1-ILOVA
T/r | Xizmatlar nomi |
1. | Temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni tashish: |
pochtani va kuryerlik jo‘natmalarini temir yo‘l orqali tashish; | |
mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchilarni tashish (yuqori tezlikda harakatlanadigan va tezyurar poyezdlarda yo‘lovchilarni tashish bundan mustasno); | |
shahar atrofi yo‘nalishlarida yo‘lovchilarni tashish. | |
2. | Umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti infratuzilmasi (yo‘l xo‘jaligi, elektr ta’minoti, signallashtirish va aloqa, yagona dispetcherlik markazi va yuk stansiyalari faoliyatini ta’minlash) xizmatlari: |
yo‘lovchilarni (mahalliy, shahar atrofi yo‘nalishlarida) tashish uchun; | |
mahalliy yo‘nalishlarda yuklarni tashish uchun. | |
3. | Lokomotivlarni magistral yo‘llarda taqdim etish: |
mahalliy yo‘nalishlarda yuklarni tashish uchun; | |
mahalliy va shahar atrofi yo‘nalishlarida yo‘lovchilarni (yuqori tezlikda harakatlanadigan poyezdlardan tashqari) tashish uchun. |
2-ILOVA
T/r | Xizmatlar nomi |
1. | Temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni tashish: |
yuqori tezlikda harakatlanadigan poyezdlarda yo‘lovchilarni tashish; | |
xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchilarni tashish; | |
tezyurar poyezdlarda yo‘lovchilarni tashish. | |
2. | Yo‘lovchilarni tashishda ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlar: |
barcha yo‘nalishlarda yo‘l hujjatlarini rasmiylashtirish; | |
yo‘l davomida ovqatlanish (ketring); | |
yo‘lovchining xohishiga binoan bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lganda vagonning sinfini o‘zgartirish. | |
3. | Vokzallarda yo‘lovchilar va kuzatuvchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar: |
temir yo‘l vokzallari va yo‘lovchi poyezdlarida reklama xizmati; | |
bagaj va yuk bagajini qadoqlash hamda saqlash; | |
“VIP” zaldan foydalanish; | |
“SIP” zaldan foydalanish; | |
“biznes” zaldan foydalanish; | |
“komfort” zaldan foydalanish; | |
“yashil yo‘lak” xizmatidan foydalanish | |
dam olish xonasidan foydalanish; | |
planshetda elektron kutubxona taqdim etish; | |
yo‘lovchining qo‘l yukini tashish; | |
temir yo‘l vokzallari hududidagi binolarni ijaraga berish; | |
vokzallarda gazeta va jurnallar sotish; | |
yo‘lovchining yukini saqlash; | |
chiptalarni uyga yetkazib berish; | |
yo‘l davomida qadoqlangan suv, qahva taqdim etish; | |
massaj kreslosini taqdim etish; | |
sartaroshxona va boshqa maishiy xizmatlarni ko‘rsatish; | |
chiptasi bo‘lmagan yo‘lovchilarga hojatxona xizmatini ko‘rsatish; | |
bagaj va yuk bagaj tashish. | |
4. | Temir yo‘l transportida yuklarni tashish: |
yuk vagonlarini taqdim etish; | |
konteynerlarni taqdim etish; | |
xalqaro (import, eksport va tranzit) qatnovlarda yuk tashish. | |
5. | Yuklarni ortish va tushirish hamda tashish jarayonlarida ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlar: |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra MDH, Gruziya, Latviya, Litva, Estoniya va uchinchi davlatlar temir yo‘llari ma’muriyatlari bilan alohida shartlarda eksport va import yuklarni tashish; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra davlat ichida alohida shartlarda yuklarni tashish; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra vagonning eski tashish hujjatlari bo‘yicha manzilini o‘zgartirish; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra vagonning yangi tashish hujjatlari bo‘yicha manzilini o‘zgartirish; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra vagonni yo‘lda ushlab qolish (manzilini o‘zgartirish); | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra xalqaro va ichki qatnovlarda yuk ortish uchun inventar vagonlarga qo‘shimcha rejani ajratish; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra xalqaro va mahalliy yo‘nalishda shaxsiy va ijaraga olingan vagonlarni yuklash uchun qo‘shimcha rejani ajratish; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra bo‘sh shaxsiy va ijaraga olingan vagonni jo‘natish uchun qo‘shimcha rejaga ruxsatnomani rasmiylashtirish; | |
barcha temir yo‘l ma’muriyatlariga inventar parkiga tegishli katta hajmli vagonlarni tanlash va ular bilan ta’minlab berish (29XXXXXX raqamlangan yopiq vagonlardan tashqari), (barcha temir yo‘llarni xatlovdan o‘tkazish) vagonlarga egalik qiluvchi mamlakatga shoshilinch qaytarishda bo‘shligini tekshirish; | |
yuk jo‘natuvchining buyurtmasiga ko‘ra barcha temir yo‘l ma’muriyatining (29XXXXXXX) raqamli inventar parkiga tegishli katta hajmli vagonni tanlash va ta’minlash; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra yuklash va tushirish stansiyasiga biriktirilgan temir yo‘l inventar vagonlarida yuklarni tashish; | |
yuklarni tashish uchun qabul qilinganda va topshirishda yuk egalarining buyurtmasiga ko‘ra temir yo‘l vagon tarozilarida yoki shoxobcha yo‘l egasi tarozisida yukning vaznini o‘lchash va tekshirish; | |
vagonlarni yuk jo‘natuvchilar vositasida yuklash paytida ularning buyurtmasiga ko‘ra ularning hisobidan vagonni temir yo‘l tamg‘alash moslamalari yordamida tamg‘alash, tamg‘a o‘rnatish va stansiyalarda yopiq turdagi vagonlarni burama sim bilan bog‘lash; | |
umumiy foydalanish joylarida, temir yo‘l xodimlari ishtirokida va (transport) vositalarida yuk ortish-tushirish operatsiyalari hamda tegishli qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish (qadoqlangan yuklar, og‘ir vaznli yuklar, sochma yuklar, yog‘och, metall va metall buyumlar); | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra vagon yoki konteyner yuklangan vagonlarni ular tomonidan ko‘rsatilgan kunning ma’lum vaqtlarida yuklash va tushirish uchun qo‘yib berish; | |
vagon va konteynerni mijozning buyurtmasiga ko‘ra yetkazib berish muddati tugashidan oldin qidirish; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra vagonlarni tushirish va boshqa maqsadlar uchun temir yo‘l lokomotividan siqilgan havo yetkazib berish; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra vagonlarni tushirish va boshqa maqsadlar uchun temir yo‘l stansiya qurilmalaridan (kompressor) siqilgan havo yetkazib berish; | |
yuk jo‘natuvchilarning buyurtmasiga ko‘ra yuklarni yuklash bo‘yicha o‘n kunlik talabnomalarni muddatidan oldin bajarish uchun vagonlar bilan ta’minlash; | |
tashish rejasi ko‘rsatilgan vagon turini, yuk turini, jo‘natish stansiyasini va stansiya manzili yuk tashuvchining buyurtmasiga ko‘ra o‘zgartirish (lokomotiv xarajatlari bilan birga); | |
jo‘natuvchining buyurtmasiga ko‘ra vagonlar va konteynerlarni yuk ortish uchun tayyorlash; | |
yuk jo‘natuvchining buyurtmasiga ko‘ra amaldagi qoidalarda texnik ortish me’yori ko‘rsatilmagan yuklar uchun texnik me’yorlarni ishlab chiqish va o‘rnatish; | |
yuk jo‘natuvchining buyurtmasiga ko‘ra amaldagi qoidalarda ko‘rsatilmagan yuklar uchun yuklarni ortish va mustahkamlash sxemasini ishlab chiqish; | |
vagonlarni tozalash va yuk tushirilgandan keyin detallar (rekvezit)ni olib tashlash; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlar (yuklarni mustahkamlash, panellarni (shchit) o‘rnatish va olib tashlash, eshik to‘siqlari, qadoqlash); | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra temir yo‘l mutaxassisining joylarga chiqib kelishi; | |
yuk deklaratsiyasini mijozning buyurtmasiga asosan to‘ldirish; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra qo‘shimcha rejaga muvofiq MDH, Gruziya, Latviya, Litva va Estoniya hamda uchinchi mamlakatlarga eksport tashishlarni (AS Mesplan elektron dasturi orqali) bo‘yicha muvofiqlashtirish; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra qo‘shimcha rejaga muvofiq MDH, Gruziya, Latviya, Litva va Estoniya xamda uchinchi mamlakatlardan import tashishlarni (AS Mesplan elektron dasturi orqali) muvofiqlashtirish; | |
umumiy foydalanishda bo‘lmagan joylarga yuklash va tushirish uchun yuborilgan vagonlarga bo‘r belgilarini qo‘yish; | |
temir yo‘l bilan vagonlarni berish va olish uchun shartnomasi yo‘q, o‘z shoxobcha temir yo‘liga ega bo‘lmagan mijozning buyurtmasiga ko‘ra shoxobcha yo‘lga vagonlarni berish va olish; | |
kontragent mijozning buyurtmasiga ko‘ra shoxobcha yo‘lining ortish va tushirish joyiga qo‘yib berish uchun vagon tanlash va ajratish; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra bitta vagon(lar)ni bir shoxobcha yo‘lidan ikkinchi shoxobcha yo‘liga bekat ichida tashishlarni tashkil etish; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra temir yo‘lga taalluqli bo‘lmagan korxonalarga tegishli tarozi asboblarini rejali va rejadan tashqari texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va nazorat tekshiruvlarini bajarish; | |
shoxobcha yo‘lining yo‘l o‘tish joylarida joylashgan yo‘l o‘tkazgichlarini (strelka) (markazlashtirilgan) temir yo‘l kuchlari va vositalari bilan texnik xizmat ko‘rsatish; | |
shoxobcha yo‘lning yo‘l o‘tish joylarida joylashgan temir yo‘l kuchlari va vositalari bilan, markazlashtirilmagan (qo‘lda) strelka yo‘l o‘tkazgichlarini texnik xizmat ko‘rsatish (bir marotaba berish uchun va alohida bitta olish uchun); | |
shoxobcha yo‘lida joylashgan temir yo‘l kesishmasidagi shlagbaum, darvozalarni ochish va yopish xizmatini ko‘rsatish (vagonlarni bir marotaba berish uchun va alohida bir marotaba olish uchun); | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra jo‘nash va kelish vaqtini muvofiqlashtirgan holda yuklarni halqali marshrutlarda tashish; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra yuk operatsiyalari uchun ochiq bo‘lmagan stansiyalarda vagonlarni berish va olish; | |
poyezd lokomotivi yordamida vagonlarni shoxobcha yo‘llarga berish va olish; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra yuk jo‘natuvchilar (qabul qiluvchilar)ning shaxsiy va ijaraga olingan vagonlarini temir yo‘lning umumiy foydalanish yo‘liga joylashtirish; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra stansiyadan 0,5 km dan uzoqroqda joylashgan yuk omborlarida yoki boshqa umumiy foydalanish joylarida yuklash yoki tushirish uchun vagonlarni yetkazib berish va olish; | |
yuklarni vagonlarda bepul saqlash uchun belgilangan me’yorlardan ortiq miqdorda saqlash; | |
yuk egasining buyurtmasiga ko‘ra stansiya ortish va tushirish yo‘llarida manyovr ishlarini bajarish; | |
yuklarni qo‘riqlash xizmati; | |
tashuvlardan so‘ng yuvilishi shart bo‘lgan yuklardan bo‘shagan vagonlarni yuvish xizmati uchun; | |
tashish va boshqa hujjatlarini ishlab chiqarish uchun ketgan sarf-xarajatlarga asosan tashish hujjatlarini ikkinchi marotaba taqdim etish; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra yukni stansiyadan qabul qiluvchining omboriga va jo‘natuvchining omboridan temir yo‘l stansiyasigacha temir yo‘lning avtomobil transporti orqali yoki boshqa tashkilotlar tomonidan shartnoma asosida yuklarni yetkazib berish; | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra bojxona organlari va ekspeditorlik tashkilotlari uchun tashish shartlari va to‘lovlari to‘g‘risida ma’lumot berish; | |
ro‘yxatga olish kartasining ikkinchi nusxasini to‘ldirish va yuk tashish rejasini bajarish; | |
yuk jo‘natuvchi uchun konteyner va vagonlarga xavfli belgilar chizilgan trafaretni yopishtirish; | |
yuk jo‘natuvchi va qabul qiluvchilarga tegishli hujjatlar nusxalarini ikkinchi marotaba taqdim etish; | |
yuk jo‘natuvchi va qabul qiluvchilar buyurtmasiga ko‘ra yuklarni avtomobil yoki tirkama (yarim tirkamali) bog‘lab qo‘yish (ajratish); | |
mijozning buyurtmasiga ko‘ra tashish hujjatini to‘ldirish (SMGS, GU-29, GU-29b); | |
yuklarni kelganligi to‘g‘risida ikkinchi marotaba xabar berish (telefon, telegraf, qo‘lda yetkazib berish orqali); | |
yuk qabul qiluvchiga ularning buyurtmasiga ko‘ra yuklarni qadoqlash, o‘rash, bog‘lash va tuzatish; | |
yuk oluvchi va jo‘natuvchining buyurtmasiga ko‘ra temir yo‘lga xabar berish. Yuk oluvchini aniqlashtirish, tovarlarni tashish uchun talabnomani o‘zgartirish, manzilini o‘zgartirish (shaxsiy ehtiyojlar uchun ishlatiladigan tovarlar bundan mustasno); | |
Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on liniyasi ishtirokida Tojikistonga/Tojikistondan tashishda; | |
konvension taqiqda turib qolgan xususiy va ijaradagi bo‘sh vagonlarni vagon egasiga qaytarishda; | |
bojxona terminallari va konteyner maydonchalari xizmatlari (yuklarni ortish va tushirish); | |
shartnoma bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining xususiy (ijaraga olingan) vagonlariga xizmat ko‘rsatish; | |
Qirg‘izistondan Afg‘onistonga yuklarni sisterna vagonda tashish; | |
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar vagonlarda konteynerlarni Afg‘onistonga tashish; | |
Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘onistonga tranzit yuklarni tashishda bojxona ko‘rigidan (uy-ro‘zg‘or buyumlarini tashishdan tashqari) o‘tkazish; | |
Afg‘onistondan eksport qilinadigan tovarlarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish paytida yuklash-tushirish xizmatlari; | |
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining xususiy, ijaraga olingan vagonlarini qaytarish; | |
“tranzit deklaratsiya”ni rasmiylashtirish uchun bojxona organlariga elektron shaklda ma’lumotlarni jo‘natish; | |
Termiz-port stansiyasida xalqaro tashuvlarni tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasining norezident mijozlariga stansiya xizmatlarini ko‘rsatish; | |
Afg‘onistondan G‘alaba va Termiz chegara o‘tish stansiyalari orqali yuklangan vagon yoki konteynerda tashishda yuk xatini rasmiylashtirish; | |
Termiz logistika markazida O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitda olib o‘tiladigan (G‘alaba chegara stansiyasi orqali O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan) tijorat yuklarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazishda yuklash-tushirish operatsiyalari va u bilan bog‘liq boshqa operatsiyalarni amalga oshirish. | |
6. | Vagonlarni shoxobcha yo‘llariga qo‘yib berish va olib chiqish xizmatlari: |
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga tegishli lokomotiv bilan umumiy foydalanishda bo‘lmagan shoxobcha yo‘llarga (temir yo‘l liniyasi shoxobcha yo‘l egasiga tegishli bo‘lgan); | |
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga tegishli lokomotiv bilan umumiy foydalanishda bo‘lmagan shoxobcha yo‘llarga (temir yo‘l liniyasi “UTY” AJga tegishli bo‘lgan); | |
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga tegishli bo‘lmagan lokomotivlarda, temir yo‘l liniyasi “UTY” AJga tegishli bo‘lgan umumiy foydalanishda bo‘lmagan shoxobcha yo‘llarga (temir yo‘l liniyasi “UTY” AJga tegishli bo‘lgan). | |
7. | “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar (logistika markazlarida ortish-tushirish ishlari): |
universal konteynerlarni; | |
qadoqlangan yuklarni; | |
og‘ir yuklarni; | |
sochiluvchan yuklarni; | |
yog‘och-taxta yuklarni; | |
metall va metall buyum yuklarni; | |
don mahsulotlari va sabzavotlarni. | |
Tijorat operatsiyalari uchun xizmatlar: | |
o‘rta tonnajli konteynerlarni bir marotaba jo‘natish uchun yuklash rejasini ajratish; | |
Toshkent, Sergeli, Chuqursoy logistika markazlarida katta tonnajli konteynerlarni bir marotaba jo‘natish uchun yuklash rejasini ajratish; | |
vagonni yoki konteynerni “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ aylanma (to‘qima) temir muhrlar bilan muhrlash; | |
yuklarni katta va o‘rta tonnali konteynerlarga yuklash qoidalari bo‘yicha yuk jo‘natuvchilarga maslahat berish; | |
yuk qabul qiluvchilarni Toshkent, Sergeli, Chuqursoy logistika markazlarida tashqari yuk kelganligi haqida telefon orqali xabardor qilish; | |
Toshkent, Sergeli, Chuqursoy logistika markazlarida yuk kelganligi haqida yuk qabul qiluvchilarni telegraf va og‘zaki orqali xabardor qilish; | |
logistika markazlarida 20 va 40 futli konteynerni saqlash; | |
omborxonalarda (bojxona omborlaridan tashqari) qadoqlangan yukni saqlash; | |
“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ xodimlari tomonidan bitta vagoni tozalash; | |
konteyner maydonlarida uy-ro‘zg‘or buyumlariga mo‘ljallangan konteynerlar eshik qismlarini o‘rash (qadoqlash). | |
8. | “Temiryo‘lkargo” AJ tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar: |
vagonlardan foydalanish; | |
vagonni yuk ortish va tushirish joyi (fronti)ga qo‘yish; | |
yuklarni tushirish uchun vagonni baland yo‘lga qo‘yish; | |
avtotransport vositasini yuk bilan kirib chiqish; | |
bo‘sh avtotransportni yuk ortish uchun kirib chiqish; | |
kranda yuk ortish va tushirish; | |
yukni ochiq omborda saqlash xizmati; | |
yukni yopiq omborda saqlash xizmati; | |
yukni xususiy vagonda saqlash; | |
yukni avtotransportda saqlash; | |
tarozi xizmatidan foydalanish; | |
transport-ekspeditorlik xizmatlari. |
3-ILOVA
T/r | Xizmatlar nomi |
1. | Aravacha taqdim etish xizmati |
2. | Chiptasi bo‘lgan yo‘lovchilarga hojatxonalarda bo‘lish |
3. | Ona va bola xonasidan foydalanish |
4. | Kutish zalida internet jahon axborot tarmog‘i xizmati |
5. | Tibbiy yordam punkti xizmatlari |
6. | Nogironlar uchun aravacha |
7. | Yo‘l davomida telefon va noutbuklarni quvvatlash xizmati |
8. | Kutubxona |
9. | Yo‘l davomida choy, ichimlik suvi, shakar (oq qand) taqdim etish |