OLIY VA OʻRTA MAXSUS OʻQUV YuRTLARINI DAVLAT ATTESTATSIYASI VA AKKREDITATSIYASIDAN OʻTKAZISh HAMDA NAZORAT QILISh BOSh BOShQARMASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 11-martdagi 109-sonli “Davlat test markazi tarkibida kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va taʼlim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Taʼlim toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini ijro etish hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim sifatini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tugatilayotgan Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari davlat inspeksiyasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzurida Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarini davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan oʻtkazish hamda nazorat qilish Bosh boshqarmasi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarini davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan oʻtkazish hamda nazorat qilish Bosh boshqarmasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida, ular qaysi idoraga qarashliligi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, taʼlim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarini davlat talablariga muvofiq attestatsiya va akkreditatsiyadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida davlat taʼlimi standartlariga rioya qilinishini nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bir oy muddatda Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarini davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan oʻtkazish hamda nazorat qilish Bosh boshqarmasi haqidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼati, aʼzolarining soni bir nafarga koʻpaytirilsin va hayʼat tarkibiga Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarini davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan oʻtkazish hamda nazorat qilish Bosh boshqarmasining boshligʻi kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarini davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan oʻtkazish hamda nazorat qilish Bosh boshqarmasining faoliyati bilan bogʻliq xarajatlarni Vazirlikka ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat boʻlimi zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 10-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64-son