Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.02.1998 yildagi 86-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YAPONIYA HUKUMATI TOMONIDAN BERILAYOTGAN BEGʻARAZ YORDAMDAN SAMARALI FOYDALANISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaponiya Hukumati tomonidan berilayotgan 676 mln yapon iyeni (qariyb 5,8 mln AQSH dollari) miqdoridagi tibbiy asbob-uskunalar Samarqand va Navoiy viloyatlari bolalar kasalxonalariga oʻz vaqtida yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning oʻrinbosari A.A. Azizxoʻjayev Almashuv Notalarini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda Almashuv Notalariga tegishli barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rasmiylashtirish va hujjatlarni imzolash 1998-yil 24-fevralgacha tugallansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi va Yaponiya Hukumatlari oʻrtasidagi Almashuv Notalariga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand va Navoiy viloyatlari yangi tugʻilgan bolalar uchun bolalar kasalxonalarini tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun begʻaraz yordam uchun berilgan mablagʻlarga xizmat koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaponiya Hukumati tomonidan koʻrsatilgan Yaponiya bankida hisob raqami ochish huquqi berilgan holda yuqorida qayd etilgan yordamga bank xizmati koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Yaponiyaning begʻaraz yordamini olish uchun nazarda tutilgan barcha tartibotlarning Yaponiya tomoni bilan kelishilgan muddatlarda bajarilishi taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Begʻaraz yordam hisobiga Oʻzbekiston Respublikasiga keltiriladigan asbob-uskunalar, mahsulotlar va xizmatlar boj poshlinalaridan barcha turdagi soliqlar, yigʻimlardan hamda yoʻl jamgʻarmasiga ajratmalardan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi koʻrsatib oʻtilgan loyihaning yaponiyalik qatnashchilarni Oʻzbekistondagi yashash joyida roʻyxatdan oʻtkazish uchun yigʻimlar, boj poshlinalari va soliqlar toʻlashdan ozod qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi koʻrsatib oʻtilgan loyihaning yaponiyalik qatnashchilarga, Sogʻliqni saqlash vazirligining buyurtmanomasiga binoan, konsullik va boshqa turdagi yigʻimlar olmasdan koʻp martalik vizalar berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning oʻrinbosari A.A.Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 28-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86-son