28.07.2025 yildagi PQ-230-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov xotirasini abadiylashtirish, uning ijodiy merosini chuqur oʻrganish va jahon miqyosida targʻib qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston xalq artisti, oʻzbek estrada sanʼati asoschisi, taniqli aktyor va rassom Botir Zokirov oʻzining keng qamrovli izlanishlari hamda erishgan ulkan ijodiy yutuqlari bilan milliy sanʼatimizni har tomonlama rivojlantirish va dunyoga tanitishga juda katta hissa qoʻshdi. Betakror isteʼdod egasi boʻlgan atoqli sanʼatkor musiqa va qoʻshiqchilik sohasida ustoz-shogirdlik anʼanalarini munosib davom ettirish orqali iqtidorli yosh ijrochilarni tarbiyalash borasida ham koʻplab ibratli ishlarni amalga oshirdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzining butun hayoti va serqirra ijodiy faoliyatini milliy madaniyatimiz xazinasini boyitish, xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirishga bagʻishlagan fidoyi, vatanparvar inson, noyob ovoz sohibi boʻlgan buyuk xonanda Botir Zokirovning xotirasini abadiylashtirish hamda uning bebaho ijodiy merosini yanada keng ommalashtirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Toshkent shahrida Botir Zokirov memorial muzeyi (keyingi oʻrinlarda — memorial muzey) tashkil etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi taʼsis etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) memorial muzey Madaniyat vazirligi tizimidagi madaniyat muassasasi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) memorial muzey faoliyatini saqlash, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash xarajatlari uchun talab etiladigan mablagʻlar, shuningdek, Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish 2026-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda memorial muzey faoliyatini samarali tashkil etish hamda Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlashga oid qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Madaniy meros agentligi Davlat budjetidan madaniy meros va muzeylar sohasiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan Botir Zokirov ijodiga oid tarixiy materiallar, ashyolar va noyob suratlarning memorial muzey uchun xarid qilib borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Madaniyat vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan birgalikda 2026-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba estrada sanʼati boʻyicha Botir Zokirov nomidagi xalqaro koʻrik-tanlovni Madaniyat vazirligiga respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan oʻtkazib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) davlat buyurtmasi asosida Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirovning hayoti va ijodiga bagʻishlangan badiiy film yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, 2025-yildan boshlab har yili Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) estrada sanʼati boʻyicha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida aʼlo baholarga tahsil olgan ikki nafar bitiruvchining keyingi taʼlim bosqichini xorijiy davlatlarda maqsadli davom ettirishi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) iqtidorli talabalarning nufuzli xalqaro tanlovlarda ishtirok etish imkoniyatini yanada oshirish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) estrada sanʼati boʻyicha Botir Zokirov nomidagi xalqaro koʻrik-tanlovni oʻtkazish uchun doimiy ravishda mablagʻ ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Madaniyat vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi Botir Zokirov nomidagi milliy estrada-simfonik orkestri faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ikki oy muddatda mazkur orkestrni zamonaviy cholgʻu asboblari va sahna liboslari bilan taʼminlash hamda uning mahalliy va xorijiy gastrol safarlarini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Botir Zokirov hayoti va ijodiga oid koʻrsatuv va eshittirishlarni tayyorlab, efirga uzatib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi taʼsis etilgan oliy taʼlim tashkilotlarining estrada sanʼati bilan bogʻliq taʼlim yoʻnalishlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarning oʻz kasbiy salohiyatini roʻyobga chiqarish borasida erishayotgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 28-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-230-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2025-y., 07/25/230/0663-son)