23.11.2021 yildagi PF-25-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orolboʻyi mintaqasida tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida (keyingi oʻrinlarda — Orolboʻyi mintaqasi) tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishni va yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish orqali hududga investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita oʻrganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilab olish boʻyicha 2021-yil 20-avgust kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligining 2022-yil 1-yanvardan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2031-yil 1-yanvargacha Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlik subyektlari uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foyda soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq, ijtimoiy soliq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha oʻrnatilgan soliq stavkalarini 1 foiz etib belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini mazkur soliqlar boʻyicha hisoblangan summadan 1 foiz miqdorida belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2025-yil 1-yanvargacha Xorazm viloyatining Tuproqqalʼa, Yangiariq, Yangibozor tumanlarida yangi tashkil etiladigan va shu tumanlarda roʻyxatdan oʻtgan holda faoliyat koʻrsatadigan tadbirkorlik subyektlari (klasterlar bundan mustasno) boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foyda soligʻi, yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalarini 50 foizga kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ular tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan oʻz ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) ehtiyojlari uchun olib kiriladigan xomashyo, materiallarni bojxona bojidan ozod qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Xorazm viloyatida yangi barpo etilayotgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlarga, daraxtlarning qator oralaridan qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qatʼi nazar, yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlash boʻyicha imtiyozli davrni besh yil etib belgilash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi ikki oy muddatda mazkur banddan kelib chiqib, Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-avgustdagi “Investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5233-son qaroriga muvofiq zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan taʼminlanadigan investitsiya loyihalari qiymati kamida 50 milliard soʻm miqdorida belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, ushbu tartib boʻyicha 50 milliard soʻmdan 200 milliard soʻmgacha boʻlgan investitsiya loyihalarining tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar ushbu loyihalar qiymatining 20 foizidan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Markaziy bank (M. Nurmuratov) bilan birgalikda Xorazm viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdan ortda qolayotgan va ishsizlik darajasi yuqori boʻlgan 98 ta mahalla uchun 2022 — 2026-yillar davomida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“mahallabay” ishlash tizimini joriy etish maqsadida 200 milliard soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini tadbirkorlikka oʻqitish va jalb qilish loyihalarini amalga oshiradigan nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash uchun 50 milliard soʻm miqdorida kredit resurslari ajratilishini koʻzda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan infratuzilmani rivojlantirish uchun 150 milliard soʻm mablagʻ ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan 2022-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvargacha Orolboʻyi mintaqasida faoliyat yuritayotgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik tadbirkorlik subyektlariga korxona qurilishi uchun zarur boʻlgan asbob-uskuna va texnikalarni respublikaning boshqa hududlaridan olib kelish hamda ular tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlarni respublikaning boshqa hududlariga yetkazib berish bilan bogʻliq temir yoʻl transportida tashish xarajatlarining 50 foiz qismini qoplab berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy eksportchilar tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlarni eksport qilishda, ularning Kaspiy dengizigacha tashish bilan bogʻliq transport xarajatlarini toʻliq qoplab berish tartibi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (S. Umurzakov) bir oy muddatda Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan Orolboʻyi mintaqasidagi tadbirkorlik subyektlarining yuk tashish xarajatlarini qoplab berish tartibini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A. Voitov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (K. Sariyev), Xorazm viloyati hokimligi (F. Ermanov), manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasida 45 ta va Xorazm viloyatida 40 ta yangi kichik sanoat zonalarini belgilangan tartibda tashkil etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oliy Majlis Senatiga (T. Narbayeva) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi hamda boshqa masʼul vazirlik va idora rahbarlarining mazkur Farmon ijrosi yuzasidan axborotlarini eshitishni tashkil etish (shu jumladan joyiga chiqqan holda) hamda amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligini taʼminlash boʻyicha zarur choralar koʻrib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mazkur Farmonning maqsadi, vazifalari va undan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (S. Xolxoʻjayev) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A. Voitov), manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi K.R. Sariyev, Xorazm viloyati hokimi F.U. Ermanov, investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari A.B. Voitov hamda iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari S.M. Xolxoʻjayev belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari S.Oʻ. Umurzakov va J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 23-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-25-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2021-y., 06/21/25/1086-son)