26.10.2022 yildagi O‘RQ-796-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 29-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2022-yil 7-oktabrda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida koʻplab qonunchilik hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga toʻgʻri kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilikka oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarning shakli hamda ularni rasmiylashtirish tartibi aholiga ularni sodda tilda tushuntirish imkoniyatini bermayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, qonun loyihasi umumxalq ovoziga qoʻyilganda ovoz berish byulletenini toʻldirishning amaldagi tartibi fuqarolarning oʻz xohish-irodasini toʻlaqonli ifoda etishi uchun muayyan murakkabliklar tugʻdirmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni nazarda tutuvchi loyihalarda muqaddimaning mavjud boʻlishi belgilanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida qonun loyihalarining nomi va muqaddimasini muhokama qilish hamda ularga ovoz berish tartibi ochib berilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, umumxalq ovozi jarayonida fuqarolarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida byulletenga muayyan belgilardan birini qoʻyish yoʻli bilan ovoz berish tartibi joriy etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish zaruriyatini, sabablarini va maqsadlarini hamda ularning mohiyatini aholiga sodda va tushunarli tilda yetkazishga, shuningdek umumxalq ovozi jarayonida fuqarolarning oʻz xohish-irodasini toʻlaqonli bildirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi 417-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan 265-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 176-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; 2019-yil, № 9, 588-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 216-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 29-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Referendumda ovoz berish byulletenida referendumga qoʻyilayotgan masalaning matni aniq aks ettiriladi va ovoz beruvchi xohish-irodasining variantlari “ha” yoki “yoʻq” yoxud “rozi” yoki “qarshi” deb koʻrsatiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 31-modda ikkinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ovoz berish binosida yoki bevosita uning oldida uchastka komissiyasi stend jihozlaydi, unga ovoz berish byulletenining namunasi va uni toʻldirish tartibi joylashtiriladi, agar referendumga qonun loyihasi qoʻyilgan boʻlsa, stendga shu loyihaning matni ham joylashtiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 35-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fuqarolar ovoz berish byulletenida referendumga qoʻyilayotgan masala boʻyicha oʻzi ovoz berayotgan variant roʻparasida, oʻng tomonda joylashgan boʻsh kvadratga “+” yoki “” yoxud “x” belgisini qoʻyadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 522-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 136-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2013-yil, № 4, 95-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 157-modda, № 5, 261, 265-moddalar, № 8, 468-modda, № 9, 588-modda, № 12, 884-modda; 2020-yil, № 8, 488-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda) 15-moddasining oʻn ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish chogʻida muhokama uning nomi, muqaddimasi (agar mavjud boʻlsa), har bir moddasi boʻyicha alohida-alohida oʻtkaziladi. Bunda masʼul qoʻmita tomonidan maʼqullangan fikrlar va takliflar ham, maʼqullanmagan fikrlar va takliflar ham muhokama qilinadi. Qonun loyihasi boʻyicha, qoida tariqasida, uning nomiga, muqaddimasiga (agar mavjud boʻlsa), har bir moddasiga alohida-alohida ovoz beriladi. Qonunchilik palatasining qaroriga koʻra qonun loyihasi boʻyicha ovoz berish boblar yoki boʻlimlar boʻyicha, shuningdek bir necha moddalar boʻyicha bir vaqtning oʻzida oʻtkazilishi mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 11-oktabrda qabul qilingan “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-60-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 537-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar; 2019-yil, № 5, 261-modda; 2020-yil, № 8, 488-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda) 19-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) ikkinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qonun loyihasi uning qabul qilinishi zaruriyati, sabablari va maqsadlariga oid tushuntirishni qamrab olgan, shuningdek uning mohiyatini va ahamiyatini ochib beradigan muqaddimaga ega boʻlishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlariga hamda qonunlariga oʻzgartishlar, qoʻshimchalar va tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini yoki ularning ayrim normalarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi qonun loyihalari, qoida tariqasida, ularning qabul qilinishi zaruriyati, sabablari va maqsadlariga oid tushuntirishni qamrab olgan, shuningdek ularning mohiyatini va ahamiyatini ochib beruvchi muqaddimaga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Huquqiy normalar muqaddimaga kiritilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) uchinchi — yettinchi qismlar tegishincha beshinchi — toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-aprelda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-682-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek ularga ilova qilinadigan axborot-tahliliy materiallarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishning yagona uslubiyotiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 4, 288-modda; 2022-yil, № 3, 213-modda, № 8, 788-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) quyidagi mazmundagi 591 va 592-bandlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“591. Qonunosti hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni nazarda tutuvchi qonunosti hujjati loyihasining nomida mazkur loyiha bilan kiritilayotgan asosiy oʻzgartish va qoʻshimchalarning mohiyati koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
592. Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni nazarda tutuvchi loyiha, qoida tariqasida, uni qabul qilish zaruriyati, sabablari va maqsadlariga oid tushuntirishni qamrab olgan, shuningdek normativ-huquqiy hujjatning mohiyatini va ahamiyatini ochib beradigan muqaddimaga ega boʻladi. Zarur boʻlgan taqdirda, qonunosti hujjati loyihasining muqaddimasida u qaysi qonunchilik hujjatlarini ijro etish uchun yoki qaysi qonunchilik hujjatlariga asosan qabul qilinayotgan boʻlsa, oʻsha qonunchilik hujjatlari koʻrsatiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 68-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“68. Agar qonunosti hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi normalarni oʻz ichiga olgan loyihada ushbu normalar ikki yoki undan ortiq bandni tashkil etsa va katta hajmga ega boʻlsa, ular loyihaga ilova (ilovalar) tarzida tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu holda, qonunosti hujjati loyihasining ilovani tasdiqlash nazarda tutilayotgan tarkibiy birligida kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning, shuningdek oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan normalarning mohiyati qisqacha bayon etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 76-bandning ikkinchi xatboshisidagi “bundan qonun loyihalari mustasno” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 26-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-796-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 03/22/796/0966-son)