O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari belgilanganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
So‘nggi yillarda mamlakatimiz transport tizimini tubdan takomillashtirish, xususan Toshkent metropoliteni tarmog‘ini kengaytirish, aeroportlar infratuzilmasini rivojlantirish, fuqaro aviatsiyasi korxonalari tomonidan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqib, transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini, Toshkent metropoliteni faoliyatini rivojlantirish hamda fuqaro aviatsiyasi sohasidagi qonunchilik hujjatlari normalarini yanada takomillashtirish zarurati mavjud.
Toshkent metropoliteni faoliyatini takomillashtirish, metropolitenda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, fuqaro aviatsiyasi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, aviatsiya sohasida amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlarini yanada jadallashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
“Toshkent metropoliteni” UK “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibidan Transport vazirligi tizimiga o‘tkazilganligi hamda “Toshkent metropoliteni” UKning tashkiliy-huquqiy shakli davlat unitar korxonasiga o‘zgartirilganligi munosabati bilan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni muvofiqlashtirish;
Toshkent metropoliteni faoliyati uchun kerakli asbob-uskunalar va jihozlarni almashtirishga rejalashtirilgan kapital ta’mirlash ishlarini yetarli mablag‘lar bilan ta’minlash;
fuqaro aviatsiyasi korxonalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash.
2. Moliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga metropoliten liniyalari, stansiyalari va elektrodepo inshootlarini 2023-yil 1-yanvardan boshlab yer solig‘i va mol-mulk solig‘idan ozod etishga oid o‘zgartirish va qo‘shimchalarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 18-oktabr,
PF-234-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-oktabrdagi PF-234-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5647-son Farmoni 3-bandining sakkizinchi xatboshisidagi “temir yo‘l va daryo transportidagi” so‘zlari “metropoliten, temir yo‘l va daryo transportidagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi “Toshkent metropoliteni faoliyatini yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2638-son qarori 4-bandining oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 7-noyabrdagi “Toshkent metropoliteni Yunusobod liniyasi ikkinchi bosqichini qurish” loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2653-son qarorining 6-bandidagi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning” so‘zlari “Toshkent metropoliteni” DUKning” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-noyabrdagi “Toshkent metropoliteni Sergeli yo‘nalishi qurilishi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2664-son qarorida:
a) 4-banddagi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning” so‘zlari “Toshkent metropoliteni” DUKning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi “Toshkent shahrida yer usti halqa metro liniyalarining qurilishi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2979-son qarorining rus tilidagi matnida 3-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“pogasheniye osnovnogo dolga, viplata protsentov i komissiy po zayemnim sredstvam Eksimbanka KNR i kredita Fonda rekonstruksii i razvitiya Respubliki Uzbekistan v ramkax stroitelstva kolsevoy nadzemnoy linii metropolitena v gorode Tashkente osushestvlyayutsya za schet sredstv Gosudarstvennogo budjeta Respubliki Uzbekistan”.
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoniga asosan 6-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4143-son qaroriga 1-ilova “Ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari, boshqa tashkilotlar” blokidan keyin “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasi” bloki bilan to‘ldirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Fuqaro aviatsiyasi korxonalarini transformatsiya qilish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5100-son qarorining 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Davlat soliq qo‘mitasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-noyabrga qadar Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 79-uyda joylashgan Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining bino va inshootlari baholangan qiymatda “Uzbekistan Airports” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini oshirish hisobiga jamiyatga berilishini ta’minlasin”.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-357-son qaroriga 3b-ilovaning 21-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2022-y., 06/22/234/0935-son; 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)