Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.09.2004 26.02.2003 yildagi 103-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.09.2004
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“TURON-TEKSTIL” OʻZBEKISTON-TURKIYA QOʻSHMA KORXONASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 4-sentabrdagi 416-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻqimachilik sanoati korxonalarini jadal rivojlantirish, mahalliy xom ashyo bazasini chuqur qayta ishlash asosida yangi ish oʻrinlari va qoʻshilgan qiymat yuqori boʻlgan ishlab chiqarishlarni barpo etish, respublikaning eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Urganchpaxtatozalash” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan Turkiyaning “MEM INSHAAT VE DIS TICARET A.S.” va “MEM TEXTILE San. VE DIS TICARET A.S.” kompaniyalari tomonidan kard va taroqlangan paxta kalavasi ishlab chiqarish boʻyicha “Turon-tekstil” qoʻshma korxonasi tashkil etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Turon-tekstil” qoʻshma korxonasining ustav fondi 5794,1 ming AQSH dollarini, shu jumladan Oʻzbekiston tomonining ulushi keyinchalik ustav fondiga qoʻshimcha ulush qoʻshish hisobiga 40 foizgacha koʻpaytirilgan holda 613,3 ming AQSH dollarini (10,6%), xorijiy investorlarning ulushi esa: “MEM INSHAAT VE DIS TICARET A.S.” kompaniyasining ulushi 3743,1 ming AQSH dollarini (64,6%) va “MEM TEXTILE San. VE DIS TICARET A.S.” kompaniyasining ulushi 1437,7 ming AQSH dollarini (24,8%) tashkil etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy qiymati 17151,7 ming AQSH dollarini tashkil etgan “Turan-tekstil” qoʻshma korxonasi loyihasini mablagʻ bilan taʼminlash qoʻshma korxonaning oʻz mablagʻlari, Yaponiyaning xalqaro hamkorlik banki (JBIC) krediti va “MEM INSHAAT VE DIS TICARET A.S.” kompaniyasining krediti hisobiga 1-ilovaga* muvofiq sxema boʻyicha amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Marubeni Tekmateks” korporatsiyasi (Yaponiya)ning texnologiya asbob-uskunalarini yetkazib berishga 1437,7 ming AQSH dollari miqdoridagi kontrakt qiymatining 15 foizi xorijiy muassislarning qoʻshma korxona ustav fondiga qoʻyilgan valyuta mablagʻlari hisobiga “Turon-tekstil” qoʻshma korxonasining oʻz valyuta mablagʻlari hisobiga toʻlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnologiya asbob-uskunalari yetkazib berishga 8146,7 ming AQSH dollari miqdoridagi kontrakt qiymatining 85 foizi Yaponiyaning xalqaro hamkorlik banki (JBIC) krediti hisobiga toʻlanishi,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“MEM INSHAAT VE DIS TICARET A.S.” kompaniyasi yigiruv fabrikasi qurilishini tugallash boʻyicha xarajatlarni qoplashi, shuningdek “Turon-tekstil” qoʻshma korxonasi bilan shartnoma tuzish shartlarida ishlab chiqariladigan mahsulotni kreditga xizmat koʻrsatishning butun muddati mobaynida tegishli davrda shakllangan jahon narxlari boʻyicha 100 foiz eksportga sotishni taʼminlash majburiyatini oʻz zimmasiga olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Turon-tekstil” qoʻshma korxonasi “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga uyushgan aʼzo huquqi bilan kirishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Turon-tekstil” qoʻshma korxonasida 2-ilovaga* muvofiq asosiy parametrlarga ega boʻlgan paxta kalavasi ishlab chiqarish boʻyicha loyihaning aniqlashtirilgan texnik-iqtisodiy asoslanishi tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish uchun beriladigan asosiy qarzni qaytarish, JBIC krediti boʻyicha foizlar va vositachilik haqini toʻlash tuzilgan kredit bitimi shartlarida 3-ilovaga* muvofiq “Turon-tekstil” qoʻshma korxonasining oʻz valyuta mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JBIC kreditini qaytarish Turon-tekstil” qoʻshma korxonasi va “Xorazmpaxtasanoat” davlat-aksiyadorlik birlashmasining butun mol-mulki, shuningdek ikki yillik davr mobaynida ishlab chiqariladigan mahsulotning butun hajmi eksport qilinishini tasdiqlaydigan birinchi darajali xorijiy bankning bank kafolatlari bilan taʼminlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy sherik — “MEM INSHAAT VE DIS TICARET A.S.” kompaniyasi kreditini qaytarish JBIC krediti boʻyicha asosiy qarz qaytarilgandan keyin “Turon-tekstil” qoʻshma korxonasining oʻz valyuta mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki belgilangan tartibda JBIC bilan kredit bitimi tuzsin va kredit mablagʻlarini “Turon-tekstil” qoʻshma korxonasiga qayta moliyalashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Moliya vaziri Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining JBIC oldidagi toʻlov majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda kafolat berishga vakil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining JBICga kafolati yuzasidan, tuzilgan kredit bitimiga muvofiq shakl boʻyicha yuridik xulosani belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili paxta tolasidan foydalanish balanslarini ishlab chiqishda, obyekt Davlat qabul komissiyasi tomonidan foydalanishga qabul qilib olingandan keyin, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi erkin almashtiriladigan valyutaga sotib olinadigan paxta tolasi uchun tasdiqlagan narxlar preyskurantiga muvofiq “Turon-tekstil” qoʻshma korxonasiga 3411 tonna paxta kalavasi ishlab chiqarish uchun zarur boʻladigan miqdordagi paxta tolasi ajratishni belgilangan tartibda nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3411 tonna paxta kalavasi ishlab chiqarish uchun “Turon-tekstil” qoʻshma korxonasi quvvatlarini barpo etish loyihasini Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yilgi Investitsiya dasturining aniq qismiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. JBIC toʻlov manbaida daromad (foyda) soligʻidan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Turon-tekstil” qoʻshma korxonasi buyurtmanomalariga binoan, “Turon-tekstil” qoʻshma korxonasida loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga kelish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Turon-tekstil” qoʻshma korxonasi buyurtmanomalariga binoan, “Turon-tekstil” qoʻshma korxonasida ishlash uchun kelishadigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik kelish vizalari berilishini va muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 1-noyabrdagi 512-f-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari M.Z. Usmonov va N.S. Yusupov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 26-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103-son