14.07.2022 yildagi PQ-322-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha ishlarni jadallashtirish, bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, sohaga xususiy sektorni keng jalb etish hamda mazkur faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2022-yil 1-sentabrdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qatnayotgan ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarning farzandlari va maxsus kontingentlar soni jami tarbiyalanuvchilar sonining 70 foizidan kam boʻlgan taqdirda, yetmagan qismiga boshqa oilalarning bolalarini qabul qilishga ruxsat etiladi. Bunda, ushbu bolalar uchun ota-onalar toʻlovi shu joydagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan miqdorda oʻrnatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchi lavozimlari uchun 4,5 tagacha shtat birligini ajratishga ruxsat etiladi. Bunda, tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchilarga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ish haqi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya haqiqatda band qilingan, lekin 4,5 tadan (Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida — 2,25 tadan) koʻp boʻlmagan shtat birligidan kelib chiqib toʻlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchilarga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ish haqi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va boshqa ajratmalar ushlangandan soʻng, toʻgʻridan-toʻgʻri ushbu xodimlarning plastik kartasiga oʻtkazib beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini boshlash uchun sogʻliqni saqlash organlari bilan majburiy ravishda tarbiyalanuvchilarga tibbiy yordam koʻrsatishga oid shartnoma tuzish tartibi bekor qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida, shu jumladan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan subsidiya va kompensatsiyalar miqdorini hisoblashda maktabgacha taʼlim tashkilotiga qatnayotgan 3 yosh va undan katta yoshdagi (boquvchisini yoʻqotgan ayollarning 2 yosh va undan katta yoshdagi), lekin 7 yil 8 oydan katta boʻlmagan yoshdagi tarbiyalanuvchilar hisobga olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ota-onalar toʻlovi miqdorini mustaqil ravishda belgilagan holda 3 yoshga toʻlmagan bolalarni ham qabul qilishga ruxsat etiladi. Bunda 3 yoshga toʻlmagan bolalarga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratilmaydi (boquvchisini yoʻqotgan ayollarning 2-3 yoshdagi farzandlari bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tabiiy gaz uchun kompensatsiya markazlashgan tabiiy gaz taʼminoti mavjud boʻlmagan, lekin isitishning boshqa turlaridan, shu jumladan suyultirilgan gaz yoki koʻmir mahsulotlaridan foydalanayotgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ham toʻlanadi (oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda davlat-xususiy sheriklik asosidagi va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar va kompensatsiyalar toʻlash tartibini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, tadbirkorlik subyektlariga ularning xohishiga koʻra 2018-2019-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun berilgan kreditlar boʻyicha imtiyozli davr muddatini 2023-yil 1-avgustga qadar uzaytirishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyozli davr muddati davomida tadbirkorlik subyektlari tomonidan kredit boʻyicha faqat foiz toʻlovlari amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyozli davrda toʻlanishi lozim boʻlgan asosiy qarz boʻyicha toʻlovlar kredit davrining qolgan qismiga teng miqdorda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini rivojlantirish uchun xorijiy moliya institutlari, shu jumladan Islom taraqqiyot bankidan 30 million AQSH dollari, Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasidan 20 million AQSH dollari hamda OPEK xalqaro rivojlanish jamgʻarmasidan 20 million AQSH dollari miqdorida qarz mablagʻlari jalb qilinishi kutilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin) ikki oy muddatda xorijiy moliya institutlarining mablagʻlari hisobiga 2023-2024-yillarda hududlarda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini rivojlantirish va maktabgacha taʼlim qamrovini oshirish boʻyicha dasturni (keyingi oʻrinlarda — Dastur) ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir hududdagi mavjud maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktabgacha yoshdagi bolalar soni hamda ularning qamrovi darajasini hisobga olgan holda odillik va shaffoflik tamoyillari asosida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tanlash tartibini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tanlash jarayonlarining raqamlashtirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish maqsadida kredit ajratish uchun tadbirkorlik subyektlariga qoʻyiladigan talablarni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Kuchimov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev) bilan birgalikda 2023-yil 1-yanvarga qadar bir oyda kamida bir marta ushbu qaror maqsadi va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 14-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-322-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2022-y., 07/22/322/0638-son)