Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 12.10.2022 yildagi 588-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻoriladigan yerlarning shamol eroziyasiga hamda suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda respublikada oʻrmon bilan qoplangan maydonlarni kengaytirish, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning shamol eroziyasiga va suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi kurashish, shuningdek, shamol eroziyasining qishloq xoʻjaligi ekinlariga salbiy taʼsirini kamaytirish maqsadida ihota daraxtzorlarini barpo etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, sugʻoriladigan yerlar va suv xoʻjaligi obyektlarini himoya qilishda ihota daraxtzorlarini barpo etish, ekilgan daraxtlarni parvarish qilish uchun ajratilgan mablagʻlarini toʻlab berish, shuningdek, buyurtmachi hamda pudrat tashkilotlari oʻrtasida tuzilgan shartnoma majburiyatlari toʻliq bajarilishini taʼminlash muhim vazifa boʻlib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon xoʻjaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, sugʻoriladigan yerlarning shamol eroziyasiga hamda suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish boʻyicha ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlaridan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon xoʻjaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-son qarorida 2022-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda sugʻoriladigan yerlarning shamol eroziyasiga va suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi 2500 gektar maydonda ihota daraxtzorlari barpo etilishi belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil bahor mavsumida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda sugʻoriladigan yerlarning shamol eroziyasiga va suv xoʻjaligi obyektlarining qum bosishiga qarshi 2130 gektar maydonda (85 foiz) ihota daraxtzorlari barpo etilganligi hamda 370 gektar maydon (15 foiz) kuz mavsumida daraxt ekish rejalashtirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyundagi 422-son qarori bilan tasdiqlangan Sugʻoriladigan yerlarning shamol eroziyasiga hamda suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish tartibi toʻgʻrisida nizom 28-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“har oyda joriy moliyalashtirish bajarilgan ishlar hajmining 95 foizi miqdorida, berilgan avansga proporsional ravishda chegirib qolgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha qiymatining qolgan 5 foizini toʻlash shartnomada koʻrsatilgan kafolat muddati tugagandan soʻng amalga oshiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 12-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
588-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 09/22/588/0912-son)