19.12.2023 yildagi 4-2201-2303/620-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasining qarori, 19.12.2023 yildagi 4-2201-2303/620-son
Kuchga kirish sanasi
19.12.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Birinchi instansiyada ishni koʻrgan sudya — M. Qazaqov

Apellatsiya instansiyasida maʼruzachi sudya — M. Bobonazarov

Kassatsiya instansiyasida maʼruzachi sudya — V. Sattorova

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati B. Sayfullayevning raisligida, hayʼat aʼzolari R. Sagatov va V. Sattorovadan iborat tarkibda, Z. Qodirovning kotibligida, daʼvogarlar A.A.Q, uning vakili Sh.A (2022-yil 09-iyundagi notarial tasdiqlangan ishonchnomaga asosan), B.Aning vakili O.A (2023-yil 21-iyundagi ishonchnomaga asosan), javobgar “MTP” MChJ vakili J.K (ishonchnomaga asosan), uchinchi shaxslar “Oʻz” AJ vakillari T.A (2023-yil 22-noyabrdagi 06-03/104-1160-sonli ishonchnomaga asosan), O.O (2023-yil 5-dekabrdagi 06-03/104-1186-sonli ishonchnomaga asosan) hamda “XAMTP” MChJ vakillari E.N (2023-yil 11-martdagi 01/4-15-sonli ishonchnomaga asosan), F.Q (2023-yil 2-dekabrdagi 01/4-100-sonli ishonchnomaga asosan)ning ishtirokida, daʼvogarlar A.Q.A, A.Bning javobgar “MTP” MChJga nisbatan ishtirokchilarining 2022-yil 4-maydagi navbatdagi, 2018-yil 1-oktabrdagi, 2023-yil 27-yanvardagi navbatdan tashqari umumiy yigʻilish qarorlarini, 2018-yil 6-iyunda 484-sonli bilan jamiyat taʼsis shartnomasiga kiritilgan oʻzgartirishlarni haqiqiy emas deb topish va ishtirokchilar A.Aning 44,233 foiz, O.Bning 10,51 foiz qonuniy ulushlarini tiklash hamda “MTP” MChJning 71 730 800 soʻm ustav fondini 191 430 800 soʻmga oshirish bilan bogʻliq kuzatuv kengashining 2011-yil 22-apreldagi yigʻilish bayonnomasi, jamiyatning 2011-yil 18-iyundagi umumiy yigʻilish qarori va 2011-yil 27-iyundagi Urganch tuman hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish inspeksiyasida 484-sonli bilan roʻyxatga olingan jamiyat nizomiga oʻzgartirishlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi boʻyicha qabul qilingan Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 25-apreldagi hal qiluv qarori va Xorazm viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 10-avgustdagi qarori va 2023-yil 30-avgustdagi ajrimi ustidan “MTP” MChJ tomonidan berilgan kassatsiya shikoyati asosida ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining binosida videokonferensaloqa rejimida boʻlib oʻtgan ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
A.Q.A, A.Blar (bundan buyon matnda — daʼvogarlar deb yuritiladi) Urganch tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “MTP” MChJ (bundan buyon matnda — javobgar yoki MChJ deb yuritiladi)ga nisbatan MChJ ishtirokchilarining 2022-yil 4-maydagi navbatdagi, 2018-yil 1-oktabrdagi, 2023-yil 27-yanvardagi navbatdan tashqari umumiy yigʻilish qarorlarini, 2018-yil 6-iyunda 484-sonli bilan jamiyat taʼsis shartnomasiga kiritilgan oʻzgartirishlarni haqiqiy emas deb topish va ishtirokchilar A.Aning 44,233 foiz, O.Bning 10,51 foiz qonuniy ulushlarini tiklash hamda Urganch tuman MTP MChJning 71 730 800 soʻm ustav fondini 191 430 800 soʻmga oshirish bilan bogʻliq kuzatuv kengashining 2011-yil 22-apreldagi yigʻilish bayonnomasi, jamiyatning 2011-yil 18-iyundagi umumiy yigʻilish qarori va 2011-yil 27-iyundagi Urganch tuman hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish inspeksiyasida 484-sonli bilan roʻyxatga olingan jamiyat nizomiga oʻzgartirishlarni haqiqiy emas deb topish deb topishni soʻragan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyinchalik, daʼvogarlar daʼvo predmetini oʻzgartirib, sudga quyidagi talablarni bildirganlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. MChJ ishtirokchilarining 2011-yil 18-iyundagi umumiy yigʻilish qarorining 4-bandini va shunga asosan 2011-yil 27-iyunda Urganch tuman hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish inspeksiyasida 484-son bilan roʻyxatga olingan jamiyat Nizomiga oʻzgartirishlarni haqiqiy emas deb topishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. MChJ ishtirokchilarining 2018-yil 4-maydagi umumiy yigʻilish qarorining 9-masala boʻyicha jamiyat ishtirokchilari safiga kiritilmay qolgan 74 ta fuqaroning 466 ta aksiyasi 5184 ming soʻm va investor tomonidan kiritilgan deyilgan 60,0 mln soʻm issiqxona binosini jamiyatga tegishli ulushlar (34,05 foiz) deb jamiyat ustaviga kiritilishi maʼqullash va taʼsischilar tarkibi 29 ta subyektdan iborat yangi tahriri tasdiqlash haqidagi qismini va shunga asosan 2018-yil 6-iyunda 484-son bilan jamiyat taʼsis shartnomasiga kiritilgan oʻzgartirishlarni haqiqiy emas deb topishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. MChJ ishtirokchilarining 2018-yil 1-oktabrdagi navbatdan tashqari umumiy yigʻilish qarorining 2-bandi boʻyicha nizom jamgʻarmasida avval A.A nomida boʻlgan A.A.Q nomidagi 39 492 ming soʻm 20,63 foiz ulushni jamiyat hisobiga oʻtkazilib, ularni muzlatish haqidagi qismini haqiqiy emas deb topishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. MChJ ustav fondida ishtirokchi A.Aning ulushi 44,233 foiz, A.Bning ulushi 10,510 foiz deb belgilashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. MChJ ishtirokchilarining 2013-yil 27-yanvardagi navbatdan tashqari umumiy yigʻilish bayonnomasi qarorlarini haqiqiy emas deb topishni soʻraganlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning 2023-yil 27-martdagi ajrimi bilan daʼvogarlarning daʼvoning predmetini oʻzgartirish haqidagi arizasi ish yurituvga qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning 2023-yil 7-martdagi ajrimi bilan ishga nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida “XAMTP” MChJ, “Oʼz” AJ va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Elektrononlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi jalb etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Javobgar va uchinchi shaxs “Oʻz” AJ tomonidan sudga daʼvo muddatini qoʻllash toʻgʻrisida arizalar taqdim etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 25-apreldagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, javobgar va uchinchi shaxs “Oʼz” AJning daʼvo muddatini qoʻllash toʻgʻrisidagi arizalari qisman qanoatlantirilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. MChJ ishtirokchilarining 2011-yil 18-iyundagi umumiy yigʻilish qarorining 4-bandini va shunga asosan 2011-yil 27-iyunda Urganch tuman hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish inspeksiyasida 484-son bilan roʻyxatga olingan jamiyat Nizomiga oʻzgartirishlarni haqiqiy emas deb topish haqidagi talablarini qanoatlantirish rad etilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. MChJ ishtirokchilarining 2018-yil 4-maydagi umumiy yigʻilish qarorining 9-masala boʻyicha jamiyat ishtirokchilari safiga kiritilmay qolgan 74 ta fuqaroning 466 ta aksiyasi 5184 ming soʻm va investor tomonidan kiritilgan deyilgan 60,0 mln soʻm issiqxona binosini jamiyatga tegishli ulushlar (34,05 foiz) deb jamiyat ustaviga kiritilishi maʼqullash va taʼsischilar tarkibi 29 ta subyektdan iborat yangi tahriri tasdiqlash haqidagi qismi va shunga asosan 2018-yil 6-iyunda 484-son bilan jamiyat taʼsis shartnomasiga kiritilgan oʻzgartirishlar haqiqiy emas deb topilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. MChJ ishtirokchilarining 2018-yil 1-oktabrdagi navbatdan tashqari umumiy yigʻilish qarorining 2-bandi boʻyicha nizom jamgʻarmasida avval A.A nomida boʻlgan A.A.Q nomidagi 39 492 ming soʻm 20,63 foiz ulushni jamiyat hisobiga oʻtkazilib, ularni muzlatish haqidagi qismi haqiqiy emas deb topilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. MChJ ustav fondida ishtirokchi A.Aning ulushi 44,233 foiz, A.Bning ulushi 10,510 foiz deb belgilangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. MChJ ishtirokchilarining 2013-yil 27-yanvardagi navbatdan tashqari umumiy yigʻilish qarorlari haqiqiy emas deb topilgan. Daʼvo talabining qolgan qismini qanoatlantirish rad etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 10-avgustdagi qarori bilan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 30-avgustdagi ajrimi bilan qaror yuzasidan tushuntirish berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish yuzasidan qabul qilingan sud hujjatlari ustidan javobgar kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilib, sud hujjatlarini bekor qilishni va daʼvo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni soʻragan. Bunga asos qilib shikoyatda birinchi instansiya sudi tomonidan maxsus daʼvo muddatlari uzrli sabablarsiz oʻtkazib yuborilganligi inobatga olinmaganligi, apellatsiya instansiya sudi hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirgan boʻlsa-da, oʻz qarorining bayon qismida “Oʻz” AJning Nizom jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-dekabrdagi 316-sonli qaroriga muvofiq 59 700 000 soʻm kredit mablagʻlari hisobiga koʻpaytirilganligini amalga oshmagan deb hisoblanishi haqida koʻrsatib oʻtganligi, keyinchalik qarorning ushbu qismiga 30-avgustdagi ajrim bilan tushuntirish berilganligi, jamiyatning 59 700 000 soʻm miqdoridagi davlat ulushi toʻliq shakllantirilganligi koʻrsatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlisida javobgar vakili shikoyatda keltirilgan vajlarni takrorlab, sud hujjatlarini bekor qilishni va daʼvo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni soʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvogarlar vakillari kassatsiya shikoyatiga eʼtiroz bildirib, kassatsiya shikoyatni qanoatlantirishni rad etishni soʻrashdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchinchi shaxslar “Oʼz” AJ vakili shikoyatda keltirilgan vajlarni quvvatlab, sud hujjatlarini bekor qilishni va daʼvo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni soʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchinchi shaxslar “XAMTP” masʼuliyati cheklangan jamiyati vakili shikoyatda keltirilgan vajlarni quvvatlab, sud hujjatlarini bekor qilishni va daʼvo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni soʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tartibda xabardor qilingan boʻlsa-da, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Elektrononlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi sud majlisida oʻz vakili ishtirokini taʼminlamadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 297-moddasining toʻrtinchi qismiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan, kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu huquq normasidan kelib chiqib, sudlov hayʼati ishni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Elektrononlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi vakilining ishtirokisiz koʻrib chiqishni lozim topdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlov hayʼati ishda ishtirok etuvchi shaxslar vakillarining tushuntirishlarini tinglab, shikoyatda keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagilarga asosan kassatsiya shikoyatini qisman qanoatlantirishni, Xorazm viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 10-avgustdagi qarori va 30-avgustdagi ajrimini bekor qilishni, Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 25-apreldagi hal qiluv qarorini kuchida qoldirishni lozim topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish hujjatlariga koʻra, MChJning 2017-yil moliyaviy xoʻjalik faoliyati yakunlari boʻyicha 2018-yil 4-mayda oʻtkazilgan umumiy yigʻilish kun tartibining 9-masalasi sifatida MChJ nizom jamgʻarmasidagi davlat ulushini “Oʻz” AJga oʻtkazish, nizom va taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish kiritish belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq, ushbu yigʻilishda 9-masala boʻyicha Davlat ulushi “Oʻz” AJ hisobiga berilganligi, jamiyat ishtirokchiligiga kiritilmay qolgan 74 ta fuqaroning 466 ta aksiyasi 5184 ming soʻm va investor tomonidan kiritildi deyilgan 60,0 mln soʻmlik issiqxona binosi jamiyatga tegishli ulushlar (34,05 foiz) deb jamiyat ustaviga kiritilishini maʼqullash va taʼsischilar tarkibi 29 ta subyektdan iboratligi haqida yangi tahriri tasdiqlash haqida qaror qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur yigʻilish bayonnomasiga asosan jamiyatning ustavi hamda taʼsis shartnomasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi matni Urganch tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan 2018-yil 6-iyunda 484-son reyestr raqam bilan roʻyxatga olingan boʻlib, ushbu matnning eski tahririda A.Aning ustav fondidagi ulushi 44,233 foiz va O.Bning ulushi 10,510 foizni tashkil etishi koʻrsatilgan boʻlsa, yangi tahririda A.Aning ulushi 20,63 foizni, O.Bning ulushi 0,09 foizni, jamiyatning ulushi 34,05 foizni tashkil etishi koʻrsatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaʼni, ushbu yigʻilish qarori bilan A.Aning 44,233 foiz ulushining 23,603 foiz qismi, O.Bning 10,510 foiz ulushining 10,42 foiz qismi (jami 34,023 foiz ulush) jamiyatga oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MChJ ishtirokchilarining 2018-yil 1-oktabr kuni boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida nizom jamgʻarmasida avval A.A nomida boʻlgan A.A nomidagi 39 492 ming soʻmlik 20,63 foiz ulush jamiyat hisobiga oʻtkazilib, uni muzlatish haqida qaror qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda — Qonun deb yuritiladi)ning 22-moddasi koʻra, jamiyatdan chiqarilgan yoki undan chiqib ketgan jamiyat ishtirokchisining ulushi jamiyatga oʻtadi. Bunda jamiyat jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchiga ulushining chiqarilish yoki chiqib ketish sanasidan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari maʼlumotlari boʻyicha aniqlanadigan haqiqiy qiymatini toʻlashi yoki jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchisining roziligi bilan unga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli Qarorining 22-bandida ham tushuntirish berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvogarlar jamiyatdan chiqarilmagan yoki ular tomonidan jamiyatdan chiqish haqida jamiyatga ariza taqdim etilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunning 3-moddasiga koʻra, masʼuliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻlmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bogʻliq zararlar uchun oʻzlari qoʻshgan hissalar qiymati doirasida javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat tomonidan daʼvogarlarga nisbatan jamiyatga yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat etilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Natijada yigʻilish qarorlari bilan daʼvogarlarning jamiyatdagi ulushiga boʻlgan huquqlari buzilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunning 41-moddasiga koʻra, jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari, jamiyatning ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining arizasiga koʻra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagi huquq normalariga asosan birinchi instansiya sudi daʼvogarlar jamiyatdan chiqarilmaganligi yoki chiqib ketmaganligi, daʼvogarlar tomonidan jamiyatga zarar yetkazilganligi yuzasidan qonuniy kuchga kirgan sud hujjati mavjud emasligi sababli, daʼvogarlarning daʼvo talabidagi jamiyat ishtirokchilarining 2018-yil 4-maydagi umumiy yigʻilish qarorining 9-masala, yaʼni jamiyat ishtirokchilari safiga kiritilmay qolgan 74 ta fuqaroning 466 ta aksiyasi 5184 ming soʻm va investor tomonidan kiritilgan deyilgan 60,0 mln soʻmlik issiqxona binosi jamiyatga tegishli ulushlar (34,05 foiz) deb jamiyat ustaviga kiritilishini maʼqullash va taʼsischilar tarkibi 29 ta subyektdan iborat ekanligi koʻrsatilgan jamiyat ustavi yangi tahririni tasdiqlash haqidagi qismini hamda MChJ ishtirokchilarining 2018-yil 1-oktabrdagi navbatdan tashqari umumiy yigʻilish qarorining 2-bandi boʻyicha nizom jamgʻarmasida avval A.A nomida boʻlgan A.A nomidagi 39 492 ming soʻmlik 20,63 foiz ulushni jamiyat hisobiga oʻtkazilib, muzlatish haqidagi qismini haqiqiy emas deb topish hamda MChJ ustav fondida ishtirokchi A.Aning ulushi 44,233 foiz, A.Bning ulushi 10,510 foiz deb belgilash haqida toʻgʻri xulosaga kelgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aniqlanishicha, MChJ ishtirokchilarining 2018-yil 4-maydagi 1-sonli yigʻilish bayonnomasiga asosan jamiyatning ustavi hamda taʼsis shartnomasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi matni Urganch tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan 2018-yil 6-iyunda 484-son reyestr raqam bilan roʻyxatga olingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼsis shartnomasiga jamiyat ishtirokchilarining 2018-yil 4-maydagi umumiy yigʻilish qarori bilan oʻzgartirishlar kiritilganligi, biroq ushbu yigʻilish qarori yuqorida haqiqiy emas deb topilganligi sababli, birinchi instansiya sudi daʼvogarlarning 2018-yil 6-iyunda 484-son bilan jamiyat taʼsis shartnomasiga kiritilgan oʻzgartirishlarni haqiqiy emas deb topish haqidagi talabini qanoatlantirish haqida asosli xulosaga kelgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aniqlanishicha, MChJ ishtirokchilarining 2023-yil 27-yanvar kuni boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi kun tartibiga quyidagi 5 ta masala kiritilgan va kiritilgan masalalar boʻyicha qaror qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunning 33-moddasi birinchi qismiga koʻra, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqiruvchi organ yoki shaxslar uni oʻtkazishdan kamida oʻttiz kun oldin bu haqda jamiyatning har bir ishtirokchisini jamiyat ishtirokchilarining roʻyxatida koʻrsatilgan manzil boʻyicha buyurtma xat bilan yoki jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boshqa usulda xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqiruvchi organ 2023-yil 27-yanvar kuni oʻtkaziladigan umumiy yigʻilish haqida jamiyat ishtirokchilarini oʻttiz kun oldin xabardor qilmasdan, yigʻilish kuniga yaqin muddatda xabardor qilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kun tartibidagi masalalar boʻyicha “MTP” MChJ oʻzining 35 foiz ulush, “Oʻz” AJ oʻzining 9.186 foiz ulush egasi sifatida yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qolgan barcha ishtirokchilar, shundan A.Aning vakili ham qarshi ovoz bergan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunning 34-moddasi oʻninchi qismiga koʻra, ushbu Qonun 30-moddasi ikkinchi qismining oʻn ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan masala yuzasidan qarorlar jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. Qolgan qarorlar, agar bunday qarorlarni qabul qilish uchun ushbu Qonunda yoki jamiyatning ustavida koʻproq ovozlar soni zarurligi nazarda tutilgan boʻlmasa, jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlar sonining koʻpchilik ovozlari bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagi daʼvo talablarini qanoatlantirish natijasida jamiyat ustav fondidagi A.Aning 44,233 foiz ulushi, O.Bning 10,510 foiz ulushi tiklangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MChJ ishtirokchilarining 2023-yil 27-yanvardagi umumiy yigʻilishida amalda 44,233 foiz ulushga ega boʻlgan A.Aning vakili va qolgan majlis ishtirokchilari kun tartibidagi 5-masala boʻyicha qarshi ovoz bergan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faqat amalda jami 44,186 foizga ega boʻlgan “MTP” MChJ va “Oʻz” AJ vakili kun tartibidagi 5-masala boʻyicha yoqlab ovoz bergan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan koʻrinadiki, kun tartibidagi 5-masala boʻyicha qarshi ovozlar soni yoqlab berilgan ovozlar sonidan amalda koʻp boʻlgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu sababdan birinchi instansiya sudi daʼvogarlarning MChJ ishtirokchilarining 2023-yil 27-yanvarda oʻtkazilgan navbatdan tashqari umumiy yigʻilish qarorlarini haqiqiy emas deb topish haqidagi talabini toʻliq qanoatlantirish haqida toʻgʻri xulosaga kelgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi instansiya sudi yuqoridagi talablar A.Aning 44,233 foiz ulushi, A.Bning 10,510 foiz ulushini tiklash bilan bogʻliq boʻlganligi va daʼvogarlar oʻzlarining ulushlari kamaytirilganligini, yaʼni mulkiy huquqlari buzilganligini 2023-yil 27-yanvar kuni boʻlib oʻtgan umumiy yigʻilishda bilishganligini inobatga olib, ushbu talablar boʻyicha daʼvo muddati oʻtkazib yuborilganligi sababini uzrli deb hisoblab, daʼvo muddati qoʻllash toʻgʻrisidagi arizalarni qanoatlantirishni rad etish haqida toʻgʻri xulosaga kelgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aniqlanishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi Xorazm viloyat hududiy boshqarmasining 2011-yil 6-maydagi 59-sonli buyrugʻi bilan “MTP” ochiq aksiyadorlik jamiyati negizida tashkil qilingan masʼuliyati cheklangan jamiyatining ustav fondi aksiyadorlik jamiyatining oldingi ustav fondi 71 730 800 soʻm, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-dekabrdagi 316-sonli qaroriga asosan Moliya vazirligi tomonidan berilgan 59 700 000 soʻm mablagʻni davlat aktivi hisobida va investorlar tomonidan qoʻshilgan 60 000 000 soʻm investitsiya hisobiga 191 430 800 soʻm miqdorida belgilangan va ulushlar quyidagicha taqsimlangan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“MTPlar birlashmasi” MChJ ustav fondiga beriladigan davlat ulushi — 35,0 foiz — 67 000,8 ming soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat jamoasi va boshqalar ulushi — 55,814 foiz — 106 845,6 ming soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ulushi — 9,186 foiz — 17 584,4 ming soʻm.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“MTP” OAJ taʼsischilarining 2011-yil 18-iyunda boʻlib oʻtgan umumiy yigʻilishida jamiyat mulkchilik shaklini masʼuliyati cheklangan jamiyatga aylantirilishi munosabati bilan jamiyatning oʻzgartirishlar kiritilgan yangi Ustavini tasdiqlash haqida qaror qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, ushbu umumiy yigʻilish qarorining 4-bandida “Jamiyat mulkchilik shaklini masʼuliyati cheklangan jamiyatiga aylantirilishi munosabati bilan jamiyatning oʻzgartirishlar kiritilgan yangi ustavi tasdiqlansin. Jamiyatning Nizom jamgʻarmasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-dekabrdagi 316-sonli qaroriga muvofiq 191 430 800 soʻm miqdorida belgilansin va shu yuzadan 2011-yil 22-apreldagi oʻtkazilgan kuzatuv kengashi yigʻilishi qarorlari tasdiqlansin. Shuningdek, 2011-yil 6-mayda qabul qilingan Davlat mulk qoʻmitasi hududiy boshqarmasining 59-sonli buyrugʻi maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin. Ushbu masala jami ustav fondini texnikalar hisobiga oshirish yuzasidan 2009-yil oktyabrdan 2011-yil 18-aprelgacha qabul qilingan jamiyat kuzatuv kengashi va taʼsischilar umumiy yigʻilishlari qarorlari bekor qilinsin” deb qayd qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MChJning yangi taʼsis shartnomasi va nizomi Urganch tuman hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyasi tomonidan 2011-yil 27-iyunda 484-son bilan davlat roʻyxatiga olingan va shu sana bilan guvohnoma berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MChJning taʼsis shartnomasi va nizomida jamiyatning nizom jamgʻarmasi 191 430 800 soʻmni tashkil etishi, jamiyat ustav fondida A.Aning ulushi 44,233 foizni, O.Bning ulushi 10,510 foizni, davlat aktivlari ulushi 9,186 foizni tashkil etishi belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan koʻrinadiki, ushbu qaror bilan daʼvogarlar A.A oʻzining ulushini 44,233 foiz, O.B oʻzining ulushini 10,510 foiz ekanligini bilgani barobarida davlat aktivlari ulushini 9,186 foizni tashkil etishini ham bilishgan yoki bilishi lozim boʻlgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi) 153-moddasiga muvofiq, buzilgan huquqni himoya qilish talabi daʼvo muddatining oʻtganligidan qatʼiy nazar sudda koʻrib chiqish uchun qabul qilinadi. Daʼvo muddati sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud qaror chiqargunicha bergan arizasiga muvofiq qoʻllanadi. Qoʻllanish toʻgʻrisida nizodagi taraf bayon qilgan daʼvo muddatining oʻtishi sudning daʼvoni rad etish haqida qaror chiqarishi uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FKning 150-moddasida umumiy daʼvo muddati — uch yil deb belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FKning 151-moddasiga koʻra, ayrim turdagi talablar uchun qonunlarda umumiy daʼvo muddatiga qaraganda qisqartirilgan yoki uzaytirilgan maxsus daʼvo muddatlari belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunning 41-moddasiga koʻra, jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari, jamiyatning ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining arizasiga koʻra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday ariza jamiyat ishtirokchisi qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan eʼtiboran ikki oy ichida berilishi mumkin. Agar jamiyat ishtirokchisi shikoyatga sabab boʻlgan qarorni qabul qilgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida ishtirok etgan boʻlsa, mazkur ariza shunday qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki oy ichida berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud ishning barcha holatlarini hisobga olgan holda, agar ariza bergan jamiyat ishtirokchisining ovozi ovoz berish natijalariga taʼsir koʻrsata olishi mumkin boʻlmasa va (yoki) yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarlik jiddiy boʻlmasa va (yoki) qaror jamiyatning ana shu ishtirokchisiga zarar yetkazmagan boʻlsa, shikoyatga sabab boʻlgan qarorni oʻz kuchida qoldirishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunning 41-moddasida belgilangan ikki oylik muddat maxsus daʼvo muddati hisoblanadi va u sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sudning hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar bergan arizasiga muvofiq qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli Qarorining 20.2-bandida tushuntirish berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu sababdan birinchi instansiya sudi javobgar va uchinchi shaxslarning daʼvo muddatini qoʻllash haqidagi arizasini qisman qanoatlantirib, MChJ ishtirokchilarining 2011-yil 18-iyundagi umumiy yigʻilishi qarorining 4-bandini qisman va 2011-yil 27-iyunda Urganch tuman hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish inspeksiyasida 484-son bilan roʻyxatga olingan jamiyat Nizomiga oʻzgartirishlarni haqiqiy emas deb topish haqidagi talablari boʻyicha daʼvo muddatini qoʻllab, ushbu ikkala talabni qanoatlantirishni rad etish haqida toʻgʻri xulosaga kelgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvogarlarning ushbu talablari birinchi instansiya sudi tomonidan mazmunan muhokama qilinmasdan, daʼvo muddati qoʻllanilgan holda qanoatlantirish rad etilgan boʻlsa-da, apellatsiya instansiyasi sudi ushbu talablarni muhokama qilib, qarorning asoslantirish qismini toʻldirgan holda jamiyatning Nizom jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-dekabrdagi 316-sonli qaroriga muvofiq 59 700 000 soʻm kredit mablagʻlari hisobiga koʻpaytirilganligini amalga oshmagan deb hisoblab, xatolikka yoʻl qoʻygan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2015-yil 19-iyundagi 282-sonli Qarorining 10-bandida daʼvo muddati oʻtganligi sababli daʼvo rad qilingan taqdirda, sud hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida nizodagi taraf daʼvo muddatini qoʻllash haqida ariza berganligini bayon qilishi va ushbu muddat oʻtganligini asoslashi kerakligi haqida tushuntirish berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya instansiyasi sudining 2023-yil 30-avgustdagi ajrim bilan daʼvogar A.A.Qning Xorazm viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 10-avgustdagi qarori boʻyicha tushuntirish berish haqidagi arizasi qanoatlantirilib, daʼvo muddati oʻtganligi sababli rad qilingan daʼvo talablari toʻldirilgan qism yuzasidan tushuntirish berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPKning 190-moddasiga koʻra, hal qiluv qarori noaniq boʻlgan taqdirda, ushbu hal qiluv qarorini qabul qilgan sud ishda ishtirok etuvchi shaxsning, davlat ijrochisining, zimmasiga sudning hal qiluv qarorini ijro etish yuklatilgan boshqa organlarning arizasiga koʻra, hal qiluv qarorini uning mazmunini oʻzgartirmagan holda tushuntirishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvo muddati oʻtganligi sababli qanoatlantirish rad qilingan daʼvo talablari boʻyicha birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining asoslantirish va xulosa qismlari aniq boʻlganligi va apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan rad qilingan talablar boʻyicha toʻldirish kiritilishi notoʻgʻri boʻlganligi sababli, sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan qaror yuzasidan tushuntirish berilishini asossiz deb hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etilganlarga koʻra, birinchi instansiya sudi moddiy va protsessual qonun normalarini toʻgʻri qoʻllagan holda asoslantirilgan va qonuniy qaror qabul qilgan. Apellatsiya instansiyasi sudi esa moddiy va protsessual huquq normalarini notoʻgʻri qoʻllagan holda asossiz ravishda hal qiluv qarorining asoslantirish qismini toʻldirgan va ushbu toʻldirilgan qism yuzasidan tushuntirish bergan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPK 302-moddasi birinchi qismining 4-bandiga koʻra, moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPK 301-moddasining 6-bandiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha ayrim sud hujjatlarini bekor qilish va ish boʻyicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini oʻz kuchida qoldirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayon etilganlarga asosan, sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatini qisman qanoatlantirishni, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini va ajrimini bekor qilishni hamda birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻz kuchida qoldirishni lozim topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPKning 118-moddasiga asosan apellatsiya instansiyasi uchun oldindan toʻlangan sud xarajatlari inobatga olinib, daʼvogarlardan Respublika budjetiga 1 500 000 soʻm davlat boji va ishni videokonferensaloqa rejimida koʻrish bilan bogʻliq 82 500 soʻm sud xarajati undiriladi, kassatsiya instansiya uchun oldindan toʻlangan 7 500 000 soʻm davlat boji va 33 000 soʻm pochta xarajati javobgarning zimmasida qoldiriladi, ishni videokonferensaloqa rejimida koʻrish bilan bogʻliq sud xarajatlari javobgar zimmasiga yuklatiladi. Shuningdek, IPKning 343-moddasiga asosan apellatsiya instansiyasi sudining qarori boʻyicha undiruv bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilarga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 118, 301 — 303 va 343-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati qaror qildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“MTP” masʼuliyati cheklangan jamiyatining kassatsiya shikoyati qisman qanoatlantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 10-avgustdagi qarori va 30-avgustdagi ajrimi bekor qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 25-apreldagi hal qiluv qarori oʻz kuchida qoldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
A.Q.Adan Respublika budjetiga ishni apellatsiya instansiyasida koʻrish bilan bogʻliq 750 000 soʻm davlat boji undirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
A.Bdan Respublika budjetiga ishni apellatsiya instansiyasida koʻrish bilan bogʻliq 750 000 soʻm davlat boji undirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
A.Q.Adan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining depozit hisob raqamiga ishni apellatsiya instansiyasida videokonferensaloqa rejimida koʻrish bilan bogʻliq 41 250 soʻm sud xarajati undirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
A.Bdan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining depozit hisob raqamiga ishni apellatsiya instansiyasida videokonferensaloqa rejimida koʻrish bilan bogʻliq 41 250 soʻm sud xarajati undirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“MTP” masʼuliyati cheklangan jamiyatidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining depozit hisob raqamiga ishni kassatsiya instansiyasida videokonferensaloqa rejimida koʻrish bilan bogʻliq 85 000 soʻm sud xarajati undirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro varaqalari berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 10-avgustdagi qarori boʻyicha undiruv bekor qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raislik qiluvchi: B. SAYFULLAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayʼat aʼzolari: R. SAGATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. SATTOROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 19-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-2201-2303/620-son