Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.08.2025 17.09.2021 yildagi 574-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.08.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yoʻqotishlarini qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli “Qishloq xoʻjaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yoʻqotishlarini qisqartirish, mahsulotlar isteʼmolida isrofgarchiliklarning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasining “ekin maydonidan savdo doʻkonigacha” boʻlgan zanjirda qishloq xoʻjaligi va asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari qoldiqlari toʻgʻrisida maʼlumot olish hamda onlayn rejimida mahsulotlar savdosini amalga oshirish imkonini beruvchi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ Elektron agrosanoat bozori portalini (keyingi oʻrinlarda — Elektron portal) tashkil etish boʻyicha takliflari maʼqullansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Elektron portalning asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar)lar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan, ulgurji savdo tashkilotlari boʻyicha mavjud qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari hajmi, zaxiralari va yetkazib berish boʻyicha kontraktatsiya shartnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning real vaqt rejimida monitoringini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxlari va ularning dinamikasi boʻyicha maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki bozorni asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash darajasini doimiy baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida onlayn rejimda kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyish va elektron savdolarni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar)lar hokimliklari, hududlarida faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan, ulgurji savdo tashkilotlari tomonidan mavjud qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari hajmi, zaxiralari va yetkazib berish boʻyicha kontraktatsiya shartnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Elektron portalga joylashtirishda amaliy yordam koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Elektron portalga doir loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqib, ishga tushirish choralarini koʻrsin hamda uning doimiy faoliyat yuritilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron portal 2021-yil 1-oktabrdan 1-dekabrga qadar “test rejimida” ishlashini va 2022-yil 1-yanvardan boshlab toʻliq ishga tushirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda hududlarda Elektron portal faoliyatini 2022-yil 1-yanvarga qadar toʻliq yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Elektron portal faoliyatini tashkil etish va yuritish tartibini nazarda tutuvchi nizomni ishlab chiqib, tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ Elektron portalni shakllantirish, yuritish, texnik qoʻllab-quvvatlash va takomillashtirib borish uchun masʼul organ hisoblanadi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron portalni ishga tushirish va uning faoliyatini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Meva-sabzavotlarni saqlash, tashish va chakana savdoda muzlatkichlardan foydalanishni ragʻbatlantirish maqsadida shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali ajratilgan davlat mulki hisoblangan yer uchastkalari va bino-inshootlar qiymati tadbirkorlik subyekti tomonidan, istisno tariqasida, savdo oʻtkazilgan sanadan boshlab bir yil davomida teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash mexanizmi joriy qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Fanlar akademiyasi, Iqtisodiy tadqiqotlar markazi, ilmiy-tadqiqot institutlari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tashkiloti hamda Jahon banki ekspertlari bilan birgalikda ikki oy muddatda xorijiy tajribani chuqur oʻrgangan holda respublikada oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarchiligini kamaytirish, ushbu mahsulotlarni yigʻib olish va ularni xayriya tarzida aholining ehtiyojmand qatlamiga tarqatish faoliyatini amalga oshiruvchi “Food Banking” tashkilotlari tizimini joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli davlat organlari va jamoat tashkilotlari, soha boʻyicha xususiy sektorning ekspertlari va mutaxassislari bilan yaqindan hamkorlikda tomorqa xoʻjaligi egalari va isteʼmolchilar bilan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish (yetishtirish), tashish, saqlash va isteʼmol qilish davrida oziq-ovqat yoʻqotishlarini qisqartirish choralarini koʻrish, isrofgarchilikni oldini olish boʻyicha keng qamrovli targʻibot ishlarini amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla fuqarolar yigʻinlari va mahalla faollari bilan birgalikda umumiy ovqatlanish tashkilotlarida, toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda oziq-ovqat mahsulotlarining jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sababsiz isrof qilinishi holatlarining oldini olish yuzasidan manzilli choralar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Musulmonlari idorasiga ommaviy axborot vositalari orqali aholi oʻrtasida mavjud resurslardan oqilona foydalanish, isrofgarchiliklar oldini olishga, shu jumladan umumiy ovqatlanish shaxobchalari oziq-ovqat mahsulotlarini sababsiz isrof qilish holatlariga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan maʼlumotlar bilan jihozlanishi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar isteʼmolchilarni buyurtma berishdan oldin ogohlantirishi lozimligi boʻyicha suhbatlar, koʻrsatuv va eshittirishlarni tashkil etish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 17-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
574-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/574/0881-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)