28.07.2023 yildagi PQ-244-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun tibbiyot kadrlarini tayyorlash hamda sportchilarga tibbiy xizmat koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-414-son qaroriga muvofiq, shuningdek, sport tibbiyoti sohasida kadrlar tayyorlashning zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etish orqali sportchilarga yuqori sifatli tibbiy xizmat koʻrsatishni yanada takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun sport tibbiyoti yoʻnalishini rivojlantirish va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar tayyorlash boʻyicha ilgʻor innovatsion, ilmiy-uslubiy texnologiyalarni joriy etish orqali oʻquv jarayonlarini sport-taʼlim muassasalari va milliy terma jamoalar bilan uzviy bogʻliq holda tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport tibbiyoti yoʻnalishida kadrlar tayyorlashda talabalarning amaliy mashgʻulot darslari hamda amaliyotini Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida tashkil etish orqali dual taʼlim tizimini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mutaxassislar (sport shifokori, sport diyetologi, sport fiziologi, sport farmakologi, sport psixologi)ni jalb qilgan holda sport tibbiyoti sohasidagi xodimlarning malakasini oshirishni tizimli yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻrgangan holda sport shifokori va sport diyetologi mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyatini kengaytirish va yanada takomillashtirish orqali sportchilarga tibbiy xizmat koʻrsatish infratuzilmasini yaxshilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun sport shifokori va sport diyetologi mutaxassislarini tayyorlash boʻyicha Toshkent tibbiyot akademiyasi bosh oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent tibbiyot akademiyasida “Sport shifokori” va “Sport diyetologiyasi (ovqatlanish ilmi)” boʻyicha magistratura mutaxassisliklari joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent farmatsevtika institutida “Eksperimental va sport farmakologiyasi” magistratura mutaxassisligi boʻyicha amaldagi oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari ikki baravarga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov) va Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev)ning quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Toshkent viloyatida sogʻliqni saqlash sohasi uchun oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzurida tashkil etilgan tibbiyot fakultetini (“Davolash ishi” taʼlim yoʻnalishi) yanada kengaytirish orqali uni Toshkent tibbiyot akademiyasining Chirchiq filiali (keyingi oʻrinlarda — Filial)ga aylantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialda sport tibbiyoti va boshqa tibbiyot mutaxassisliklari (“Davolash ishi”, “Farmatsevtika”, “Pediatriya”) boʻyicha kadrlar tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish hamda Chirchiq shahridagi barcha turdagi tibbiyot muassasalarini Filialga klinik-oʻquv baza sifatida biriktirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Arancha qoʻrgʻoni, A. Yassaviy mahallasida joylashgan Sogʻliqni saqlash vazirligi tasarrufidagi sobiq 3-sonli oilaviy poliklinika, Chirchiq shahri, A. Temur mahallasida joylashgan Chirchiq tibbiyot kollejining bino-inshootlarini tegishli hududi bilan birga operativ boshqaruv huquqi asosida Filialga begʻaraz berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialga ajratilgan bino va inshootlarni zaruratga koʻra 2024/2025 oʻquv yiliga qadar Sogʻliqni saqlash vazirligi va Toshkent tibbiyot akademiyasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan joriy taʼmirlash va Filialni ushbu obyektlarga toʻliq joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Filialning sport tibbiyoti boʻyicha (“Sport shifokori”, “Sport diyetologi” va “Sport farmakologi”) kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan fakultetini Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bino-inshootlarining bir qismiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish orqali sport sohasida kadrlarni kompleks tayyorlash boʻyicha “Chirchiq sport klasteri” namunasini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialning sport tibbiyoti fakultetini joylashtirish uchun tegishli bino-inshootlarni ajratish va ularni saqlash xarajatlari hamda talabalarini yotoqxona bilan taʼminlash Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialga talabalarni qabul qilish parametrlari Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, sport tibbiyoti (“Sport shifokori”, “Sport diyetologi” va “Sport farmakologi”) yoʻnalishlariga qabul parametrlari Sport vazirligi tomonidan taqdim etiladigan haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqib, Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan shakllantiriladi.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov), Sogʻlikni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) va Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev) 2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida tibbiyot va farmatsevtika yoʻnalishida kadrlar tayyorlash boʻyicha xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda oʻquv-mashgʻulotlar bazasini yaratish, jumladan zamonaviy laboratoriya, simulyatsiya uskunalari va boshqa uskunalarni xarid qilish va ushbu yoʻnalish uchun Filialga ajratilgan bino-inshootlarni rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev) bilan birgalikda 2024-yil 1-yanvarga qadar davlat sport-taʼlim muassasalarining yangilangan shtat meʼyorlarini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, “Sport shifokori”, “Sport diyetologi” hamda “Sport farmakologi” mutaxassisligi boʻyicha shtat birliklariga ehtiyoji mavjud boʻlgan davlat sport-taʼlim muassasalariga ushbu shtat birliklarini ajratish nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki, davlat sport-taʼlim muassasalarining sport shifokorlari, sport diyetologlari va sport farmakologlari Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida belgilangan tartibda bepul malaka oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, ushbu mutaxassislarning malaka oshirishi bilan bogʻliq amaliy darslar Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov), Sport vazirligi (A. Ikramov):
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy va xorijiy mutaxassislar (sport shifokori, sport diyetologi, sport fiziologi, sport farmakologi, sport psixologi)ni jalb qilgan holda doimiy ravishda sport tibbiyoti sohasidagi mutaxassislar uchun oʻquv kurslari, seminarlar va mahorat darslarini tashkil etib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024/2025 oʻquv yiliga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov) bilan birgalikda “70910233-Sport tibbiyoti” hamda “70910401-Gigiyena: nutritsiologiya” mutaxassisliklari boʻyicha malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sport vazirligi (A. Ikramov) Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev) bilan birgalikda:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda milliy terma jamoa aʼzolariga tayyorgarlik va musobaqalardan keyingi davrda yuqori malakali maxsus tibbiy amaliyot oʻtkazish xizmatlarini tashkil etish boʻyicha Qurolli Kuchlar bosh harbiy klinik gospitali bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli Kuchlar bosh harbiy klinik gospitali orqali sportchilarga yuqori malakali maxsus tibbiy amaliyot oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar Davlat budjeti parametrlarida sport sohasini rivojlantirish dasturlari uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshirilishini nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Qurolli Kuchlar bosh harbiy klinik gospitalida yuqori malakali maxsus tibbiy amaliyot oʻtkaziladigan sportchilar kontingenti Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi tomonidan Sport vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Buxoro va Samarqand viloyati hokimliklarining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) faoliyatini yangicha tartibda yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2027-yildan boshlab Nukus, Andijon, Buxoro va Samarqand shaharlarida Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining mintaqaviy filiallari (keyingi oʻrinlarda — mintaqaviy filiallar) faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-iyuldagi PQ-221-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2025-y., 07/25/221/0593-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagilar sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazlari va mintaqaviy filiallar faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-iyuldagi PQ-221-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2025-y., 07/25/221/0593-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda sportchilarning jismoniy holati va rivojlanishini doimiy nazorat qilib borish, ulardagi oʻtkir, surunkali kasalliklarni barvaqt aniqlash va davolash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport-taʼlim muassasalari, shuningdek, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot mutaxassislari bilan yaqindan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda ularning professional faoliyatiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport-taʼlim muassasalariga sport tibbiyoti yoʻnalishida ilmiy-metodik yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sportchilarning kasallik va jarohatlarini davolash, shuningdek, ularga maxsus hamda kompleks tezkor tibbiy xizmatlar koʻrsatish maqsadida tibbiy-jismoniy tarbiya dispanserlari vazifasini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sportchilarning kasallik tarixini oʻzida aks ettiruvchi yagona elektron axborot tizimini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari hamda ixtisoslashtirilgan sport-taʼlim muassasalarida tayyorlanayotgan professional sportchilarni bir yilda ikki marotaba chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish va tibbiy monitoring olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
genetik tahlillar natijalaridan kelib chiqib, sportchilarni sport turlariga biriktirish va seleksiya tizimini yoʻlga qoʻyish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mintaqaviy filiallar faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-iyuldagi PQ-221-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2025-y., 07/25/221/0593-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlari hamda budjetdan tashqari mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy xizmatlarni koʻrsatish va boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro va chet el tashkilotlarining grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sport vaziri A.I. Ikramovga Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo hamda boshqa nufuzli xalqaro sport musobaqalariga sportchilarni kompleks tayyorlashga ajratilgan budjet mablagʻlarining bir qismini sportchilarga chuqurlashtirilgan tibbiy xizmatlarni koʻrsatish uchun Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi va uning mintaqaviy filiallariga hamda Markazga maqsadli yoʻnaltirish huquqi berilsin.
(12-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-iyuldagi PQ-221-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2025-y., 07/25/221/0593-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari 2026-yil yakuniga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sport vazirligi bilan birgalikda Nukus, Andijon, Buxoro va Samarqand shaharlaridagi davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan binolarni xatlovdan oʻtkazsin hamda ularga mintaqaviy filiallarni tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqaviy filiallarning faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun ularni Sport vazirligi tomonidan taqdim etiladigan roʻyxat boʻyicha zarur jihozlar hamda tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-iyuldagi PQ-221-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2025-y., 07/25/221/0593-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) bilan birgalikda uch oy muddatda davlat sport-taʼlim muassasalari oʻquvchilari, milliy terma jamoalar aʼzolari hamda professional futbol va boshqa sport klublari sportchilarini joriy va chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish tartibini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tibbiy-biologik va tibbiy-psixologik jihatdan musobaqalarga tayyorlashni taʼminlovchi, sport tibbiyoti sohasidagi oʻquv uslubiy qoʻllanma va oʻquv dasturlarini ishlab chiquvchi ixtisoslashtirilgan sport tibbiyot muassasasi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab sport tibbiyoti sohasidagi oʻquv dasturlari va uslubiy qoʻllanmalarni ishlab chiqish bevosita Markaz ishtirokida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sport vazirligi bilan birgalikda 2024-yildan boshlab har yili sport-taʼlim muassasalari xarajatlarini moliyalashtirishda sport-taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan sportchi-oʻquvchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun zarur boʻladigan mablagʻlarni Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ommaviy axborot vositalarida ushbu qarorning maqsad va vazifalari keng yoritilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov hamda sogʻliqni saqlash vaziri A.Sh. Inoyatov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 28-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-244-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2023-y., 07/23/244/0531-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son; 09.07.2025-y., 07/25/221/0593-son)