Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2002 09.12.1992 yildagi 733-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2002
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston RespUblikasi OLIY KengashiNING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

“XOʻJALIK JAMIYATLARI VA ShIRKATLARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 6-dekabrdagi 311-II-son “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni eʼlon qilingan paytdan amalga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oylik muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiq holga keltirish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning tatbiq etilishini taʼminlovchi zarur meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirsin, respublika vazirliklari, davlat qoʻmitalari, idoralari oʻzlarining ushbu Qonunga zid boʻlgan meʼyoriy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlarini va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu Qonun amalga kiritilgunga qadar tuzilgan xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari oʻz xoʻjalik faoliyatlarini oʻz ustavlariga muvofiq yuritishga haqlidirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari “Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirilgunga qadar amaldagi qonun hujjatlarining mazkur Qonunga zid kelmaydigan qismi qoʻllanilaveradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Iqtisodiy islohot, budjet siyosati va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish qoʻmitasi ushbu Qonunning ijrosi ustidan nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 9-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
733-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 14-modda )