Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 24.10.2003 yildagi 464-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YEVROPA TIKLANISh VA TARAQQIYOT BANKI IShTIROKIDA “DIZEL LOKOMOTIVLARI PARKINI ZAMONAVIYLAShTIRISh” LOYIHASI BOʻYIChA XORIJIY INVESTITSIYaLARDAN FOYDALANISh SAMARADORLIGINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining kredit mablagʻlaridan samarali foydalanish, metall quyish hajmlarini koʻpaytirish hamda yuk vagonlarining har xil turlarini yigʻish va taʼmirlash boʻyicha yangi ishlab chiqarishlarni oʻzlashtirish, “Irgidromash” ochiq aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish quvvatlaridan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining “Irgidromash” ochiq aksiyadorlik jamiyatini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “Oʻztemiryoʻltaʼmirmash” korxonasining shuʼba korxonasiga aylantirish, uning bazasida “Dizel lokomotivlari parkini zamonaviylashtirish” investitsiya loyihasining metall quyish qismini amalga oshirish uchun “Irgidromash” ochiq aksiyadorlik jamiyatining asosiy vositalarini mazkur korxona balansiga tekin oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Suvsanoatenergo” korxonasi balansidan suv olish inshooti boʻlgan bugʻqozonxonani va 18-qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyasi balansidan qurilishi tugallanmagan maʼmuriy korpusni qoldiq qiymati boʻyicha “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining “Oʻztemiryoʻltaʼmirmash” korxonasi balansiga oʻtkazishni belgilangan tartibda amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining “Oʻztemiryoʻltaʼmirmash” korxonasi oʻz mulkiga tekin oladigan asosiy vositalar boʻyicha daromad (foyda) soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining foydalanish va qurilish boʻlinmalari tomonidan “Irgidromash” shuʼba korxonasiga beriladigan buyurtmalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qaroriga 3-ilovadan 304 (“Irgidromash”) pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Dizel lokomotivlari parkini zamonaviylashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 26-dekabrdagi 451-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining kredit mablagʻlari tender asosida kompaniya lokomotivlari uchun yordamchi asbob-uskunalar bilan dizel-generator qurilmalari, shuningdek “Irgidromash” korxonasi bazasida metall quyish uchun asbob-uskunalar sotib olishga yoʻnaltiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 24-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
464-son