02.07.2024 yildagi O‘RQ-935-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 23-aprelda qabul qilingan

Senat tomonidan 2024-yil 18-mayda ma’qullangan

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun bilan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, ularga binoan “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga doir faoliyat litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilanmoqda hamda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mazkur sohadagi litsenziyalovchi vakolatli organ sifatida belgilanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha faoliyatga litsenziya berganlik uchun to‘lanadigan davlat boji stavkasi miqdorini belgilovchi qo‘shimcha kiritilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun “Umra” ziyoratini amalga oshiradigan fuqarolarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari to‘laqonli himoya qilinishini ta’minlashga hamda bunday faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarning mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘RQ-600-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar, № 12, 1186-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 186-modda, № 4, 265, 269-moddalar, № 6, 444, 445-moddalar, № 7, 538-modda; 2024-yil, № 1, 5, 6, 7-moddalar, № 2, 101, 105, 107, 108, 111, 112-moddalar) ilovaning 28-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

28. Faoliyatning ayrim turlarini O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan litsenziyalaganlik uchun to‘lanadigan davlat boji:

a) diniy ta’lim muassasalarining faoliyati

— BHMning 10 baravari

b) Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha faoliyat

— BHMning 10 baravari

.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyulda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘RQ-701-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 661-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda, № 5, 465-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 185-modda, № 7, 533-modda, № 9, 710, №11, 921, 923-moddalar; 2024-yil, № 1, 5, 7-moddalar, № 2, 105, 112-moddalar) quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45-pozitsiyasining “Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar” degan ustunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 51-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

51.

Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha faoliyat uchun litsenziya

Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga doir faoliyat.

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 2-ilova quyidagi mazmundagi 123-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

123.

Davlat xaridlari elektron tizimi operatori faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma

Davlat xaridlarining subyektlariga davlat xaridlari elektron tizimlarida xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bo‘limi quyidagi mazmundagi 44-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

44.

Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha faoliyat uchun litsenziya

200

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bo‘limi quyidagi mazmundagi 113-pozitsiya bilan to‘ldirilsin
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

113.

Davlat xaridlari elektron tizimi operatori faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma

200

.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 2-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘RQ-935-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 03/24/935/0470-son)