01.12.2023 yildagi 4-1701-2201/4765-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasining qarori, 01.12.2023 yildagi 4-1701-2201/4765-son
Kuchga kirish sanasi
01.12.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Iqitisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-1701-2201/4765-sonli iqtisodiy ish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Birinchi instansiyada ishni koʻrgan sudya — X. Abduraimov

Apellatsiya instansiyasida maʼruzachi sudya — Sh. Mirzayev

Kassatsiya instansiyasida maʼruzachi sudya — V. Sattorova

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati B. Sayfullayevning raisligida, hayʼat aʼzolari R. Sagatov va V. Sattorovadan iborat tarkibda, Z. Qodirovning kotibligida, sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishda koʻmaklashayotgan Andijon viloyat sudining xodimi Gʻ. Amirqulov, daʼvogar vakili advokat M. Yuldashev (2023-yil 18-apreldagi ishonchnoma va 2023-yil 9-maydagi 19-sonli orderga asosan), javobgar vakili D.T. (rahbar), “Oʻ” ATB vakili bosh yuriskonsult Z.A. (2022-yil 23-iyundagi 04-16/18-sonli ishonchnomaga asosan)ning ishtirokida, daʼvogar “Q” masʼuliyati cheklangan jamiyatining taʼsischisi L.R. ning javobgar “Q” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischilarining 2022-yil 22-apreldagi 4-sonli umumiy yigʻilish qarorini va “Q” masʼuliyati cheklangan jamiyati va “Oʻ” ATB oʻrtasida 2022-yil 20-mayda tuzilgan 7/1-sonli kafillik shartnomasini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi boʻyicha qabul qilingan Izboskan tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 15-iyundagi hal qiluv qarori va Andijon viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 16-avgustdagi qarori ustidan “Oʻ” ATB tomonidan berilgan kassatsiya shikoyati asosida ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining binosida videokonferensaloqa rejimida boʻlib oʻtgan ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Q” masʼuliyati cheklangan jamiyatining taʼsischisi L.R. (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi) javobgarlar “Q” masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda javobgar yoki MChJ deb yuritiladi), “Oʻ” ATB (bundan buyon matnda qoʻshimcha javobgar yoki bank deb yuritiladi), “EIG” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga nisbatan sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar taʼsischilarining 2022-yil 22-apreldagi 4-sonli umumiy yigʻilish qarorini, javobgar va bank oʻrtasida 2022-yil 20-mayda tuzilgan 7/1-sonli kafillik shartnomasini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning 2023-yil 6-iyundagi ajrimi bilan ishga “Q” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischi B.T.I. jalb qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izboskan tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 15-iyundagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilib, MChJning 2022-yil 22-apreldagi 4-sonli umumiy yigʻilish qarori haqiqiy emas deb topilib, daʼvoning qolgan qismini qanoatlantirish rad etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 16-avgustdagi qarori bilan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori oʻzgartirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish yuzasidan qabul qilingan sud qarorlari ustidan qoʻshimcha javobgar kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilib, sud qarorlarini bekor qilishni va yangi qaror qabul qilishni soʻragan. Bunga asos qilib shikoyatda birinchi instansiya sudi tomonidan daʼvo muddatini qoʻllash boʻyicha arizani qanoatlantirishni rad etish haqida ajrim chiqarilmaganligi, apellatsiya instansiya sudi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 126-moddasi notoʻgʻri talqin qilinganligi, kafillik shartnomasi D.T. tomonidan imzolanishida vakolatidan chetga chiqqanligi holati boʻyicha bankda shubha boʻlmaganligi, apellatsiya instansiya sudi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 134-moddasi normasini qoʻllamasdan, kafillik shartnomasini haqiqiy emas deb notoʻgʻri xulosaga kelganligi, daʼvo arizasida javobgar sifatida “EIG” MChJ koʻrsatilgan boʻlishiga qaramasdan, sud xarajatlari bank tomonidan undirilganligi koʻrsatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlisida qoʻshimcha javobgar vakili shikoyatda keltirilgan vajlarni takrorlab, sud qarorlarini bekor qilishni va yangi qaror qabul qilishni soʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvogar vakili kassatsiya shikoyatiga eʼtiroz bildirib, kassatsiya shikoyatni qanoatlantirishni rad etishni soʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Javobgar vakili kassatsiya shikoyatiga eʼtiroz bildirib, umumiy yigʻilish oʻtkazilmaganligi, shoshib ketayotgan vaqtda hujjatlarni oʻqimasdan, imzolab yuborganligi, qanday hujjatlarga imzo qoʻyganligini bilmasligi, shu bilan birga unga qarzdor tomonidan ikki yarim milliard soʻmga kafillik berishni soʻraganligini maʼlum qildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tartibda xabardor qilingan boʻlsa-da, “EIG” masʼuliyati cheklangan jamiyati sud majlisida oʻz vakili ishtirokini taʼminlamadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 297-moddasining toʻrtinchi qismiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan, kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu huquq normasidan kelib chiqib, sudlov hayʼati ishni “EIG” masʼuliyati cheklangan jamiyati vakilining ishtirokisiz koʻrib chiqishni lozim topdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlov hayʼati ishda ishtirok etuvchi shaxslar vakillarining tushuntirishlarini tinglab, shikoyatda keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagilarga asosan kassatsiya shikoyatini qisman qanoatlantirishni, Andijon viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 16-avgustdagi qarorini bekor qilishni, Izboskan tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 15-iyundagi hal qiluv qarorini kuchida qoldirishni lozim topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish hujjatlariga koʻra, javobgarning taʼsis hujjatlariga koʻra, jamiyat ustav fondi 449 828 000 soʻmni tashkil etgan va taʼsischilar oʻrtasida quyidagicha taqsimlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. T.D. — 138 660 000 soʻm, yaʼni ustav fondining 30,83 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. R.L. — 305 834 000 soʻm, yaʼni ustav fondining 67,99 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. B.T. — 5 333 000 soʻm, yaʼni ustav fondining 1,19 foizi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ustavining 14.1-bandida jamiyatning oliy boshqaruv organi boʻlib, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi hisoblanishi, ustavning 14.2-bandida jamiyatning har bir ishtirokchisi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida jamiyat ustav fondidagi oʻz ulushlariga mutanosib ravishda ovozlar soniga ega ekanligi qayd etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq, jamiyat taʼsischilari L.R. va T.B. tegishli tartibda xabardor qilinmasdan va ularning ishtirokisiz jamiyat ishtirokchilarning 2022-yil 22-apreldagi 4-sonli umumiy yigʻilishi oʻtkazilib, ushbu yigʻilish qarori bilan bank tomonidan “EIG” MChJga ajratilayotgan 18 oy muddatga 10 000 000 000 soʻm kredit mablagʻining taʼminoti uchun 12 500 000 000 soʻmga kafil boʻlishga rozilik bildirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi)ning 33-moddasiga asosan, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqiruvchi organ yoki shaxslar uni oʻtkazishdan kamida oʻttiz kun oldin bu haqda jamiyatning har bir ishtirokchisini jamiyat ishtirokchilarining roʻyxatida koʻrsatilgan manzil boʻyicha buyurtma xat bilan yoki jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boshqa usulda xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xabarnomada jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan vaqt va joy, shuningdek taklif qilinayotgan kun tartibi koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, Qonunning 35-moddasida ishtirokchilar umumiy yigʻilishining bayonnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirokchilar umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan vaqt va joy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigʻilishda qatnashayotgan ishtirok etuvchilar ega boʻlgan ovozlarning umumiy soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigʻilishning raisi (rayosati) va kotibi, yigʻilishning kun tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchilar umumiy yigʻilishining bayonnomasida maʼruzalarning asosiy qoidalari, ovozga qoʻyilgan masalalar va ular boʻyicha ovoz berish yakunlari, yigʻilishda qabul qilingan qarorlar aks ettirilgan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli Qarorining 20.1-bandida jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishi qarori u qonun hujjatlariga zid boʻlgan va (yoki) umumiy yigʻilish qonun hujjatlari va jamiyat ustavida belgilangan tartibga rioya etilmagan holda oʻtkazilgan hollardagina haqiqiy emas deb topilishi mumkinligi haqida tushuntirish berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Javobgar ishtirokchilarning 2022-yil 22-apreldagi 4-sonli umumiy yigʻilishi jamiyat taʼsischilari L.R. va T.B.lar tegishli tartibda xabardor qilinmasdan va ularning ishtirokisiz oʻtkazilgan hamda mazkur umumiy yigʻilish qarori yuqoridagi Qonunning 35-moddasi talablari asosida rasmiylashtirilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shunga koʻra, birinchi instansiya sudi javobgar taʼsischilarining 2022-yil 22-apreldagi 4-sonli umumiy yigʻilish qarori haqiqiy emas deb topish haqidagi asosli toʻxtamga kelgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, sudlov hayʼati birinchi instansiya sudi tomonidan bankning daʼvo muddatini qoʻllash yuzasidan bergan iltimosnomasi bilan qoʻshila olmaganligini asosli deb hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPK 44-moddasining birinchi va ikkinchi qismiga koʻra, daʼvo bir necha daʼvogar (sherik daʼvogarlar) tomonidan birgalikda yoki bir necha javobgarga (sherik javobgarlarga) nisbatan taqdim etilishi mumkin. Daʼvogarlar va javobgarlarning har biri boshqa tarafga nisbatan sud protsessida mustaqil ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi) 153-moddasining ikkinchi qismiga koʻra, daʼvo muddati sud tomonidan faqat nizodagi tarafning qaror chiqarilgunigacha bergan arizasiga muvofiq qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2015-yil 19-iyundagi 282-sonli Qarorining 8.2-bandida daʼvo muddatini qoʻllash haqidagi arizani berishga javobgar haqliligi, agar bunday ariza ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan berilgan boʻlsa, u inobatga olinmasligi kerakligi, 8.3-bandida esa agar ishda bir nechta javobgar ishtirok etayotgan boʻlib, ulardan qaysi biri daʼvo muddatini qoʻllash haqida ariza bersa, daʼvo muddati faqat oʻsha shaxsga nisbatan qoʻllanilishi haqida tushuntirishlar berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvogarning javobgar taʼsischilarining 2022-yil 22-apreldagi 4-sonli umumiy yigʻilish qarorini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talabi korporativ nizodan kelib chiqqan boʻlib, ushbu talab boʻyicha taraf (javobgar) bank emas, balki “Q” masʼuliyati cheklangan jamiyati hisoblangan. FK 153-moddasiga koʻra, ushbu daʼvo talabi boʻyicha daʼvo muddatini qoʻllash haqidagi ariza bilan murojaat qilishga javobgar haqli boʻlgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli Qarori 20.2-bandining ikkinchi qismida “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 41-moddasida belgilangan ikki oylik muddat maxsus daʼvo muddati hisoblanishi va u sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sudning hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar bergan arizasiga muvofiq qoʻllanilishi haqida tushuntirish berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, daʼvogar daʼvo talabida bank, “EIG” MChJ hamda javobgar oʻrtasida 2022-yil 20-may kuni tuzilgan 7/1-sonli kafillik shartnomasini ham haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi instansiya sudi daʼvo talabini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida qonuniy toʻxtamga kelgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq apellatsiya instansiya sudi moddiy huquq normasini notoʻgʻri qoʻllab, hal qiluv qarorini oʻzgartirib, daʼvo talabining kafillik shartnomasini haqiqiy emas deb topish haqidagi qismini qanoatlantirishni rad etish haqida notoʻgʻri xulosaga kelgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, FKning 126-moddasiga koʻra, agar shaxsning bitim tuzish vakolatlari shartnoma bilan yoki yuridik shaxs vakolatlari uning taʼsis hujjatlari bilan ishonchnomada, qonunda belgilab qoʻyilganiga nisbatan yoinki bitim tuzilayotgan vaziyatdan aniq koʻrinib turgan deb hisoblanishi mumkin boʻlgan vakolatlariga nisbatan cheklab qoʻyilgan boʻlsa va bitimni tuzish paytida bunday shaxs yoki organ ana shu cheklashlar doirasidan chiqib ketgan boʻlsalar, bitimdagi ikkinchi taraf mazkur cheklashlarni bilgan yoki oldindan bilishi lozim boʻlganligi isbotlangan hollardagina bitim cheklash belgilanishidan manfaatdor boʻlgan shaxsning daʼvosi boʻyicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank va “EIG” masʼuliyati cheklangan jamiyati (qarz oluvchi) oʻrtasida 2022-yil 20-may kuni 7-sonli kredit shartnomasi tuzilgan. Ushbu shartnomaga muvofiq, bank qarz oluvchiga koʻp qavatli uy qurish uchun qurilish materiallari sotib olishga dastlabki 6 oy imtiyozli davr bilan 18 oy muddatga 26 foiz stavkada 10 000 000 000 soʻm kredit ajratish majburiyatini olgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit qaytarilishining taʼminoti sifatida bank, “EIG” masʼuliyati cheklangan jamiyati (qarz oluvchi) va javobgar oʻrtasida 2022-yil 20-may kuni 7/1-sonli kafillik shartnomasi tuzilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank tomonidan 2021-yil 6-avgustdagi 95/3-sonli qaror bilan tasdiqlangan bank tizimida kreditlash va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshirish tartibining 17-bandida koʻrsatilgan hujjatlar talab qilib olingan. Yaʼni, kafil korxona taʼsischilarining kafillik taqdim etish boʻyicha roziligi hamda kafillik shartnomasini imzolashga vakolatli shaxsning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar talab qilib olingan. Bundan tashqari, bankka kafillik shartnomasiga ilova sifatida javobgar huquqshunosi U.M.D.ning 2022-yil 20-maydagi yuridik xulosasi ham taqdim etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan koʻrinadiki, bank javobgarning kafillik shartnomasi tuzishga boʻlgan vakolati cheklanganligini bilmagan yoki oldindan bilishi lozim boʻlmagan. Yaʼni, mazkur holatda MChJ taʼsischilarining umumiy yigʻilish qarori haqiqiy emas deb topilishi, kafillik shartnomasini haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻla olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bois, birinchi instansiya sudi moddiy va protsessual qonun normalarini toʻgʻri qoʻllagan holda asoslantirilgan va qonuniy qaror qabul qilgan. Apellatsiya instansiyasi sudi esa moddiy huquq normalarini notoʻgʻri qoʻllagan holda hal qiluv qarorini asossiz oʻzgartirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPK 302-moddasi birinchi qismining 4-bandiga koʻra, moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPK 301-moddasining 6-bandiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha ayrim sud hujjatlarini bekor qilish va ish boʻyicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini oʻz kuchida qoldirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayon etilganlarga asosan, sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatini qisman qanoatlantirishni, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini bekor qilishni va birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻz kuchida qoldirishni lozim topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPKning 118-moddasiga asosan birinchi instansiya uchun oldindan toʻlangan 3 300 000 soʻm davlat bojini daʼvogarning zimmasida qoldiriladi va javobgardan daʼvogar foydasiga 3 300 000 soʻm davlat boji, 33 000 soʻm pochta xarajati undiriladi, apellatsiya instansiya uchun daʼvogar tomonidan oldindan 1 650 000 soʻm davlat boji, 33 000 soʻm pochta xarajatlari uning zimmasida qoldiriladi, kassatsiya instansiyasi uchun oldindan toʻlangan 1 650 000 soʻm davlat boji va 33 000 soʻm pochta xarajati daʼvogardan bank foydasiga undiriladi. Kassatsiya shikoyati qisman qanoatlantirilganligini inobatga olib, kassatsiya instansiyasi uchun bankdan Respublika budjetiga 1 650 000 soʻm davlat boji undiriladi. Ishni videokonferensaloqa rejimida koʻrish bilan bogʻliq sud xarajatlari daʼvogar zimmasiga yuklatiladi. Shuningdek, IPKning 343-moddasiga asosan apellatsiya instansiyasi sudining qarori boʻyicha undiruv bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilarga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 118, 301 — 303 va 343-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati qaror qildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻ” ATBning kassatsiya shikoyati qisman qanoatlantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 16-avgustdagi qarori bekor qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izboskan tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 15-iyundagi hal qiluv qarori oʻz kuchida qoldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Q” masʼuliyati cheklangan jamiyatidan R.L. foydasiga 3 300 000 soʻm davlat boji va 33 000 soʻm pochta xarajati undirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Q” masʼuliyati cheklangan jamiyatining taʼsischisi R.L.dan “Oʻ” ATB foydasiga 1 650 000 soʻm davlat boji va 33 000 soʻm pochta xarajati undirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻ” ATBdan Respublika budjetiga 1 650 000 soʻm davlat boji undirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Q” masʼuliyati cheklangan jamiyatining taʼsischisi R.L.dan Oliy sud depozit hisob raqamiga 82 500 soʻm videokonferensaloqa rejimi xarajati undirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro varaqalari berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Q” masʼuliyati cheklangan jamiyatining taʼsischisi R.L. tomonidan birinchi instansiya uchun toʻlangan 3 300 000 soʻm davlat boji, apellatsiya instansiya uchun toʻlangan 1 650 000 soʻm davlat boji va 33 000 soʻm pochta xarajati uning zimmasida qoldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 16-avgustdagi qarori boʻyicha undiruv bekor qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raislik qiluvchi: B. SAYFULLAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayʼat aʼzolari: R. SAGATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. SATTOROVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-1701-2201/4765-son