28.08.2021 yildagi PQ-5237-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax shahrida “Qozon (Volgaboʻyi) federal universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qozon (Volgaboʻyi) federal universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy taʼlim dasturlari asosida chuqur fundamental va ilmiy-amaliy bilimga ega yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, hududiy innovatsion-taʼlim tarmogʻini yaratish, raqamli taʼlim tizimini shakllantirish hamda ish beruvchilarning oliy maʼlumotli mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi hamda “Qozon (Volgaboʻyi) federal universiteti”ning federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) (keyingi oʻrinlarda — Universitet) Jizzax shahrida “Qozon (Volgaboʻyi) federal universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining filialini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Jizzax shahridagi “Qozon (Volgaboʻyi) federal universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining filiali (keyingi oʻrinlarda — Filial) faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim sifatiga qoʻyiladigan xalqaro talablarga muvofiq geologiya, dasturiy injiniring, iqtisodiyot, mashinasozlik, davolash ishi, stomatologiya, farmatsiya, tibbiy biokimyo kabi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy taʼlim dasturlari va oʻqitish shakllarini ishlab chiqish hamda joriy etish, oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini, ilm-fan va texnikaning eng soʻnggi yutuqlarini tatbiq etish, oʻquv-pedagogik salohiyatni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fundamental, ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilm-fan va taʼlimning sifatini oshirish, ularning uzviyligini taʼminlash, jahon taʼlim va ilmiy hamjamiyatiga maqsadli integratsiyalashuv orqali mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va biznes-hamjamiyatlari bilan taʼlim hamda ilm-fan sohalarida uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, Filial:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarni inobatga olgan holda oliy taʼlimning sifatiga qoʻyiladigan xalqaro talablarga mos taʼlim dasturlari asosida barcha darajadagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim jarayonini Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv reja va taʼlim dasturlari asosida olib boradi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar tayyorlashni kunduzgi, sirtqi va boshqa taʼlim shakllarida olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim faoliyatini 2022/2023 oʻquv yilidan boshlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazishni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiradi;
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida oliy maʼlumot sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomini beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Universitet:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filial taʼlim jarayoniga ilgʻor pedagogik hamda axborot texnologiyalarini, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini joriy etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filial professor-oʻqituvchilari tarkibining 40 foizdan kam boʻlmagan miqdorini Universitet va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilarini dars berishga va ilmiy faoliyatga jalb etish orqali shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filial professor-oʻqituvchilarini mahalliy hamda xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va yetakchi korxonalarda qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tizimli ravishda tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialning kutubxona fondini shakllantirish hamda uni zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy-texnik adabiyotlar bilan toʻldirishga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialning zarur oʻquv, laboratoriya va ilmiy asbob-uskunalar bilan jihozlanishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialning professor-oʻqituvchilari va talabalarini N.I. Lobachevskiy nomidagi kutubxonaning elektron resurslar bazasidan foydalanish imkoniyati bilan taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialga bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha qabul parametrlari manfaatdor vazirlik va idoralarning kadrlarga boʻlgan real ehtiyojini hisobga olib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi hamda Universitet bilan kelishilgan holda Filial tomonidan tasdiqlanadi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialga talabalarni oʻqishga qabul qilish davlat granti hamda toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bunda, davlat granti asosida taʼlim olgan Filial bitiruvchilari uch yildan kam boʻlmagan muddat majburiy ishlab berish sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari va tashkilotlariga taqsimlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialda oʻqitishning toʻlov-kontrakt miqdori Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Universitet bilan kelishilgan holda Filial tomonidan belgilanadi;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021/2022 oʻquv yilidan Universitet Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali bilan hamkorlikda “Dasturiy injiniring”, “Farmatsiya” va “Axborot tizimlari va texnologiyalari” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni boshlaydi hamda mazkur yoʻnalishlar boʻyicha oʻqishga qabul qilingan talabalar kelgusida oʻqishlarini Filialda davom ettiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filial oʻttiz sutkadan ortiq muddatga Universitetdan jalb qilinadigan professor-oʻqituvchilarning xizmat safari xarajatlari Rossiya Federatsiyasining oliy taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan normalarga muvofiq qoplanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filial oʻquv jarayonining ehtiyojlaridan kelib chiqib, Universitetdan uzoq muddatga jalb qilinadigan professor-oʻqituvchilarning mehnatiga haq toʻlash tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialning dars jarayonida foydalaniladigan maxsus uskunalar va dasturlar bilan ishlash koʻnikmasiga ega, yuqori malakali xodimlari uchun Filialning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ustamalar belgilanishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialga ilmiy faoliyat olib borish uchun taklif etiladigan xorijlik professor-oʻqituvchilarning yashash xarajatlarini tuziladigan shartnomalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflarda toʻlashga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yilda Filial faoliyati yoʻlga qoʻyilgan kundan boshlab Filialni saqlash uchun budjet mablagʻlari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida ajratiladi va keyingi yillardan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialga oʻqishga qabul qilinadigan talabalar umumiy sonining 30 foizidan oshmagan holda davlat granti asosida talabalarni oʻqitish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan kelib tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialni Jizzax shahri, Sharof Rashidov koʻchasida joylashgan sobiq Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti bino va inshootlarining bir qismiga ijara haqining nol stavkasi asosida joylashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda simulyatsion va imitatsion oʻqitish usullari asosida Filialda oilaviy poliklinika tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov) Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev) va Universitet bilan hamkorlikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil yakuniga qadar Filialning taʼsis hujjatlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, shuningdek, Filialni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022/2023 oʻquv yili boshlanguniga qadar Filialni tanlov asosida malakali professor-oʻqituvchilar bilan taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yilning yakuniga qadar Filial tarkibida OpenLab ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi faoliyatini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OpenLab laboratoriyasi respublika va chet el ilmiy tadqiqotchilari uchun fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirishga moʻljallangan, zamonaviy jihozlangan ilmiy infratuzilmaga ega markaz sifatida faoliyat yuritishi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki, Filialga ajratilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino, inshootlar va hududlarni saqlash bilan bogʻliq barcha xarajatlar, shu jumladan kommunal toʻlovlar Filial mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv xonalari, talabalar turar joyi va xorijiy professor-oʻqituvchilar mehmonxonasini taʼmirlash va jihozlash Filialga 2022-yilda respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi mazkur banddagi tegishli chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni 2022-yildagi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Jizzax viloyat hokimligining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq Filial uchun bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital taʼmirlash ishlarini 2023–2025-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. 2024-yil 1-yanvarga qadar Filialni rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash, jihozlash va uning faoliyatini taʼminlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan oʻquv va ilmiy-laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, oʻquv va ilmiy-uslubiy adabiyotlar, inventarlar, qurilish materiallari va moddiy-texnik resurslar bojxona bojidan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov, sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari A.Sh. Inoyatov va Jizzax viloyati hokimi E.A. Saliyev belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 28-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-5237-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 07/21/5237/0833-son; 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)