05.12.2023 yildagi 4-1802-2202/1692-son
ONLINE TRANSLATE
Qashqadaryo viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining ajrimi, 05.12.2023 yildagi 4-1802-2202/1692-son
Kuchga kirish sanasi
05.12.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qashqadaryo viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajrimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi instansiya sudida ishni koʻrgan sudya A. Qodirov
Apellatsiya instansiyasi sudida maʼruzachi sudya H. Tursunov
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qashqadaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha apellatsiya instansiyasi sudlov hayʼati M. Bozorov raisligida, sudyalar D. Raximov va X. Tursunovdan iborat tarkibda sudya katta yordamchisi B. Toshmurodovning kotibligida javobgar “K” xususiy korxonasining Chiroqchi tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 21-sentabrdagi hal qiluv qaroriga nisbatan bergan apellatsiya shikoyati boʻyicha ishni javobgar vakili A.A. (ishonchnoma va advokatlik orderi asosida), daʼvogar G.A.V.ning vakili M.J. (ishonchnoma va advokatlik orderi asosida)lar ishtirokida videokonferensaloqa rejimida sud binosida ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvogar G.A.V. javobgarlar “K” xususiy korxonasi va taʼsischi Q.S.B.ga nisbatan sudga daʼvo ariza bilan murojaat qilib, “K” ishlab chiqarish va savdo firmasining 2019-yil 9-dekabrdagi 1-sonli umumiy yigʻilish qarorini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shahrisabz tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 11-yanvardagi ajrimi bilan ish yuritish tugatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qashqadaryo viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining 2023-yil 2-maydagi qaroriga asosan birinchi sudining 2023-yil 11-yanvardagi ajrimi bekor qilinib, daʼvo talabini qanoatlantirish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasining 2023-yil 18-iyuldagi qaroriga koʻra “K” xususiy korxonasining kassatsiya shikoyati qanoatlantirilib, Shahrisabz tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 11-yanvardagi ajrimi va Qashqadaryo viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining 2023-yil 2-maydagi qarori bekor qilingan hamda ish koʻrish uchun Shahrisabz tumanlararo iqtisodiy sudiga yuborilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shahrisabz tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 8-avgustdagi ajrimi bilan ish Chiroqchi tumanlararo iqtisodiy sudiga oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi instansiya sudining 2023-yil 21-sentabrdagi hal qiluv qaroriga asosan daʼvo talabi qanoatlantirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Javobgar tomonidan keltirilgan apellatsiya shikoyatida hal qiluv qarorini bekor qilib, ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunga asos sifatida daʼvo talabi korporativ nizolar toifasiga kirmasligi, nizo meros mol-mulk bilan bogʻliq ekanligi, sud tomonidan Fuqarolik kodeksining bitimlarni haqiqiy emas deb topish haqidagi normalari notoʻgʻri qoʻllanilganligi, daʼvo talabida umumiy yigʻilish qarorini haqiqiy emas deb topish soʻralganligi, Plenum qarori tushuntirish boʻyicha umumiy yigʻilish qarorini haqiqiy emas deb haqidagi ishlar boʻyicha fuqarolik qonunchiligi normalari qoʻllanilmasligi, daʼvogar taʼsischi emas ekanligi, umumiy yigʻilish qarori “K” xususiy korxonasi tomonidan qabul qilinmaganligi, korporativ nizo yuridik shaxs ishtirokchilari oʻrtasida kelib chiqishi lozimligi koʻrsatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlisida ishtirok etgan javobgar vakili apellatsiya shikoyatida qayd etilgan vajlarni qoʻllab-quvvatlab, hal qiluv qarorini bekor qilib, nizo korporativ ishlar toifasiga kirmasligi sababli ish yuritishni tugatishni soʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvogar vakili apellatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarning asossiz ekanligini, protsessual qonunchilikda boshqa nizolar ham korporativ nizo boʻlishi mumkinligi belgilanganligini, korporativ nizolar toifasi tugal emasligini, umumiy yigʻilish qarori noqonuniy oʻtkazilganligini, daʼvogarning huquq va manfaatlari buzilganligini, ushbu yigʻilish qarori haqiqiy emas deb topilmas ekan meros ololmasligini bayon qilib, hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz, apellatsiya shikoyatini qanoatlantirilmasdan qoldirishni soʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlov hayʼati taraflar vakillarining tushuntirishlarini eshitib, apellatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ishdagi dalillar hamda moddiy va protsessual qonun hujjatlari asosida koʻrib chiqib, muhokama qilib, quyidagilarga asosan apellatsiya shikoyatini toʻliq qanoatlantirib, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilishni hamda daʼvo arizasi boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilishni lozim topdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (keyingi oʻrinda — IPK deb yuritiladi)ning 30-moddasiga muvofiq korporativ nizolar boʻyicha ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) yuridik shaxsni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish bilan bogʻliq nizolar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning, ulushlarning, kooperativlar aʼzolari paylarining mansubligi, ularga yuklamalar belgilash va ulardan kelib chiqadigan huquqlarni amalga oshirish bilan bogʻliq nizolar, bundan xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni, ulushlarni, kooperativlar aʼzolarining paylarini oʻz ichiga oluvchi meros mol-mulkni yoki er-xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan nizolar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) yuridik shaxs ishtirokchilarining (muassislarining, aʼzolarining) yuridik shaxs tomonidan tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish va (yoki) bunday bitimlarning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash haqidagi daʼvolari boʻyicha nizolar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) qimmatli qogʻozlar emissiyasi bilan, shu jumladan emitentning boshqaruv organlari qarorlari yuzasidan nizolashish bilan, emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni joylashtirish jarayonida tuzilgan bitimlar, emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish (qoʻshimcha ravishda chiqarish) natijalari boʻyicha hisobotlar (xabarnomalar) yuzasidan nizolashish bilan bogʻliq nizolar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) qimmatli qogʻozlarni nominal saqlovchilarning aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish, qonunda nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarni qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va (yoki) ularning muomalasi munosabati bilan qimmatli qogʻozlarning nominal saqlovchilari tomonidan amalga oshirish bilan bogʻliq faoliyatidan kelib chiqadigan nizolar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) yuridik shaxs ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisidagi nizolar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) yuridik shaxs boshqaruv organlarining qarorlari ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi nizolar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq, daʼvo arizasida nizo umumiy yigʻilish qarori gʻayriqonuniy qabul qilinganligi oqibatida daʼvogar — merosxoʻrning mulkiy huquqlari buzilganligi natijasida kelib chiqqanligi bilan bogʻliq holatlar keltirilgan. Shuningdek, haqiqiy emas deb topish soʻralayotgan “K” ishlab chiqarish va savdo firmasining 2019-yil 9-dekabrdagi 1-sonli umumiy yigʻilish qarorida sobiq mulkdor Q.B.N. vafot etganligi sababli firma taʼsischiligini hamda firma nizomida barcha huquq va majburiyatlar boʻyicha boshqarishni “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi Qonunning 27-moddasiga koʻra sobiq mulkdor oʻgʻli Q.S.B.ning javobgarligiga topshirish nazarda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Holbuki, “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi Qonunning 3-moddasiga koʻra mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning 8-moddasiga asosan xususiy korxona mulkdor tomonidan tuziladi, mulkdor unga tegishli mol-mulk beradi va uning ustavini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur holatda sudlov hayʼati mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuziladigan xususiy korxona korporativ munosabatlar subyektiga kirmaydi deb hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, birinchi instansiya sudi umumiy yigʻilish qarorini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo talabiga nisbatan Fuqarolik kodeksining bitimlarni haqiqiy emas deb topish haqidagi normalarini qoʻllab xatolikka yoʻl qoʻygan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPKning 110-moddasi birinchi qismi 1-bandida ish sudga taalluqli boʻlmasa, sud ish yuritishni tugatishi belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasi birinchi qismi 5-bandiga muvofiq agar ish sudga taalluqli boʻlmasa, ish yuritish tugatilganda davlat boji toʻliq yoki qisman qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPKning 66-moddasiga koʻra ish boʻyicha dalillar ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan tartibda olingan faktlar haqidagi maʼlumotlar boʻlib, ular asosida sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning talablari va eʼtirozlarini asoslovchi holatlar, shuningdek nizoni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa holatlar mavjudligini yoki mavjud emasligini aniqlaydi. Bunday maʼlumotlar yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari), guvohlarning koʻrsatuvlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari bilan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPKning 68-moddasiga asosan ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʻz talab va eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu kodeksning 74-moddasiga muvofiq sud dalillarga ishning barcha holatlarini jamlab, ularni sud majlisida qonunga amal qilgan holda har tomonlama, toʻliq va xolis koʻrib chiqishga asoslangan oʻz ichki ishonchi boʻyicha baho beradi. Har bir dalil ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai-nazaridan, dalillarning yigʻindisi esa yetarliligi nuqtai-nazaridan baholanishi lozim. Agar tekshirish natijasida dalilning haqiqatga toʻgʻri kelishi aniqlansa, u ishonchli deb tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPKning 118-moddasiga asosan sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda ularning zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPKning 176-moddasi oltinchi qismiga koʻra sudning hal qiluv qarori qonuniy va asoslantirilgan boʻlishi kerak. U sud majlisida tekshirilgan dalillargagina asoslangan boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPKning 276-moddasi birinchi va ikkinchi qismiga asosan sud ishni apellatsiya instansiyasida koʻrish chogʻida birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining qonuniyligini va asosliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni tekshirishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin. Apellatsiya instansiyasining sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini toʻliq hajmda tekshirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPK 279-moddasining birinchi qismiga koʻra hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun ish uchun ahamiyatli holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi, sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi, hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi hamda moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq iqtisodiy sudlarga apellatsiya va kassatsiya tartibida berilgan shikoyatlardan birinchi instansiya sudida koʻrib chiqish uchun arizalar berilganda toʻlanadigan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji undirilishi lozimligi qayd etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilarga koʻra, sudlov hayʼati apellatsiya shikoyatini toʻliq qanoatlantirishni, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilib, nizo sudga taalluqli boʻlmaganligi sababli ish yuritishni tugatish haqida yangi qaror qabul qilishni hamda birinchi instansiya sudi uchun oldindan toʻlangan davlat bojini daʼvogarga qaytarish toʻgʻrisida maʼlumotnoma berishni, pochta xarajatini zimmasida qoldirishni va apellatsiya shikoyati boʻyicha sud xarajatlarini daʼvogardan undirishni lozim topdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15, 55-moddalarini hamda Iqtisodiy protsessual kodeksining 30, 66, 68, 72, 30, 110, 118, 194-195, 274, 278 — 280-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati ajrim qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Javobgar “K” xususiy korxonasining apellatsiya shikoyati toʻliq qanoatlantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chiroqchi tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 21-sentabrdagi hal qiluv qarori bekor qilinsin. Ish boʻyicha yangi qaror qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvogar G.A.V. javobgarlar “K” xususiy korxonasi va taʼsischi Q.S.B.ga nisbatan “K” ishlab chiqarish va savdo firmasining 2019-yil 9-dekabrdagi 1-sonli umumiy yigʻilish qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi daʼvo arizasi boʻyicha ish yuritish tugatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvogar G.A.V.ga birinchi instansiya sudi uchun oldindan toʻlangan 3 000 000 soʻm davlat bojini qaytarish haqida maʼlumotnoma berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvogar G.A.V. hisobidan javobgar “K” xususiy korxonasi foydasiga apellatsiya shikoyati boʻyicha toʻlangan 1 500 000 soʻm davlat boji, 33 000 soʻm pochta xarajati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi depozit hisob raqamiga 82 500 soʻm sud xarajati undirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro varaqasi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ajrim qabul qilingan kundan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur ajrimdan norozi tomon Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga kassatsiya tartibida shikoyat berishi (protest keltirishi) mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raislik qiluvchi M. BOZOROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayʼat aʼzolari D. RAXIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
H. TURSUNOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarshi sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 5-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-1802-2202/1692-son