23.10.2023 yildagi O‘RQ-871-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 25-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2023-yil 29-sentabrda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda yer munosabatlari sohasida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini ishonchli tarzda himoya qilishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga yer uchastkalarini ijaraga olishda ijara munosabatlarining oʻziga xos xususiyatlarini aniq belgilash, oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut) huquqini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish, jamoat ehtiyojlari uchun ommaviy servitut belgilashni huquqiy jihatdan tartibga solish zarurati yuzaga kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga servitut toʻgʻrisidagi shartnomaga, servitut ishtirokchilarining huquq va majburiyatlariga, servitutni oʻzgartirish va uni bekor qilish, servitut uchun haq toʻlash, ommaviy servitutni belgilash qoidalariga doir qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari ijara munosabatlarining obyektiga boʻlgan huquq va majburiyatlarni boshqa shaxsga oʻtkazish (qayta ijaraga berish) tartibi belgilanmoqda, yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning yerga boʻlgan mulk huquqini bekor qilish asoslari aniqlashtirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qonun ijara munosabatlari yanada kengayishiga, servitut belgilash bilan bogʻliq munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishga, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining huquqlari ishonchli himoya qilinishiga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1990-yil 31-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi 152-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-yil, № 31-33, 371-modda; 1993-yil, № 5, 235-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 9, 510-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 7-moddasining 8-bandidagi “Savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga” degan soʻzlar “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Ijara toʻgʻrisida”gi 427-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 45-modda; 1993-yil, № 9, 329-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 153-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 8-moddadagi “yer va boshqa tabiiy resurslardan tashqari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) quyidagi mazmundagi 81-modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“81-modda. Ijara obyektlari boʻyicha huquq va majburiyatlarni boshqa shaxsga oʻtkazish (qayta ijaraga berish)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijara munosabatlarining obyektlari boʻyicha huquq va majburiyatlar ijaraga beruvchining roziligi bilan ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga oʻtkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari boʻyicha huquq va majburiyatlar faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga oʻtkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda, ushbu obyekt bilan birga mazkur obyekt band etgan hamda undan foydalanish uchun zarur boʻlgan yer uchastkasi ijarasiga doir huquq va majburiyatlar ham qonunga muvofiq boshqa shaxsga oʻtadi, bunda ijaraga beruvchining roziligi talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy va yuridik shaxslar ijaraga olingan yer uchastkalariga nisbatan huquq va majburiyatlarni boshqa shaxsga ijara muddatidan oshmagan muddatga oʻtkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin. Bunda ijara shartnomasi boʻyicha huquq va majburiyatlar yangi ijaraga oluvchiga oʻtadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismidagi “yer” degan soʻz “davlat mulkida boʻlgan yer uchastkalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi qismidagi “narx-navo va tariflar” degan soʻzlar “narx-navo, tariflar va yer soligʻi stavkalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 18-moddaning birinchi qismidagi “yer va boshqa tabiiy resurslar bundan mustasnodir” degan soʻzlar “bundan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar va boshqa tabiiy resurslar mustasno” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-1015-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 03/24/1015/1087-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 3, 161, 166-moddalar, № 5, 267-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880, 886-moddalar; 2020-yil, № 1, 3, 4-moddalar, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 801-modda, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 217, 218-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 464-modda, № 6, 570, 577-moddalar, № 11, 1062-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jamoat ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan hollarda servitut qonunga muvofiq tegishli davlat organi tomonidan belgilanishi mumkin (ommaviy servitut)”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi qismi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) quyidagi mazmundagi 1731 — 1737-moddalar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1731-modda. Yer uchastkasiga boʻlgan huquq boshqa shaxsga oʻtkazilganda servitutning saqlanishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, servitut belgilangan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda ham servitut saqlanib qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Servitut oldi-sotdi, hadya, garov yoki ijaraning mustaqil predmeti boʻlishi mumkin emas, shuningdek uni servitut belgilangan koʻchmas mulkning huquq egasi boʻlmagan boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1732-modda. Servitut shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Servitut ushbu Kodeksning 173-moddasida nazarda tutilgan asoslar amal qilishini yoʻqotmagunga qadar amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Servitut belgilanganda servitut belgilanayotgan yer uchastkasining maydoni, ushbu yer uchastkasida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari obyektlarini qurish, ulardan foydalanish, ularni koʻzdan kechirish va taʼmirlash shartlari, yer fondi toifasidan qatʼi nazar, yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasining ijarachisiga va (yoki) mulkdoriga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi, servitut belgilanayotgan yer uchastkasining joriy holati, yer uchastkasini undan belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish zarurligi, servitut uchun haq toʻlash tartibi, shuningdek servitut belgilangan yer uchastkasidan foydalanishdagi cheklovlar koʻrsatilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Servitut belgilanganda qonunga muvofiq boshqa shartlar ham koʻrsatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1733-modda. Servitut uchun haq toʻlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Servitut belgilangan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxsdan ushbu yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun mutanosib haq talab qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasining servitut belgilangan qismi uchun yer soligʻi (ijara haqi) yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari tomonidan toʻlanadi, bunda servitut uchun toʻlanadigan (bir martalik yoki doimiy) haq miqdori servitut amal qiladigan davr uchun belgilangan yer soligʻi (ijara haqi) summasidan kam boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Servitut uchun haq toʻlashga oid boshqa shartlar, shuningdek servitut toʻlovsiz (tekin) amalga oshiriladigan holatlar qonunda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1734-modda. Servitut belgilangan yer uchastkasida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari obyektlarini saqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar servitutni amalga oshirish uchun servitut belgilangan yer uchastkasida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari mavjud boʻlishi talab etilsa, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, mazkur yer uchastkasining ijarachilari va mulkdorlari bunday muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini saqlash va ulardan foydalanish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi kerakligi belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan birgalikda foydalanish huquqiga ega boʻlsa, servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, ulardan foydalanish imkoniyatini taʼminlagan holda saqlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1735-modda. Servitut belgilangan yer uchastkasini boʻlish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar servitut belgilangan yer uchastkasini boʻlish servitutdan foydalanishga toʻsqinlik qilmasa, servitut yer uchastkasining boʻlingan qismlariga nisbatan ham saqlanib qoladi. Bunda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, boʻlingan yer uchastkasining ijarachilari va mulkdorlari servitut shartlari qayta koʻrib chiqilishini talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar servitut boʻlingan yer uchastkasining faqat bitta qismiga belgilansa, u qolgan yer uchastkalariga nisbatan bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1736-modda. Servitutni oʻzgartirish va bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Servitut toʻgʻrisidagi shartnomaga oʻzgartirishlar kiritishda va uni bekor qilishda ushbu Kodeksning shartnomalarni oʻzgartirish va bekor qilishga doir qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy servitutni oʻzgartirish va bekor qilish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Servitutni oʻzgartirish va bekor qilish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1737-modda. Binolar, inshootlar va boshqa koʻchmas mulkka servitut belgilash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, yer uchastkasidan foydalanishdan tashqari, cheklangan tarzda foydalanish zarur boʻlgan binolar, inshootlar va boshqa koʻchmas mulkka ham ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda hamda shartlarda servitut belgilanishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomi “mol-mulki” degan soʻzlardan keyin “yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qarzdor tomonidan oʻz majburiyatlari bajarilmagan taqdirda, kreditorning mol-mulk yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi bilan taʼminlangan majburiyatlar boʻyicha talablari ushbu mol-mulkning yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqining qiymatidan mazkur mol-mulk yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi oʻziga tegishli boʻlgan shaxsning boshqa kreditorlariga qaraganda imtiyozli ravishda qanoatlantiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismi “oʻz huquqlari” degan soʻzlardan keyin “yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshisi “oʻz huquqlari” degan soʻzlardan keyin “yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshisi “ushlab qolish” degan soʻzlardan keyin “yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqini sotish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi qismi “huquqlari” degan soʻzdan keyin “yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mol-mulkka boʻlgan oʻz huquqlari yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi toʻgʻrisidagi yozuvni garov reyestriga kiritmagan kreditorlarning talablari mazkur mol-mulkka boʻlgan huquqlari yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi toʻgʻrisidagi yozuvni garov reyestriga kiritgan kreditorlarning talablari qanoatlantirilgandan keyin ushbu mol-mulkning yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqining qiymatidan kelib chiqqan holda, bunday huquqlar yuzaga kelishining kalendar navbatiga muvofiq qanoatlantiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 4, 224-modda, № 7, 432-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 161-modda, № 4, 199-modda, № 8, 469-modda, № 11, 792-modda; 2020-yil, № 9, 540-modda; 2021-yil, № 1, 3-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda; 2022-yil, № 6, 570, 577-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“jamoat ehtiyojlari uchun ommaviy servitut belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻqqizinchi xatboshisi oʻninchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chet ellik fuqarolar va yuridik shaxslar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar yer uchastkalariga faqat ijara huquqi asosida ega boʻlishi mumkin, bundan ushbu Kodeks 18-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yuridik va jismoniy shaxslar oʻziga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda xususiylashtirishga haqli”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 18-moddaning uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bandidagi “tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini” degan soʻzlar “tadbirkorlik, shaharsozlik faoliyatini va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3) ijaraga berish — ochiq elektron tanlov va elektron onlayn-auksion vositasida, shuningdek ushbu Kodeksning 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan. Xususiy mulk boʻlgan yer uchastkasini ijaraga berish uning mulkdori tomonidan amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “(sotib olinganidan)” degan soʻzlar “(qayta sotib olinganidan)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijaraga berilgan yer uchastkasini yoki uning bir qismini ikkilamchi ijaraga berish taqiqlanadi, bundan ushbu Kodeksning 242-moddasida nazarda tutilgan hollar va xususiy mulk boʻlgan yer uchastkalarining ijarasi mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijaraga berilgan yer uchastkalari oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash obyekti boʻlishi mumkin emas, bundan ushbu moddaning toʻqqizinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jismoniy va yuridik shaxslar elektron onlayn-auksion orqali ijaraga olgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalariga nisbatan huquq va majburiyatlarni ijara muddatidan koʻp boʻlmagan muddatga boshqa shaxsga oʻtkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻqqizinchi — oʻn oltinchi qismlari tegishincha oʻninchi — oʻn yettinchi qismlar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) 241-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat organlari, muassasalari va korxonalariga doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berilishi mumkin. Bunda qishloq xoʻjaligi oborotidan chiqib ketgan sugʻoriladigan yerlar va lalmi yerlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga hamda qishloq xoʻjaligi korxonalariga uch yildan kam boʻlmagan va qirq toʻqqiz yildan oshmaydigan muddatga ijaraga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, yaylovlar, boʻz yerlar, koʻp yillik dov-daraxtlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, qishloq xoʻjaligi korxonalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan investorlarga oʻttiz yil muddatga, ushbu Kodeksning 461-moddasida belgilangan oʻlchamlarda ijaraga berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrmon fondining foydalanilmayotgan (oʻrmon bilan qoplanmagan) yerlari jismoniy va yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlariga, muassasalariga, korxonalariga va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddatiga — xususiy sherikka;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar va shartnomalarning amal qilish muddatiga — nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat ehtiyojlari uchun boshqa yuridik shaxslarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yengil turdagi obyektlarni joylashtirish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga belgilangan tartibda qisqa muddatli ijaraga berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalarini ijaraga berishga ulardan foydalanishning mazkur Kodeksning 20-moddasida nazarda tutilgan asosiy maqsadini saqlab qolish sharti bilan yoʻl qoʻyiladi. Bunda mazkur tartib ushbu Kodeksning 23-moddasida nazarda tutilgan yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalarini ijaraga berishda, shu jumladan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda, taraflarning huquqlari va majburiyatlarini belgilashda, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, ijaraga olingan mol-mulkni ikkilamchi ijaraga berish shartlari va tartibi qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) 244-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“244-modda. Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻz majburiyatlarini lozim darajada bajargan ijaraga oluvchi shartnoma muddati tugaganidan keyin yangi muddatga yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini uzaytirishda sharoitlar teng boʻlgan hollarda, boshqa shaxslarga nisbatan imtiyozli huquqqa ega boʻladi. Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchini yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida belgilangan muddatda, agar shartnomada bunday muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, shartnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar uch oy ichida bunday shartnomani uzaytirish istagi haqida yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchining ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish toʻgʻrisidagi murojaati kelib tushgan paytdan eʼtiboran bir oy ichida ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirishga asoslantirilgan rad javobini bermasa va bu haqda ijaraga oluvchini xabardor qilmasa, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi avvalgi shartlar asosida yangi muddatga uzaytirilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirishni asossiz rad etgan holda yer uchastkasini ijara muddati yakunlanganidan keyin bir yil ichida boshqa shaxsga ijaraga bersa, ijaraga oluvchi shartnoma boʻyicha huquq va majburiyatlar oʻziga oʻtkazilishini hamda shartnomani yangi muddatga uzaytirish rad etilishi munosabati bilan oʻziga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini yoki faqat zararning oʻzi qoplanishini sud orqali talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ijaraga oluvchi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin ham yer uchastkasidan foydalanishni davom ettirsa, shartnomaning amal qilish muddati tugagunga qadar ijaraga beruvchi tomonidan eʼtirozlar boʻlmasa, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, shartnoma oʻsha shartlar asosida xuddi oʻsha muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bunda yer uchastkasining dastlabki va yangi muddatga uzaytirilgan birgalikdagi umumiy ijara muddati ushbu Kodeksning 24-moddasida belgilangan eng koʻp (oxirgi) muddatdan oshib ketmasligi kerak”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) 25-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Geologiya-suratga olish, qidirish, geodeziya va boshqa qidiruv ishlarini amalga oshiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bu ishlarni belgilangan tartibda qabul qilingan qarorlar asosida barcha toifadagi yerlarda yer egalaridan, yerdan foydalanuvchilardan, ijarachilardan hamda mulkdorlardan yer uchastkalarini olib qoʻymagan holda ommaviy servitut asosida amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geologiya-suratga olish, qidirish, geodeziya va boshqa qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun ommaviy servitut qonunchilikda belgilangan tartibda ruxsatnoma olgan yoki ushbu ruxsatnomani bergan tashkilotning murojaatiga asosan viloyat va Toshkent shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻoriladigan haydov yerlarida, bogʻlarda, tokzorlar, tutzorlar, mevazorlar, tubdan yaxshilash ishlari amalga oshirilgan pichanzorlar va yaylovlarda, oʻrmon oʻsimliklari bilan qoplangan yerlarda qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun ommaviy servitut bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga belgilanadi, zarur hollarda bu muddatni uzogʻi bilan yana bir yilga uzaytirishga yoʻl qoʻyiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) 28-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yer uchastkalari ijaraga berilganda yer uchun haq ijara haqi shaklida olinadi. Davlat mulkida boʻlgan yer uchastkalari uchun ijara haqi yer soligʻiga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan shaxslar yer uchun ijara haqini yer soligʻi toʻlovchilar uchun belgilangan tartibga muvofiq budjetga toʻlaydi. Agar qonunda va ijara shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu tartib doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalari ijarasiga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy mulk boʻlgan yer uchastkalari uchun ijara haqi miqdori va toʻlov shakli ijaraga beruvchi hamda ijaraga oluvchi oʻrtasida mustaqil ravishda shartnomada belgilanadi. Bunda yer soligʻini toʻlash majburiyati ijaraga beruvchining zimmasiga yuklatiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) 29-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yer uchastkasini sotish yoki oʻzgacha tarzda boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash, bundan xususiy mulk boʻlgan yer uchastkalarining boshqa shaxsga oʻtkazilishi va ushbu Kodeks 24-moddasining toʻqqizinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) 30-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) — koʻchmas mulk (yer uchastkasi, boshqa koʻchmas mulk) egasining qoʻshni yer uchastkasidan, zarur hollarda esa boshqa yer uchastkasidan ham cheklangan tarzda foydalanish huquqidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda oʻtish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzganing yer uchastkasida drenaj ishlari oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va truboprovodlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar oʻtkazish va ulardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzganing yer uchastkasidan ekinzorlarni va qishloq xoʻjaligi hayvonlarini sugʻorish uchun suv olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi hayvonlarini oʻzganing yer uchastkasi orqali haydab oʻtish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Servitut boshqa maqsadlarda ham belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Servitut, uni belgilashni talab qilgan shaxslar bilan oʻzga yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi va mulkdori oʻrtasidagi shartnomaga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sud qaroriga binoan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan hollarda servitut ushbu Kodeksga muvofiq viloyat va Toshkent shahar hokimi tomonidan ham belgilanishi mumkin (ommaviy servitut).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Servitut toʻgʻrisidagi shartnoma davlat roʻyxatiga olinishi lozim va u yer uchastkasi boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda ham saqlanib qolinadi. Servitut toʻgʻrisidagi shartnoma uni belgilashga sabab boʻlgan asoslar oʻz ahamiyatini yoʻqotgan taqdirda, bekor qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Servitut belgilanishi yer egasini, yerdan foydalanuvchini, yer uchastkasining ijarachisi va mulkdorini ushbu yer uchastkasiga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqidan mahrum etmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) quyidagi mazmundagi 301 — 306-moddalar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“301-modda. Servitut toʻgʻrisidagi shartnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasiga nisbatan servitut toʻgʻrisidagi shartnoma yozma shaklda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Servitut toʻgʻrisidagi shartnomada quyidagi shartlar koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
servitut belgilanishi kerak boʻlgan yer uchastkasining kadastr raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
servitutni belgilashning maqsadlari va asoslari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma taraflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
servitutning amal qilish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
servitut uchun belgilangan haq miqdori (mavjud boʻlganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma taraflarining huquq va majburiyatlari hamda javobgarligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan servitut muddati tugaganidan keyin yer uchastkasini belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish haqidagi servitut majburiyati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
302-modda. Servitut ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari hamda servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs servitut ishtirokchilaridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxsdan servitutdan belgilangan maqsadda foydalanilishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
servitut haq evaziga belgilangan hollarda servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxsdan haqning oʻz vaqtida toʻlanishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
servitut muddati tugaganidan keyin yer uchastkasini belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirishni talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs tomonidan servitutdan shartnomada belgilangan maqsadlarda foydalanilmagan taqdirda shartnomaning bekor qilinishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs servitut uchun belgilangan haqni (mavjud boʻlganda) muntazam ravishda toʻlamagan taqdirda, shuningdek unda oʻz hududiga jamoat ehtiyojlari uchun moʻljallangan boshqa yer uchastkasi orqali oʻtish imkoniyati paydo boʻlgan taqdirda, shartnomaning bekor qilinishini talab qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs bilan birgalikda servitut toʻgʻrisidagi shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
servitut toʻgʻrisidagi shartnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxsga yer uchastkasidan cheklangan tartibda foydalanish imkoniyatini berishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxsga servitutdan belgilangan maqsadda foydalanilishiga toʻsqinlik qilmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasidan foydalanish maqsadini hisobga olgan holda, uni lozim darajadagi holatda saqlash uchun oʻz kuchi bilan va oʻz hisobidan yer uchastkasini tartibga keltirishi, qoʻriqlashi, taʼmirlashi va unga boshqacha tarzda xizmat koʻrsatishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasidan servitut toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan maqsadlarda cheklangan tarzda foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
servitut toʻgʻrisidagi shartnoma shartlari jiddiy ravishda buzilganda servitut toʻgʻrisidagi shartnomaning bekor qilinishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
servitutdan foydalanishda yuzaga kelgan toʻsqinliklarni bartaraf etish va yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talab bilan belgilangan tartibda sudga murojaat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs servitut toʻgʻrisidagi shartnomaga va qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari bilan birgalikda servitut toʻgʻrisidagi shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
servitutdan faqat servitut toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan maqsadlarda foydalanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
servitut uchun haqni oʻz vaqtida toʻlab borishi (haq belgilangan taqdirda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz hududiga jamoat ehtiyojlari uchun moʻljallangan boshqa yer uchastkasi orqali oʻtish imkoniyati paydo boʻlgan taqdirda, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining birinchi talabiga koʻra oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanishni toʻxtatishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi shaxslar bilan yer uchastkasiga nisbatan servitut toʻgʻrisida shartnoma tuzish haqida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlaridan xabarnoma olingan taqdirda, shunday xabarnoma olingan paytdan eʼtiboran yozma shaklda javob berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
303-modda. Yer uchastkasiga boʻlgan huquq boshqa shaxsga oʻtkazilganda servitutning saqlanishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Servitut yer uchastkasiga boʻlgan mulk, egalik qilish, foydalanish va ijara huquqi boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda ham saqlanib qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Servitut oldi-sotdi, hadya, garov va ijaraning mustaqil predmeti boʻlishi mumkin emas, shuningdek uni servitut belgilangan koʻchmas mulkning huquq egalari boʻlmagan boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi. Servitut boshqa shaxslarga faqat servitut belgilangan huquq bilan birga berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
304-modda. Servitutni bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Servitut quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
servitut ishtirokchilarining oʻzaro kelishuviga koʻra;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer egasining, yerdan foydalanuvchining, yer uchastkalari ijarachisi va mulkdorining yoki servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxsning asoslangan talabiga koʻra;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
servitutdan uzoq muddat (kamida uch yil) foydalanilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
servitutning amal qilish muddati tugaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar servitut belgilash uchun sabab boʻlib xizmat qilgan asoslar oʻz ahamiyatini yoʻqotgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Servitutni bekor qilish toʻgʻrisida servitut ishtirokchilari oʻrtasida kelishuvga erishilmagan taqdirda, servitut sud tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
305-modda. Jamoat ehtiyojlari uchun oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (ommaviy servitut)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat ehtiyojlari uchun oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (ommaviy servitut) quyidagi maqsadlar uchun belgilanishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Kodeksning 25-moddasiga muvofiq oʻzganing yer uchastkasida geologiya-suratga olish, qidirish, geodeziya va boshqa qidiruv ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzganing yer uchastkasidan umumiy foydalanishdagi elektr uzatish tarmoqlari, aloqa liniyalari va boshqa liniyalar, truboprovodlar, ichki sugʻorish tarmoqlari, muhandislik tarmoqlari hamda boshqa tarmoqlar oʻtkazish va ulardan foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy servitut manfaatdor tashkilotlarning murojaatlari asosida viloyat va Toshkent shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddada nazarda tutilganidan boshqa maqsadlarda, shuningdek, davlat mulki boʻlmagan bino, inshoot va koʻp yillik dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkalariga ommaviy servitut belgilash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy servitut belgilash toʻgʻrisidagi qaror yer fondi toifasidan kelib chiqqan holda quyidagi tashkilotlar bilan majburiy tartibda kelishilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻoriladigan yerlarda — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon fondi yerlarida — oʻrmon xoʻjaligi sohasidagi vakolatli davlat organi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarda va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarda — tegishli sohalardagi maxsus vakolatli davlat organlari bilan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy servitut belgilash haqidagi qarorda servitut toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilishi lozim boʻlgan barcha shartlar koʻrsatilishi kerak. Bunda ommaviy servitut shartlari taraflarning kelishuviga koʻra yoki ulardan birining talabiga koʻra sud tartibida oʻzgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy servitut belgilash toʻgʻrisidagi qaror servitut belgilangan yer uchastkasida qurilish-montaj ishlarini boshlash, binolar va inshootlarni qayta qurish, rekonstruksiya qilish huquqini bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy servitut ushbu Kodeksga muvofiq, shuningdek ommaviy servitut belgilash toʻgʻrisidagi qarorning amal qilish muddati tugaganda bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
306-modda. Servitut uchun haq toʻlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs, agar qonunda yoki servitut toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, servitut uchun haq toʻlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Servitut uchun haq servitut belgilangan yer uchastkasi uchun yer soligʻi (ijara haqi) summasini, shuningdek servitutdan foydalanish jarayonida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararni (boy berilgan foydani) kompensatsiya qilish maqsadida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Servitut uchun haq toʻlash bir martalik yoki muntazam toʻlab boriladigan koʻp martalik toʻlov tarzida amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Servitut uchun haq miqdori servitut belgilangan yer uchastkasi doirasida yoki u belgilangan chegaralar doirasida hisoblab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasining servitut belgilangan muayyan qismi uchun yer soligʻi (ijara haqi) yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari tomonidan toʻlanadi, bunda servitut uchun toʻlanadigan (bir martalik yoki doimiy) haq miqdori servitut amal qiladigan davrdagi yer soligʻi (ijara haqi) summasidan kam boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagi hollarda servitut haq undirmasdan (tekin) amalga oshirilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tunnellarda avtomobil yoʻllari yoki temir yoʻllari qurish, shuningdek avtomobil yoʻllarining muhofaza zonalaridan foydalanish maqsadida servitut belgilanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhandislik-texnik jihatdan taʼminlash, tegishli texnik-texnologik ulanish ishlarini amalga oshirish maqsadida servitut belgilanganda”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2) yer uchastkasi berilgan muddat tugaganda, bundan yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish hollari mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bandi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi belgilangan tartibda quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) yer uchastkasiga, shuningdek binolar, inshootlar yoki boshqa koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda boshqa shaxsga oʻtkazilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari, shuningdek binolar, inshootlar va boshqa koʻchmas mulk ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga qayta sotib olinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) qonunda belgilangan hollarda yer uchastkalari, shuningdek binolar, inshootlar va boshqa koʻchmas mulk ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga musodara etilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) qonunda belgilangan hollarda yer uchastkalari, shuningdek binolar, inshootlar va boshqa koʻchmas mulk ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga rekvizitsiya qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) ijro hujjatlari boʻyicha undiruv yer uchastkasiga qaratilganda”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) 371-moddaning ikkinchi qismidagi “Ushbu Kodeksning 18-moddasida nazarda tutilgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) 39-modda birinchi qismining 9-bandidagi “qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) 41-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yer uchastkasini, shuningdek binolar, inshootlar va boshqa koʻchmas mulkni ular joylashgan yer uchastkasi bilan birga jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish, shuningdek ularni musodara qilish va rekvizitsiya qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17) 62-modda oltinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunday hollarda yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari qoʻllaniladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18) 68-moddaning beshinchi qismi “oʻzlarida doimiy foydalanish” degan soʻzlardan keyin “yoki ijara” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19) 82-modda birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning” degan soʻzlar “yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20) 85-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar” degan soʻzlar “yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21) 90-modda ikkinchi qismining oʻn uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) boʻyicha ochiq elektron tanlovlar va elektron onlayn-auksionlarni oʻtkazishning belgilangan tartibini buzganlikda”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Ipoteka toʻgʻrisida”gi OʻRQ-58-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 535-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 10, 671-modda; 2020-yil, № 1, 3-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 577-modda) 6-moddasining birinchi qismidagi “yuridik va jismoniy shaxslar mulki boʻlgan savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari, shuningdek turar joylar ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga” degan soʻzlar “shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar mulki boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 5-avgustdagi OʻRQ-1162-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2026-y., 03/26/1162/0821-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 23-oktabrda qabul qilingan “Garov reyestri toʻgʻrisida”gi OʻRQ-356-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 10, 264-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshisi “mol-mulkiga” degan soʻzlardan keyin “qonunda va ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshisi “mol-mulki” degan soʻzlardan keyin “yer uchastkasini ijaraga olish huquqi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdor — kreditor foydasiga mol-mulkni yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqini berish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish, pulni toʻlash yoki buzilishi kreditorning majburiyatlar bajarilishini taʼminlash vositasi sifatida qarzdor berib qoʻygan mol-mulkka yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga undiruvni qaratishga boʻlgan imtiyozli huquqi yuzaga kelishiga sabab boʻladigan boshqa majburiyatlarni bajarish bilan bogʻliq harakatni sodir etishi shart boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshisi “mol-mulkni” degan soʻzlardan keyin “yer uchastkasini ijaraga olish huquqini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash (garov) vositasi sifatida qarzdorlar berib qoʻygan mol-mulkka yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga nisbatan kreditorlarning huquqlari, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslardan, shu jumladan ushlab qolish, lizing, tovarga boʻlgan mulk huquqini tovarning haqi toʻlangunga qadar sotuvchida (kreditorda) saqlab qolgan holda uni sotish, kelajakda muayyan hodisa yuz bergan taqdirda mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazish, toʻlovni kechiktirgan yoki boʻlib-boʻlib toʻlagan holda tovarlarni olish-sotishdan yuzaga keladigan huquqlar toʻgʻrisidagi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshisi “mol-mulkiga” degan soʻzlardan keyin “yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“qarzdorning mol-mulki, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi va kreditorning bu mol-mulkka yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga boʻlgan huquqlari tavsifi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi qismi “mol-mulkiga” degan soʻzlardan keyin “shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qarzdorning roziligi qarzdorning identifikatsiya maʼlumotlari, shuningdek kreditorning qaysi mol-mulkka huquqi yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi boʻlsa, oʻsha mol-mulk yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi koʻrsatilgan holda elektron hujjat tarzida yoki qogʻozda rasmiylashtiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismi “mol-mulkiga” degan soʻzlardan keyin “yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 12-moddaning birinchi qismi “huquqlari” degan soʻzdan keyin “yer uchastkasini ijaraga olish huquqi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-598-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 892-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 570-modda, № 12, 1190-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 6-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “shuningdek savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlariga boʻlgan mulk huquqini ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 55-moddaning birinchi qismidagi “savdo va xizmat koʻrsatish obyektlariga, shuningdek turar joylarga va turar joylar joylashgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-fevralda qabul qilingan OʻRQ-676-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 2, 145-modda; 2022-yil, № 6, 570-modda, № 11, 1061-modda) 81-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda servitutlar binolar va inshootlar mulkdorlarining manfaatlarini quyidagi maqsadlarda oʻzga shaxsning yer uchastkasidan foydalanish huquqini cheklamasdan taʼminlash mumkin boʻlmagan hollarda belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolar va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda taʼmirlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhandislik infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va foydalanishga topshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda suv toshqinlari va boshqa tabiiy ofatlarning oldini olishga qaratilgan ishlarni olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzganing yer uchastkasi orqali kesib oʻtish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolar va inshootlar egalarining boshqa ehtiyojlari”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlar tegishincha ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 15-noyabrda qabul qilingan “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-728-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 11, 1060-modda; 2022-yil, № 6, 577-modda) quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 10-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini” degan soʻzlar “tadbirkorlik, shaharsozlik faoliyatini va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 12-modda birinchi qismi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“foydali qazilma konlari joylashgan yer uchastkalari, bundan zaxiralari foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansi hisobiga olinmagan keng tarqalgan foydali qazilmalar mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshisidagi “muhandislik va transport infratuzilmasi obyektlarining muhofaza zonalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“qonunchilikka muvofiq xususiylashtirilmaydigan davlat mulki obyektlari joylashgan yer uchastkalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun qonunchilikda cheklovlar oʻrnatilgan hududlardan foydalanish zonalarida joylashgan yer uchastkalari”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi — yettinchi xatboshilari tegishincha oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 13-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chet ellik fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, chet el yuridik shaxslari, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, shuningdek davlat organlari, muassasalari, korxonalari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xususiylashtirish subyektlari boʻlmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 21-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun” degan soʻzlar “tadbirkorlik, shaharsozlik faoliyatini va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 26-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xususiylashtirilishi lozim boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalari mazkur koʻchmas mulk obyektlari bilan birga elektron onlayn-auksion orqali xususiylashtiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) 27-moddaning ikkinchi xatboshisidagi “tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun” degan soʻzlar “tadbirkorlik, shaharsozlik faoliyatini va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) 28-moddaning uchinchi qismidagi “mazkur obyektning yagona mulkiy majmua sifatidagi qiymatidan kelib chiqib” degan soʻzlar “mazkur koʻchmas mulk obyektlarining bozor qiymatini inobatga olgan holda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) 32-moddaning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yer uchastkasidan foydalanishda shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etishi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) 34-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“34-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki boʻlgan yer uchastkasiga mulk huquqining bekor qilinishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki boʻlgan yer uchastkasiga mulk huquqi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasiga, shuningdek binolar, inshootlar yoki boshqa koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi ular joylashgan yer uchastkasi bilan birga fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda boshqa shaxsga oʻtkazilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari, shuningdek binolar, inshootlar yoki boshqa koʻchmas mulk ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga qayta sotib olinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunda belgilangan hollarda yer uchastkasi, shuningdek binolar, inshootlar yoki boshqa koʻchmas mulk ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga musodara qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda belgilangan hollarda yer uchastkasi, binolar, inshootlar yoki boshqa koʻchmas mulk ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga rekvizitsiya qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro hujjatlari boʻyicha undiruv yer uchastkasiga qaratilganda”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) 37-moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, yer uchastkasini rekvizitsiya qilish zarurati mavjud boʻlmaganda yer uchastkasi ushbu holatlarning amal qilish davrida vaqtincha foydalanish uchun egallanishi mumkin va yer uchastkasining mulkdoriga uning huquqlari vaqtincha cheklanganligi munosabati bilan yetkazilgan zararlarning oʻrni qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaqtincha egallangan yer uchastkasini qaytarishning imkoni boʻlmagan taqdirda, uning mulkdoriga shu yer uchastkasining bozor qiymati va yer uchastkasini qaytarib berishning imkoni yoʻqligi munosabati bilan yetkazilgan boshqa zararlarning oʻrni qoplanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 23-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-871-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son; 28.12.2024-y., 03/24/1015/1087-son; 06.08.2026-y., 03/26/1162/0821-son)