Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 26.02.1999 yildagi 88-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JURNALIST KADRLAR TAYYORLASh VA QAYTA TAYYORLASh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika oliy taʼlim muassasalarida jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning bugungi holati qoniqarsizligi, taʼlim va tarbiya tizimi, jurnalistika mutaxassisligi boʻyicha oʻquv reja va dasturlari, darslik va oʻquv qoʻllanmalari hamda boshqa turdagi adabiyotlarning jahon andazalariga javob bermay qolganligi, shuningdek soha moddiy-texnik bazasining zaifligi sababli oʻquv jarayonini tashkil etishda, oʻqitish usullarida jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻyilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mavjud nuqsonlarni bartaraf etish, jurnalist kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda dunyo andazalari darajasiga koʻtarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Toshkent davlat universiteti jurnalistika fakulteti zamon talablariga muvofiq tarzda qayta tashkil etilsin, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida xalqaro jurnalistika fakulteti ochilsin va 1999/2000 oʻquv yilidan boshlab oliy maʼlumotli jurnalist kadrlar tayyorlash ana shu oʻquv yurtlarida amalga oshirilishi, boshqa oliy oʻquv yurtlaridagi (Qoraqalpoq davlat universitetidan tashqari) jurnalistika fakultetlari (boʻlimlari) tugatilishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jurnalistlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash Toshkent davlat universiteti va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti jurnalistika fakultetlari negizida maqsadli usulda amalga oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda oliy taʼlim tarkibidagi jurnalistika fakultetlarining yangi tuzilmasini hamda shu sohadagi bakalavriat va magistratura boʻyicha Davlat taʼlim standartlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi 92-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 22-son, 158-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999/2000 oʻquv yiligacha jurnalistika fakultetlarida attestatsiya natijalari asosida zamon talablari darajasida jurnalist kadrlar tayyorlashga qodir yetuk professor-oʻqituvchilar tarkibini shakllantirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu ishga mamlakatimiz va xorijiy davlatlardagi chuqur bilim va katta tajribaga ega boʻlgan taniqli amaliyotchilar hamda soha mutaxassislari keng jalb etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999/2000 oʻquv yiligacha jurnalistika fakultetlarining moddiy-texnika bazasini inventarizatsiyadan oʻtkazib, ularni oʻquv dasturlari hamda mazkur miqdorda kompyuter texnikasi, oʻquv tele- va radiostudiyalari, chet tillarini mukammal oʻrganish uchun texnik uskunalar bilan taʼminlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda 1999/2000 oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakulteti qoshida oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, darsliklar, sohani yaxshilash boʻyicha tahliliy tavsiyalar tayyorlash, jurnalistika istiqbollarini prognozlash masalalari bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik hisobidagi ilmiy-uslubiy markazni tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat test markazi bilan birgalikda 1999/2000 oʻquv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jurnalistika fakultetlariga qobiliyatli talabalar qabul qilish maqsadida abituriyentlarni test sinovlari bilan bir qatorda ijodiy imtihonlardan oʻtkazishni tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili yagona mezonlar asosida jurnalistika fakultetlarining reytingini aniqlash va tahlil etish, ulardagi taʼlim-tarbiya jarayonini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash va amaliy ish olib borishni yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat matbuot qoʻmitasi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, OʻzA, “Jahon” axborot agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jurnalistika fakultetlarida yuqori bosqich talabalari uchun ixtisosliklar boʻyicha mashhur va taniqli jurnalistlarning oʻquv studiyalarini hamda oʻz tahririyatlari qoshida jurnalistika fakultetlarining harakatdagi filiallari yoki oʻquv markazlarini tashkil etsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qobiliyatli, oʻz mahoratlarini namoyon eta boshlagan talabalarning amaliy tajribalarini oshirib borish maqsadida ularni ish oʻrganuvchi sifatida tahririyatlarga ijodiy xodimlikka qabul qilish choralarini koʻrsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 5-fevraldagi “Oʻzbekistonning oʻquvchi yoshlarini ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq 1999/2000 oʻquv yilidan boshlab mustaqil Vatanga va milliy istiqlol gʻoyalariga sadoqatli, yuqori jurnalistik iqtidorini namoyon etgan, faol jamoatchi, xorijiy tillarni yaxshi biladigan talabalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qoʻshimcha Davlat stipendiyasi taʼsis etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat stipendiyasining sovrindorlarini aniqlash va stipendiyani moliyalashtirish Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 25-martdagi 157-sonli qarorida koʻrsatilgan tartib boʻyicha amalga oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi, “Umid”, “Ustoz”, Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari va boshqa manfaatdor idoralar jurnalistika fakultetlarining ilgʻor pedagoglari va iqtidorli talablarining xorijiy davlatlarning yetakchi oʻquv va ilmiy markazlari, ommaviy axborot vositalari tahririyatlarida hamda xalqaro tashkilotlarning matbuot xizmatlarida maqsadli oʻquv amaliyoti va stajirovkalar oʻtashi uchun shart-sharoit yaratsin va amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi jurnalistika fakultetlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xususan, ularni zamonaviy kompyuter hamda lingofon xonalari, oʻquv tele- va radiostudiyalari va boshqa zarur jihozlar bilan taʼminlash Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyurtmasiga muvofiq mablagʻ ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 26-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88-son