31.01.2023 yildagi 2919-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 31.01.2023 yildagi 2919-IV-son
Kuchga kirish sanasi
31.01.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2022-yilda bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti toʻgʻrisida

Davlat dasturining barcha yoʻnalishlari ijrosini taʼminlashga qaratilgan tegishli ishchi guruhlar tuzilib, nazorat rejasi asosida har oyda tanqidiy muhokama qilib borish tartibi joriy etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida Davlat dasturining ijrosi doirasida jami 256 ta normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining 9 ta qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 82 ta farmoni, qarori va farmoyishi, Oliy Majlis palatalarining 5 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 47 ta qarori qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, ixcham va professional davlat boshqaruvi tizimi joriy qilinib, ijro etuvchi hokimiyat organlarining soni 61 tadan 28 taga qisqartirilgan. Vazirlik va idoralarning 21 tasida sifat menejmenti tizimining xalqaro standarti joriy etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi davlat fuqarolik xizmati tizimini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish uchun huquqiy asos yaratdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron hukumat” tizimining rivojlantirilishi hamda elektron davlat xizmatlari koʻrsatish borasidagi byurokratik toʻsiqlar qisqartirilishi natijasida mobil-ID tizimi joriy etilib, 38 turdagi davlat xizmatini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmasligi belgilandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy hamda zarur shartiga aylantirish borasida taʼsirchan choralar koʻrilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan. Ushbu Qonun sohadagi nizoli vaziyatlarning oldini olish, mulkdorlar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish uchun asos boʻlib xizmat qilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot tizimi joriy etilishi natijasida sudga qadar ish yuritish, shu jumladan surishtiruv va dastlabki tergov organlari faoliyati raqamlashtirilib, tezkor axborot almashish tizimi yaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida yalpi ichki mahsulot hajmi 2021-yilga nisbatan 105,7 foizni tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ochiq budjet” axborot portali orqali “Mening yoʻlim” dasturi ishga tushirilishi natijasida tumanlarning (shaharlarning) mahalliy budjet parametrlari doirasida 188,5 mlrd. soʻmlik 380 ta loyihani amalga oshirish taʼminlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy qiymati 700 mln. dollardan ortiq boʻlgan toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisobiga Toshkent, Buxoro va Xorazm viloyatlarida quvvati 1 354 MVtga teng 7 ta elektr stansiyasi ishga tushirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya dasturlari doirasida 11,8mlrd. dollarlik xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilgan, shuningdek 15 mlrd. dollarlik tovar va xizmatlar eksporti (maxsus eksportsiz) amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish borasida ham muayyan ishlar bajarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, ish oʻrinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish orqali kambagʻallikni qisqartirish maqsadida aholining bandligini taʼminlash dasturiga asosan 251 ming nafar kishi doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ishlarga jalb etilib, yillik prognoz koʻrsatkich 118,3 foizga bajarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha taʼlimdagi qamrov darajasini oshirish boʻyicha zarur choralar koʻrilgan. Xususan, 647,6 ming nafar 6 yoshli bolalar maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrab olinib, qamrov darajasi 67 foizdan 90 foizga yetkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy xizmat sifatini oshirish maqsadida 106 ta oilaviy shifokor punkti va poliklinika, 1 000 ta mahalla tibbiyot punkti tashkil etilgan, bu orqali 3,5 mln aholiga birlamchi tibbiy xizmat yaqinlashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tibbiyot brigadalari”ga qoʻshimcha ravishda 3 600 ta pediatriya hamshirasi va doya shtati ajratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaviy shifokorlar tomonidan bepul tarqatiladigan dorilar 45 turdan 70 turga yetkazilgan, ushbu yoʻnalishga ajratilayotgan mablagʻlar hajmi esa 2021-yilga nisbatan 3 baravar oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaviy poliklinikalarda 19 mingdan ziyod kunduzgi shifo oʻrinlari tashkil etilgan. Natijada 740 ming nafar kishiga shifoxonaga bormasdan, uyda davolanish imkoniyati yaratilgan. Yuqori texnologik operatsiyaga muhtoj 16 ming nafar bemordan 3 200 nafari viloyat va tumanlarda davolangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish borasida mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, fuqarolarning sogʻligʻiga jiddiy ziyon yetkazadigan ekologik muammolarni bartaraf etish boʻyicha tizimli ishlar olib borilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, chiqindilar bilan ishlash yoʻnalishida 79 ta tuman va shahar xususiy sheriklarga biriktirilgan, 115 ta chiqindi poligoni rekultivatsiya qilingan, aholining sanitar tozalash xizmati bilan qamrovi 95 foizga, chiqindilarni qayta ishlash hajmi 32,4 foizga yetkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlarda oʻrmonlar maydonini kengaytirish va oʻrmon fondi yerlaridan samarali foydalanish choralari koʻrilgan hamda 208 ming gektar maydonda saksovul va boshqa choʻl oʻsimliklaridan “yashil qoplamalar” yaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish, mamlakatimiz xavfsizligini va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish yoʻnalishida ham qator ishlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishning zamon talablariga mos yangicha tizimi yaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatning xalqaro munosabatlardagi teng huquqli subyekt sifatidagi rolini oshirish maqsadida 15-16-sentabrda Samarqand shahrida Oʻzbekiston raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturida belgilangan maqsad va vazifalarning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash, bu boradagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va hukumat oʻrtasida samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturidagi tadbirlarning bajarilish holatini Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi qoʻmitalari tomonidan doimiy ravishda parlament nazorati shakllari asosida oʻrganib borish, shu jumladan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining axborotini qoʻmita majlislarida eshitish hamda ularning yakunlari boʻyicha tayyorlangan tegishli takliflar va tavsiyalarni hukumatga kiritib borish amaliyotining joriy etilishi mazkur vazifalarning izchil bajarilishini taʼminlashda muhim omil boʻldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, Davlat dasturida jami 398 ta bandda nazarda tutilgan 658 ta yaxlit va kichik banddagi vazifalarning 518 tasi ijro etilgan, 37 tasining ijro muddati uzaytirilgan va 103 tasining ijrosini taʼminlashga doir ishlar davom ettirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, tumanlararo perinatal markazlarni tashkil etish va zarur tibbiy texnika hamda buyumlar bilan jihozlash (232-233-bandlar), talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etishda loyihalarni moliyalashtirishning maqbul usullarini yoʻlga qoʻyish (216-band) boʻyicha boshlangan ishlar yakunlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturidagi baʼzi bandlarning bajarilish muddati uzaytirilganiga qaramay, ularda nazarda tutilgan vazifalarning ijrosi oxiriga yetkazilmagan. Xususan, “Jizzaxda ishlab chiqaring” sanoat dasturini amalga oshirish orqali investitsiya va yirik xorijiy kompaniyalarni jalb etish boʻyicha hukumat qarorini qabul qilish muddati uzaytirilganligiga qaramasdan qaror yil yakuniga qadar qabul qilinmagan (167-band).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturida nazarda tutilgan ayrim qonun loyihalari hanuzgacha parlament muhokamasiga kiritilmagan. “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi (269-band), “Axborot kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi (324-band), “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqidagi”gi (326-band), “Safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlik toʻgʻrisida”gi (329-band) qonun loyihalari shular jumlasidandir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz navbatida hukumat tomonidan aholini oʻylantirib kelayotgan qator dolzarb masalalar, xususan, aholiga energiya resurslarini barqaror yetkazib berish, tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish, tibbiy xizmat koʻrsatish sifati va samaradorligini oshirish, aholi bandligini taʼminlash, shu jumladan muddatli harbiy xizmatni oʻtab qaytgan yoshlarni, oliy taʼlim muassasalarini tugatgan talabalarni ish bilan taʼminlash, taʼlim-tarbiya tizimini yanada yaxshilash, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasini tartibga solish borasida zarur chora-tadbirlar koʻrilishiga alohida eʼtibor qaratilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 81-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2022-yilda bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturining ijro muddati uzaytirilgan va bajarilishi toʻliq yakunlanmagan bandlarida belgilangan tadbirlarni tahlil qilib, ularni kelgusidagi davlat dasturlariga kiritish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturlari asosida qabul qilingan chora-tadbirlar dasturlari, “yoʻl xaritalari” hamda boshqa hujjatlarda belgilangan tadbirlarning natijadorligini taʼminlashga vazirlik va idoralar tomonidan eʼtibor qaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturlarida koʻzda tutilgan qonun loyihalarining Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasiga kiritilishini taʼminlash choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlararo perinatal markazlarni tashkil etish hamda ularni zarur tibbiy texnika va buyumlar bilan jihozlash yuzasidan boshlangan ishlarni yakuniga yetkazish ustidan nazoratni kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bandligini taʼminlash, shu jumladan muddatli harbiy xizmatni oʻtab qaytgan yoshlarni, oliy taʼlim muassasalarini tugatgan talabalarni ish bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat xavfsizligini, shu jumladan, narxlarning barqarorligini taʼminlashga doir ishlarni yangi bosqichga olib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energetika sohasida transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, shuningdek sohaga ijtimoiy himoya kafolatlarini belgilagan holda bozor mexanizmlarini joriy etish borasida boshlangan ishlarni jadallashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasini tartibga solish hamda aholiga arzon hamda sifatli dori vositalari yetkazib berish tizimini takomillashtirish ustidan nazoratni kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha soha va tarmoqlarga energiya jihatidan tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish boʻyicha boshlangan ishlarni yakuniga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan koʻtarilgan masalalarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlarning mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning bajarilishi ustidan oʻz partiyaviy maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlashda oʻz faoliyat yoʻnalishlariga aloqador boʻlgan vazirlik va idoralar bilan hamkorlikni mustahkamlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Xaitov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 31-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2919-IV-son