04.04.2023 yildagi 142-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat yongʻin nazorati hamda sanitariya-epidemiologiya sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatishni yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda aholiga davlat xizmatlarini qulay va oson shakllarda koʻrsatish koʻlamini kengaytirish va fuqarolarning idorama-idora sarson boʻlib yurishining oldini olish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, davlat yongin nazorati hamda sanitariya-epidemiologiya sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatishning aniq huquqiy asoslari mavjud emasligi, xizmat koʻrsatish jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilmaganligi, ariza beruvchilar bilan muloqot anʼanaviy tarzda amalga oshirilayotganligi aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun byurokratik talablarni hamda ortiqcha ovoragarchiliklarni keltirib chiqarmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini qulay va oson shakllarda koʻrsatish koʻlamini kengaytirish va ularning idorama-idora sarson boʻlib yurishining oldini olish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2024-y., 09/24/169/0260-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Raqamli texnologiyalar vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror bilan tasdiqlangan reglamentlarga muvofiq davlat xizmatlarini koʻrsatish davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali joriy etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror bilan tasdiqlangan reglamentlar talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolarni qoʻllasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktabrdagi 649-son qarori bilan tasdiqlangan Yongʻin xavfsizligi qoidalari quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“41. “Litsenziya” axborot tizimi, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi, “Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimi, shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bino (inshoot) va xonalarning yongin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa ushbu Qoidalar va yongin xavfsizligi talablari belgilangan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga asosan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan axborot tizimlari orqali bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa 10 ish kuni ichida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablari ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda, xulosa berish rad etiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri A.X. Qoʻldoshev, adliya vaziri A.J. Tashkulov hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi boshligʻi B.Q. Yusupaliyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 4-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
142-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2024-y., 09/24/169/0260-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2024-y., 09/24/169/0260-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2023-y., 09/23/142/0197-son; 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son; 02.04.2024-y., 09/24/169/0260-son)