Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 20.10.1997 yildagi 480-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ALOQA—DEU” OʻZBEKISTON — KOREYA QOʻSHMA KORXONASINI RIVOJLANTIRISH VA UNING FAOLIYATI MASALALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻini 2010-yilgacha boʻlgan davrda rekonstruksiya qilish va rivojlantirish milliy dasturini bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar bozorini zamonaviy raqamli kommutatsiya tizimlari bilan toʻldirish, vatanimizning eksportga moʻljallangan va importning oʻrnini bosuvchi sanoat ishlab chiqarishini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi va Janubiy Koreyaning “DEU Telekom” firmasi tomonidan telekommunikatsiya asbob-uskunalarini yigʻish boʻyicha, keyinchalik butlovchi materiallarni joyning oʻzida ishlab chiqargan holda, “Aloqa-DEU" (Urganch shahri) qoʻshma korxonasi tashkil etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav jamgʻarmasi 6,5 mln. AQSH dollari, shu jumladan, Oʻzbekiston tomoni ulushi 3,185 mln. AQSH dollari (49 foiz), Janubiy Koreya tomoni ulushi 3,315 mln. AQSH dollari (51 foiz) miqdorida belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish binolari, inshootlar qurilishi, mahsulot ishlab chiqarish uchun texnologik liniyalarni montaj qilish nihoyasiga yetkazilganligi, mahsulot chiqarish boshlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imzolangan taʼsis shartnomasiga muvofiq Koreya tomoni qoʻshma korxona mahsulotining kamida 30 foizini eksportga sotish majburiyatini oʻz zimmasiga olganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi "Oʻzeltexsanoat" uyushmasi bilan birgalikda 1997-yil IV choragi mobaynida kommutatsiya tizimlari ishlab chiqarishini, 2000-yilda uni 60 foizga yetkazishni nazarda tutgan holda, joyning oʻzida yoʻlga qoʻyish dasturini ishlab chiqsin va uning amalga oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. "Aloqa-DEU" qoʻshma korxonasi yetkazib beriladigan kommutatsiya tizimlari va telefon apparatlari turkumiga kiruvchi chetdan olib kelinadigan materiallar, butlovchi buyumlar, yordamchi asbob-uskunalar, ishlab chiqarishni tashkil etish va mahsulot chiqarish uchun zarur boʻlgan texnologik asbob-uskunalar uchun boj toʻlovlari toʻlashdan 5 yilga ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi "Aloqa-DEU" qoʻshma korxonasi loyihalarini va butlovchi materiallarni joyning oʻzida ishlab chiqarish dasturlarini Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yilgi Investitsiya dasturiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi "Aloqa-DEU" loyihasi boʻyicha ishga keluvchi xorijiy mutaxassislarga belgilangan tartibda koʻp martalik kelish vizalari berilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. "Aloqa-DEU" qoʻshma korxonasi masalalari boʻyicha ishlash uchun keladigan xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash va transportning barcha turlarida yurishlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar boʻyicha haq toʻlash huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi "Aloqa-DEU" qoʻshma korxonasini butlash uchun shartnoma asosida kadrlar tayyorlashni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Xorazm viloyati hokimligi Janubiy Koreyalik mutaxassislar va ular oilasining uzoq muddat yashashlari uchun shart-sharoitlar yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari K.R.Rahimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 20-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
480-son