29.04.2025 yildagi 9-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy sudlar tomonidan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini qoʻllash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy sudlar tomonidan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda yagona sud amaliyotini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlarga koʻra qayta koʻrish instituti sud hujjatining qonuniyligini tekshirish bilan bogʻliq munosabatlarni emas, balki yangi ochilgan holatlar sudning xulosalariga taʼsir qilish-qilmasligini tekshirish maqsadida nizo holatini qayta baholash bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sudlarning eʼtibori Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi (bundan buyon matnda MSIYUtK deb yuritiladi) 29-bobining qoidalariga koʻra, sud oʻzi qabul qilgan hamda qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini ushbu bobda nazarda tutilgan asoslarga koʻra va tartibda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalariga asosan yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishi mumkinligiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta koʻrilishi mumkin boʻlgan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari deganda, sudning hal qiluv qarori, qarori va ajrimlari tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yangi ochilgan holatlar deganda, ochilgan faktik holatlar aslida mavjud boʻlib, biroq arizachiga maʼlum boʻlmagan va maʼlum boʻlishi mumkin boʻlmagan, shunga koʻra ishni koʻrish vaqtida oʻrganilishi va inobatga olinishi mumkin boʻlmagan, sud hujjatlari qabul qilinganidan keyingina maʼlum boʻlgan holatlarni tushunish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MSIYUtK 269-moddasi 1-bandining mazmuniga koʻra ish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan faktik holatlar sud hujjati qabul qilinganidan soʻng vujudga kelgan boʻlsa, sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish uchun asos boʻla olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjati qabul qilinganidan keyin vujudga kelgan holatlar sudga nizoning shu predmeti boʻyicha yangi asoslarga koʻra ariza (shikoyat) bilan murojaat etish uchun asos boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. MSIYUtKning 268-moddasiga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari, ajrimlar yangi ochilgan holatlar boʻyicha shu hal qiluv qarorini, ajrimni qabul qilgan sud;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining sud hujjati oʻzgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan qarorlari va ajrimlarini qayta koʻrish sud hujjati oʻzgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan instansiya sudi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar sud hujjatini yangi ochilgan holatlarga koʻra qayta koʻrish haqidagi ariza sudlovga tegishlilik qoidalari buzilgan holda kelib tushgan boʻlsa, ariza tegishli sudga yuborilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tushuntirilsinki, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishga ishda ishtirok etuvchi shaxslar, jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taraflar (ularning huquqiy vorislari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud ajrimi bilan ishga jalb etilgan uchinchi shaxslar (ularning huquqiy vorislari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
prokuror;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va oʻz zimmalariga yuklatilgan vakolatlarga koʻra boshqa shaxslar haqlidirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza sudga yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida beriladi, uni berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi (elektron imzo qoʻyiladi), arizaga uning vakolatini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi (MSIYUtK 61-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qonunda ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqida ariza bilan murojaat qilishga haqli ekanliklari nazarda tutilmagan. Shunga koʻra, koʻrsatilgan shaxslar sud hujjatlari ustidan yuqori instansiya sudiga shikoyat bilan murojaat qilishga haqli ekanliklari tushuntirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxs tomonidan ariza berilganda u MSIYUtK 273-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan qaytarilishi, xatolikka yoʻl qoʻyilib ish yuritishga qabul qilingan taqdirda esa shu asoslar boʻyicha arizani qanoatlantirish rad etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarga tushuntirilsinki, sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani sud majlisida koʻrib chiqishda mazkur ish boʻyicha nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiladigan va arz qilmaydigan uchinchi shaxslarni jalb qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sudlarning eʼtibori MSIYUtKning 271-moddasida sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi arizaning shakli va mazmuniga doir talablar belgilanganligiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza berilayotgan sudning nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomlari (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizachi yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishni talab qilayotgan sud hujjatini qabul qilgan sudning nomi, ishning raqami, sud hujjati qabul qilingan sana, talab predmeti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizachining fikri boʻyicha sud hujjatini qayta koʻrish uchun asos boʻladigan yangi ochilgan holat hujjatlarga havola qilingan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza berayotgan shaxsning talabi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizaga shuningdek yangi ochilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning koʻchirma nusxalari, ariza va hujjatlarning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat, ariza vakil tomonidan imzolangan taqdirda, uni imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza ushbu sud hujjatini qabul qilgan sudga arizachining fikriga koʻra sud hujjatini qayta koʻrish uchun asos boʻladigan holatlar ochilgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay berilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtkazib yuborilgan muddat ariza bilan murojaat qilgan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha, agar iltimosnoma arizada sud hujjatini qayta koʻrishga asos sifatida koʻrsatilgan holatlar ochilgan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay berilgan boʻlsa va sud muddatni oʻtkazib yuborish sabablarini uzrli deb tan olsa, sud tomonidan tiklanishi mumkin (MSIYUtK 270-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sudlarga tushuntirilsinki, sud hujjatini yangi ochilgan holatlarga koʻra qayta koʻrish haqidagi ariza MSIYUtK 270 va 271-moddalarida belgilangan qoidalar buzilgan holda, jumladan belgilangan muddat tugaganidan soʻng uni tiklash haqida iltimosnomasiz berilgan boʻlsa, sud arizani qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Bunday ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birgalikda, ariza MSIYUtK 270 va 271-moddalari talablari buzilgan holda berilganligi, shuningdek, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash haqida iltimosnoma mavjud emasligi asosida qaytarilganda ajrimda koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilgach, ariza sudga yangidan taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilish muddati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MSIYUtK 269-moddasi birinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — sud hujjati qabul qilingan paytda mavjud boʻlgan, lekin arizachiga maʼlum boʻlmagan va maʼlum boʻlishi mumkin boʻlmagan ish uchun muhim holatlar haqida arizachiga maʼlum boʻlgan kundan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MSIYUtK 269-moddasi birinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan hollarda — sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MSIYUtK 269-moddasi birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda sudning hukmi, ajrimi qonuniy kuchga kirgan kundan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MSIYUtK 269-moddasi birinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda — sud hujjatini qabul qilishga asos boʻlgan maʼmuriy, iqtisodiy sudning, fuqarolik, jinoyat ishlari boʻyicha sudning sud hujjatini bekor qilish yoki boshqa organ hujjatini haqiqiy emas deb topish haqidagi sud hujjati qonuniy kuchga kirgan yoxud boshqa organning shunday hujjati uni qabul qilgan organning oʻzi yoki yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs) tomonidan bekor qilingan kundan eʼtiboran hisoblanishi inobatga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. MSIYUtK 267-moddasiga koʻra faqat qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrilishi mumkinligi sababli, qonuniy kuchga kirmagan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqida berilgan ariza MSIYUtK 273-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlarga koʻra qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza uning shakli va mazmuniga oid qonunda belgilangan talablarga rioya etilgan holda berilgan boʻlsa, u sudning tegishli ajrimiga asosan ish yuritishga qabul qilinishi lozim. Ushbu masala ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay sudya tomonidan yakka tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizani ish yuritishga qabul qilish haqidagi ajrimda ish boʻyicha yangi sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatilishi lozim. Ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga mazkur Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuborilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlarga koʻra qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza, u sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan oshmagan muddatda sud majlisida koʻrib chiqiladi. Arizaning koʻrilishi tegishli sud instansiyasida ish yuritish qoidalari boʻyicha MSIYUtK 29-bobining qoidalari inobatga olingan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tushuntirilsinki, MSIYUtK 269-moddasida koʻrsatilgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish asoslari tugal hisoblanadi va kengaytirilgan tarzda talqin qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar arizada yangi ochilgan holatlar haqida faktik maʼlumotlar koʻrsatilmagan yoki ariza faqatgina sud hujjati noqonuniyligi va asossizligi haqidagi vajlarga asoslangan boʻlsa, bunday arizani qanoatlantirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Sud tomonidan arizani koʻrib chiqish natijalari yuzasidan arizani qanoatlantirish va ilgari oʻzi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilish yoki arizani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. MSIYUtK 269-moddasining 1-bandiga asosan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishga sud hujjati qabul qilingan paytda mavjud boʻlgan, lekin arizachiga maʼlum boʻlmagan va maʼlum boʻlishi mumkin boʻlmagan, ish uchun muhim holatlar asos boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish uchun muhim holat sifatida sud hujjati qabul qilingan paytda mavjud boʻlgan, lekin arizachiga maʼlum boʻlmagan va maʼlum boʻlishi mumkin boʻlmagan, agar ular haqida maʼlum boʻlganida boshqacha qaror qabul qilinishiga olib kelishi mumkin boʻlgan, sud xulosalariga jiddiy taʼsir koʻrsatadigan holatlar tan olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan sud muhokamasi davomida oʻz talablari va eʼtirozlariga asos sifatida taqdim etilmagan, sud hujjati qabul qilinganidan keyin taqdim etilgan dalillar yangi dalillar hisoblanadi va ular sud hujjatini yangi ochilgan holatlarga koʻra qayta koʻrish uchun asos boʻla olmaydi, mazkur Plenum qarori 17-bandining toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tushuntirilsinki, MSIYUtK 269-moddasining 2-bandiga asosan ekspertning bila turib yolgʻon xulosa berganligi, guvohning bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar berganligi, bila turib notoʻgʻri tarjima qilinganligi holatlari sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan va ular mazkur ish boʻyicha qonunga xilof yoki asoslanmagan sud hujjati qabul qilinishiga sabab boʻlgan boʻlsa, 3-bandiga asosan esa ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki uning vakilining yoxud sudyaning mazkur ishni koʻrish chogʻida sodir etilgan, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi bilan aniqlangan jinoiy qilmishlari sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha ishni qayta koʻrish uchun asos boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan, ekspertning bila turib bergan yolgʻon xulosasi, guvohning bila turib bergan yolgʻon koʻrsatuvi, atayin notoʻgʻri qilingan tarjima, agar ular qonunga xilof yoki asoslanmagan sud hujjati chiqarilishiga olib kelgan boʻlsa, sud hujjatini qayta koʻrishga asos boʻladi (MSIYUtK 269-moddasining 2-bandi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, ularning vakillarining, sudyalarning ishni koʻrish va hal qilish bilan bogʻliq sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi bilan aniqlangan jinoyatlari, ushbu holatlar ishning natijasiga taʼsir etgan-etmaganligidan qatʼi nazar sud hujjatini qayta koʻrish uchun asos boʻladi (MSIYUtK 269-moddasining 3-bandi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MSIYUtK 269-moddasining 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan asoslar jinoyat ishini javobgarlikka tortish muddati oʻtganligi, amnistiya yoki afv etish akti qabul qilinishi, ayblanuvchining vafoti munosabati bilan tugatish haqidagi sudning ajrimi, prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchining qarori bilan aniqlangan boʻlsa, ular sud tomonidan ish uchun muhim ahamiyatga ega deb topilsa, sud hujjatini yangi ochilgan holatlarga koʻra qayta koʻrishga asos boʻlishi mumkin (MSIYUtK 269-moddasining 1-bandi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Qayta koʻrilishi soʻralgan sud hujjatining qabul qilinishiga asos boʻlgan maʼmuriy yoki iqtisodiy sudning, fuqarolik yoki jinoyat ishlari boʻyicha sudning sud hujjati yoxud boshqa organning hujjati bekor qilinishi (haqiqiy emas deb topilishi), ushbu sud hujjatini yangi ochilgan holatlarga koʻra qayta koʻrishga asos boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa organning hujjati bekor qilinishi deganda maʼmuriy organning hujjati uni qabul qilgan organning oʻzi, yuqori turuvchi organ, mansabdor shaxs yoki boshqa ish boʻyicha chiqarilgan sudning qarori bilan bekor qilinishi yoxud haqiqiy emas deb topilishini tushunish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ish yuqori instansiya sudining ish yurituvida boʻlgan vaqtda sud hujjatini yangi ochilgan holat boʻyicha qayta koʻrib chiqish haqida sudga ariza kelib tushsa, tegishlicha yuqori instansiya sudi MSIYUtK 99-moddasining 1-bandiga muvofiq shikoyatni koʻrib chiqishni sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi arizani koʻrish natijalari olingunga qadar toʻxtatib turadi va ishni ariza kelib tushgan instansiya sudiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjati yangi ochilgan holat boʻyicha bekor qilinsa, yuqori instansiya sudi MSIYUtK 214-moddasi birinchi qismining 1-bandi, 238-moddasi birinchi qismining 1-bandi, 2662-moddasi birinchi qismining 2-bandiga mos holda shikoyat boʻyicha ish yuritishni tugatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tushuntirilsinki, sud hujjatini yangi ochilgan holatlarga koʻra qayta koʻrish haqidagi arizani koʻrish natijasi boʻyicha qabul qilingan ajrim ustidan qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Yuqori instansiya sudi tomonidan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirishni rad etish haqidagi ajrim MSIYUtK 269-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligi sababli bekor qilingan taqdirda, arizachi yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishni soʻragan sud hujjati bekor qilinadi va ish tegishli instansiya sudiga mazmunan koʻrish uchun yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirish haqidagi ajrim bekor qilingan va arizani rad etish haqida qaror qabul qilinganda, yuqori instansiya sudi tomonidan ayni vaqtda mazkur ish boʻyicha keyinchalik qabul qilingan yangi sud hujjati ham, unga nisbatan shikoyat (protest) berilgan yoki berilmaganligidan qatʼiy nazar, bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari sud hujjatini yangi ochilgan holatlarga koʻra qayta koʻrish boʻyicha sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borish va bunday arizalar koʻrilishida sud xatolarining oldini olish yuzasidan choralar koʻrishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi N. XAKIMOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 29-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-son